| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Oybek Raxmonbekovich Usmonxoʻjayev | ||
| Tavallud sanasi | 1972-yil 13-dekabr | ||
| Tavallud joyi | | ||
| Boʻyi | 176 cm (5 ft 9 1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Hujumchi, Yarim himoyachi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1989 | | 1 | (0) |
| 1990 | | 12 | (1) |
| 1991 | | 0 | (0) |
| 1991—1992 | | 35 | (4) |
| 1993—1994 | | 50 | (12) |
| 1994—1997 | | 91 | (60) |
| 1998 | | 5 | (0) |
| 1998 | | 18 | (10) |
| 1999 | | 19 | (22) |
| 1999—2000 | | ||
| 2000 | | 31 | (22) |
| 2001 | | 27 | (7) |
| 2002 | | 13 | (6) |
| 2002—2003 | | 29 | (9) |
| 2003 | | 13 | (2) |
| 2004—2008 | | 68 | (10) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 1992—2000 | | 10 | (0) |
| Boshqargan klublari | |||
| 2010 | | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Oybek Raxmonbekovich Usmonxoʻjayev (1972-yil 13-dekabr) — sovet va oʻzbek futbolchisi, hujumchi va hujumkor yarimhimoyachi. Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan.
Faoliyati
Klublardagi faoliyati
Sovet davrida "Sohibkor", „Shaxtyor“ (Angren), "Navbahor" kabi klublarda quyi ligada oʻynagan, shuningdek, yarim mavsumni "Paxtakor" dubli oliy liga oʻyinchilari safida oʻtkazgan.
SSSR parchalanganidan soʻng "Navbahor" va "Nurafshon" (Buxoro) jamoalarida Oʻzbekiston oliy ligasida oʻynay boshlagan. 1994-yilgi mavsumda Toshkent „MHSK“ga oʻtib, jamoa bilan
oltin (1997),
kumush (1995) va
bronza (1996) chempionlik sovrinlarini qoʻlga kiritgan. Uch yarim yil ichida 60 ta gol urib, jamoaning asosiy hujumchilaridan biriga aylangan. 1995-yilgi Oʻzbekiston chempionati toʻpurarlari orasida 22 ta gol bilan ikkinchi oʻrinni zabt etgan.
1998-yilgi mavsumda oʻsha mavsum chempioni boʻlgan „Paxtakor“ safida toʻp surgan, ammo asosiy tarkibga kira olmay, bor-yoʻgʻi 5 ta oʻyinda maydonga tushgan. 1998-yilda ham "Buxoro" safida oʻynagan. 1999-yili "Doʻstlik" tarkibida mamlakat chempioni boʻlgan, chempionat toʻpurarlari oʻrtasidagi bahsda esa 22 ta gol bilan uchinchi oʻrinni egallagan.
1999-yilda ilk bor xorij klubi Bolgariyaning „Maritsa“ (Plovdiv) klubiga oʻtgan. Biroq Oybek klubga uzoq vaqt moslasha olmaydi. 2000-yilda "Samarqand-Dinamo"da oʻynab, Muhsin Muhammadiyev bilan ajoyib juftlik oʻyinini namoyish etib, jamoaning toʻrtinchi oʻrinni egallashiga katta xissa qoʻshgan va jamoa shu yili Oʻzbekiston kubogi finalchisiga aylangan. 2001-yilda Usmonxoʻjayev yana xorijga — Qozogʻistonning „Yesil-Bogatir“ klubiga oʻtib, u yerda 27ta oʻyin oʻtkazgan va 7ta gol urgan.
Keyinchalik "Nasaf", "Doʻstlik" va "Navbahor" jamoalarida oʻynagan. Faoliyatining soʻngi yillarida bir necha mavsumni Toshkentning „Lokomotiv“ klubida oʻtkazgan. Oʻzbekiston oliy ligasida jami 157 ta gol kiritgan. Faoliyati davomida toʻrt mavsumda 22 ta gol urgan (1995, 1997, 1999, 2000) va bir necha bor mavsumdagi gollari 10 tadan oshib ketgan. 2018-yil holatiga koʻra, Oʻzbekiston chempionatlarida gol urish boʻyicha tarixda toʻqqizinchi oʻrinni egallagan.
Jamoadagi faoliyati
1992-yil 28-iyun kuni Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida Turkmanistonga qarshi Markaziy Osiyo kubogi bahsida 66-daqiqada Rustam Abdullayev oʻrniga maydonga tushgan. 2000-yilgacha terma jamoada tartibsiz oʻynashda davom etib, jami 10 ta oʻyinda biror marta ham raqib darvozasini ishgʻol eta olmagan.
Murabbiylik faoliyati
2010-yildan Oʻzbekiston yoshlar (U19) terma jamoasi murabbiylar shtabi aʼzosi. "Olmaliq"da selektsioner boʻlib ham ishlagan. Faxriylar oʻyinlarida ham ishtirok etgan.
Yutuqlari
MHSK Toshkent jamoasi tarkibida:
- Oʻzbekiston ligasi gʻolibi: 1997-yil
- Oʻzbekiston kubogi sohibi: 1995-yil
Paxtakor bilan:
- Oʻzbekiston ligasi gʻolibi: 1998-yil
Doʻstlik jamoasi tarkibida:
Oʻzbekiston ligasi gʻolibi: 1999-yil
Shaxsiy yutuqlari
- Gennadiy Krasnitskiy klubi: 194 ta gol
- Berador Abduraimov klubi 200: 205 ta gol
- 13-dekabrda tugʻilganlar
- 1972-yilda tugʻilganlar
- Oʻzbekiston SSRda tugʻilganlar
- SSSR erkak futbolchilari
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Sohibkor futbolchilari
- Konchi Angren klubi futbolchilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Navbahor futbolchilari
- Buxoro klubi futbolchilari
- MHSK klubi futbolchilari
- Doʻstlik Toshkent futbolchilari
- Dinamo Samarqand futbolchilari
- Nasaf klubi futbolchilari
- Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari
- FC Kiziljar futbolchilari
- FC Maritsa Plovdiv futbolchilari
- Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari
- Bolgariyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari
- Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari