- Vikipediyada ismi Qamara va familiyasi Kamolova boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Qamara Shodmonovna Kamolova (1938-yil, 12-sentyabr, Buxoro) – rejissyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1982). Faoliyatini 1964-yil Toshkent telestudiyasida boshlagan. 1965-yildan „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida kinorejissyor. „Gʻaroyib sarguzasht“, „Rahim va qoʻngʻiz“, „Bulutni kim yasadi“, „Qiz-bola va yulduzcha“, „Velosipedcha qochib ketdi“ kabi multfilmlarni ishlagan. Eng yaxshi badiiy filmlari: „Achchiq danak“, „Oʻzganing baxti“, „Ertaga chiqasanmi?“, „Nabiramiz militsiyada ishlaydi“, „Boʻlmagan narsa haqida“, „Yovvoyi“, „Atrof qor bilan qoplandi“ va b. 1993-yil „Shod“ studiyasini tashkil qilib, unga rahbarlik qilib keladi. „Achchiq danak“ filmi Qohira kinofestivali (1978)ning „Kumush Nefertiti“ sovrini, Fransiyaning Strasburg sh.da oʻtkazilgan kinofestival (1979) sovrini bilan taqdirlangan.
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari
- 1938-yilda tugʻilganlar
- 9-dekabrda tugʻilganlar
- Oʻzbekistonlik ssenariychilar
- O‘zbekiston kinorejissyorlari
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar