Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Déborah François (fransuzcha talaffuzi: ​[debɔʁa fʁɑ̃swa]; 1987-yil 24-mayda tugʻilgan) – belgiyalik aktrisa. U aka-uka Dardennelar tomonidan suratga olingan ha

Déborah François

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Déborah François
Tavalludi 1987-yil 24-may (1987-05-24) (39 yosh)
Rocourt, Belgiya
Kasbi Aktrisa
Filmlari L’Enfant
Populaire
Faoliyat yillari 2005–hozirgi kungacha

Déborah François (fransuzcha talaffuzi: ​[debɔʁa fʁɑ̃swa]; 1987-yil 24-mayda tugʻilgan) – belgiyalik aktrisa. U aka-uka Dardennelar tomonidan suratga olingan hamda „Oltin palma“ mukofotiga sazovor boʻlgan „L’Enfant“ (2005) filmidagi ijro etgan roli bilan mashhur. 2009-yilda u „The First Day of the Rest of Your Life“ filmidagi roli uchun „Eng istiqbolli aktrisa“ yoʻnalishida César mukofotini qoʻlga kiritgan.

Hayoti

Déborah François 1987-yil 24-mayda Belgiyaning Liej viloyatidagi Rocourt shahrida tugʻilgan. Uning otasi politsiyachi, onasi esa ijtimoiy xodim boʻlgan. Déborah uch farzandning ikkinchisi edi.

Karyerasi

Déborah 2018-yilgi Kann kinofestivalida

François Belgiyaning fransuz tilida soʻzlashuvchi hududida joylashgan Liej viloyatida tugʻilib oʻsgan. 2005-yilda uning isteʼdodini ikkita kino prodyuseri (Jean-Pierre va Luc Dardenne) payqagan va unga „L’Enfant“ nomli filmida asosiy ayol rolini bergan. Film voqealari François tugʻilgan shaharda boʻlib oʻtadi, unda Bruno va Sonia ismli yosh er-xotin bosh qahramonlar sifatida ishtirok etadi. Er-xotin ijtimoiy taʼminot nafaqalari va Brunoning oʻgʻirliklaridan tushgan mablagʻlar hisobiga yashaydi. U oʻgʻrilar toʻdasining boshligʻi boʻladi. Sonia farzand koʻrganida, Bruno sovuqqonlik bilan oʻz farzandini dilerga bir necha ming yevroga sotadi. Ushbu film 2005-yilda Kann kinofestivalida „Oltin palma“ mukofotiga sazovor boʻlgan.

Aktrisa sifatidagi debyutidan soʻng u maktabni tark etgan va 2006-yilda Denis Derkurning „La Tourneuse de pages“ nomli triller filmida oʻzining navbatdagi rolini ijro etgan. Bu film orqali u yanada koʻproq eʼtirofga sazovor boʻlgan. Filmda u qassobning qasos oluvchi qizi Melanie rolini oʻynagan. Ushbu filmda François Melanie rolidagi ijrosi uchun tanqidchilarning alohida olqishiga sazovor boʻlgan va 2007-yilda „Eng istiqbolli aktrisa“ yoʻnalishida „César“ mukofotiga nomzod boʻlgan.

2009-yilda François „The First Day of the Rest of Your Life“ filmidagi Fleur roli uchun „Eng istiqbolli aktrisa“ yoʻnalishida ikkinchi marotaba „César“ mukofotiga nomzod boʻlgan holda uni qoʻlga kiritgan. Oʻsha yili u „Prix Romy Schneider“ mukofotiga sazovor boʻlgan va Matthias Schoenaerts bilan birgalikda „My Queen Karo“ filmida rol ijro etgan. Keyin u 2010-yilda „Mes chères études“ (keyinchalik „Student Services“ deb qayta nomlangan) filmida rol oʻynagan. Bu filmda universitet talabasi shartnoma toʻlovlarini toʻlash uchun yomon ishlarga qoʻl urishi tasvirlangan. 2013-yilda u „Les Tribulations d’une caissière“ filmi uchun „Eng yaxshi ayol aktrisa“ yoʻnalishida „Magritte“ mukofotiga nomzod boʻlgan. François 2014-yilda „Populaire“ mukofotiga, 2015-yilda esa „Maestro“ mukofotiga nomzod sifatida koʻrsatilgan.

Shaxsiy hayoti

François Belgiyaning Liej viloyatida ulgʻayganidan soʻng Fransiyaning Parij shahrida yashagan. U yerda hamkasbi aktrisa Marie Gillain bilan bitta oʻrta maktabda oʻqigan. Marie ham „Les Femmes de l’Ombre“ filmida François bilan birgalikda ishtirok etgan va Gaëlle Lemenech rolini oʻynagan.

„L’Enfant“ filmidan soʻng François shunday intervyu bergan: "Mening hayotim butunlay oʻzgarib ketdi. „L’Enfant“ filmidan oldin, men filmda suratga tushadigan omadli qizman deb oʻylardim, lekin bu film meni shakllantira olgan yagona film boʻldi. Men Parijda hech qachon boʻlmaganman va festivallar orqali birdaniga butun dunyoni tomosha qilib yuribman. Bu oʻrta maktabdan ancha farq qiladi".

U 2020-yilda Mario Casas bilan qisqa muddat davomida munosabatda boʻlgan.

Filmografiyasi

Filmlari

Yil Film Rol(lar) Rejissyor(lar) Izoh
1992-yil Malveillos, il est minuit Poupée Vazimolette Christian Pfohl & Kram Reyob Qisqa metrajli film
2005-yil The Child Sonia Dardenne Brothers
2006-yil The Page Turner Mélanie Prouvost Denis Dercourt
2007-yil Red Ants Alex Stéphan Carpiaux
Indian Summer Suzanne Alain Raoust
2008-yil Female Agents Gaëlle Lemenech Jean-Paul Salomé
The First Day of the Rest of Your Life Fleur Duval Rémi Bezançon Eng istiqbolli aktrisa yoʻnalishida César mukofotini qoʻlga kiritdi
2009-yil Unmade Beds Véra Alexis Dos Santos
Fais-moi plaisir! Aneth Emmanuel Mouret
My Queen Karo Dalia Dorothée Van Den Berghe
2010-yil Student Services Laura Emmanuelle Bercot
2011-yil The Monk Valerio / Mathilde Dominik Moll
Memories Corner Ada Servier Audrey Fouché
The Tribulations of a Cashier Solweig Antoniazi Pierre Rambaldi
2012-yil Zarafa Zarafa Rémi Bezançon & Jean-Christophe Lie
Populaire Rose Pamphyle Régis Roinsard
2013-yil Going Away Emmanuelle Cambière Nicole Garcia
2014-yil Maestro Gloria Léa Fazer
2016-yil The Poisoning Angel Hélène Jégado Stéphanie Pillonca-Kervern
Cézanne and I Marie-Hortense Fiquet Danièle Thompson
My Family Already Adores You! Éva Périné Jérôme Commandeur & Alan Corno
2017-yil Everyone's Life Jessica Claude Lelouch
Praise Me! Léa Masson Coline Assous & Virginie Schwartz
2018-yil Territory of Love Maria Romain Cogitore
2019-yil Never Grow Old Audrey Tate Ivan Kavanagh
Savage State Justine David Perrault
2020-yil The Paramedic Vanesa François Carles Torras
TBA The Long Teeth Mathilde Jérôme Genevray Suratga olinmoqda

Mukofotlari

Yil Mukofot Yoʻnalish Nominant Natija
2006-yil Joseph Plateau Awards Eng yaxshi Belgiyalik aktrisa L’Enfant Gʻolib boʻlgan
César Awards Eng istiqbolli aktrisa L’Enfant Nomzodlikka qoʻyilgan
2007-yil César Awards Eng istiqbolli aktrisa The Page Turner Nomzodlikka qoʻyilgan
Lumiere Awards Eng istiqbolli yosh aktrisa The Page Turner Nomzodlikka qoʻyilgan
SACD Awards Suzanne Bianchetti mukofoti — Gʻolib boʻlgan
2009-yil Prix Romy Schneider Prix Romy Schneider — Gʻolib boʻlgan
César Awards Eng istiqbolli aktrisa The First Day of the Rest of Your Life Gʻolib boʻlgan
2013-yil Globes de Cristal Award Eng yaxshi aktrisa Populaire Nomzodlikka qoʻyilgan
Magritte Awards Eng yaxshi aktrisa Les Tribulations d'une caissière Nomzodlikka qoʻyilgan
2014-yil Eng yaxshi aktrisa Populaire Nomzodlikka qoʻyilgan
2015-yil Eng yaxshi aktrisa Maestro Nomzodlikka qoʻyilgan
Yuqori