Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Mario Casas Sierra – (1986-yil 12-iyunda tugʻilgan) ispaniyalik aktyor. U oʻzining Ispaniya kinosidagi rollari bilan tanilgan va Goya Award, Gaudí Award,Feroz A

Mario Casas

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mario Casas
Tavalludi
Mario Casas Sierra
1986-yil 12-iyun (38 yosh)
A Coruña, Galicia, Ispaniya
Faoliyat yillari 2005-hozirgi kungacha
Qarindoshlari

Mario Casas Sierra – (1986-yil 12-iyunda tugʻilgan) ispaniyalik aktyor. U oʻzining Ispaniya kinosidagi rollari bilan tanilgan va Goya Award, Gaudí Award,Feroz Awards mukofotlariga sazovor boʻlgan.

2006-yilda Motivos personales va Obsesión filmlaridagi kichik rollaridan soʻng, SMS: Sin Miedo a Soñar oʻsmirlar dramasida birinchi marta asosiy qahramon sifatida rol ijro etgan va Summer Rain filmida ilk katta debyutini ijro etgan. Casas Los hombres de Paco teleserialida Hugo Silvava Michelle Jenner bilan birgalikda sevgi uchburchagini namoyish etib katta nufuzga erishdi. U Sex, Party and Lies (2009), Brain Drain (2009), va Three Steps Above Heaven (2010) kabi filmlarda yomon bola Hache roliini ijro etib,oʻzining ish faoliyatida yangi bosqichga koʻtarildi va Ispaniyada mashhurlikka erishdi.Shuningdek, Mario yana El barco (2011−2013) teleserialida ham suratga tushdi.

U oʻz ijod faoliyati davomida Unit 7 (2012), I Want You (2012; Three Steps Above Heaven filmining davomi), The Mule (2013), Witching & Bitching (2013), Ismael (2013), My Big Night (2015), Palm Trees in the Snow (2015), Toro (2016), The Invisible Guest (2016), The Bar (2017), The Skin of the Wolf (2017), The Photographer of Mauthausen (2018), Bye (2019), The Occupant (2020), and The Paramedic (2020) kabi qator filmlarda rol ijro etdi.

Mario,shuningdek, inglizlarning xalqaro loyihalari Eden va The 33 da ham faoliyat yuritgan.

Casasning Cross the Line filmidagi Eng yaxshi aktyor deb topilgani uchun Goya mukofoti topshirildi va u rejissyor sifatida ilk debyutini Caged Wings (2023) filmida qildi.

Yoshligi va ta'limi

Casas La-Korunya shahrida dunyoga keldi va u tugʻilgan vaqtda otasi 19 yosh , onasi esa 17 yosh edi. U 4 yoshida Barselonaga koʻchib ketadi va ba'zi reklama roliklarida (Cola Cao, Scalextric, Telepizza) rol ijro etadi. Casas oʻsmirlik vaqtlarida oilasi bilan Madridga koʻchib oʻtadi va Cristina Rota maktabida aktyorlik boʻyicha tahsil oladi.

Aktyorlik faoliyati

2005–2010: Ish faoliyati va yutuqlari

Casas 2005-yilda 19 yoshidan boshlab bir qancha ispan film va seriallarida kichik-kichik rollarni ijro etgan. Mario oʻzining aktyorlik faoliyatini Obsesión (inglizcha: Obsession) , Motivos personales (Shaxsiy motivlar), Mujeres (Ayollar) teleseriallarida turli kichik rollarni ijro qilishdan boshlagan. Casas 2006-yilda Antonio Banderas tomonidan suratga olingan El camino de los ingleses filmidagi roli bilan mahalliy ommaviy axborot hodimlarining diqqatini tortdi.

Oʻsha yili aktyor LaSexta serialining SMS tarkibiga qo‘shildi. 2007-yildan 2010-yilgacha Antena 3 serialining Los hombres de Paco qismida Aitor Carrasco kabi xalqaro auditoriyagacha yetib keldi.

2009-yilda Casas ikkita xit filmda rol ijro etdi, Fuga de cerebros (Brain Drain) filmida Amaia Salamanca bilan birga va Mentiras y Gordas (Sex, Party and Lies) filmida oʻzining doʻstlari Yon González , Ana Maria Polvorosa, Ana de Armas va Hugo Silva bilan birga sahnaga chiqdi. Har ikkala film ham chiqqaniga bir hafta bo‘lgach daromadi eng yuqori filmlar ro‘yhatida yetakchi o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. 2010-yilda Casas Paco Cabezasrejissyorligida ishlab chiqarilgan Carne de neón (Neon Flesh) filmida rol ijro etdi va shu yilning dekabr oyida Tres metros sobre el cielo (Osmondan uch metr balandlikda) Mariya Valverde bilan birga ajoyib juftlik bo‘lib rol o‘ynadi va bu film yilning eng ko‘p daromad keltirgan ispan filmi bo‘ldi. Tengo ganas de ti (I Want You) filmida bosh rollarni Casas Valverda va Clara Lago bilan birgalikda o‘ynagan. Shuningdek, Jaume Balagueró rejissyorligida suratga olingan Miedo (2010) filmida ham o‘ynagan.

2011–hozirgacha: Karyerani kengaytirish va e'tirof

Casas 2011 - yil yanvar oyida,Carne de neón taqdimoti paytida

2013-yil oxiri va 2014-yil boshida Casas Antonio Banderas va Juliette Binoche bilan Los 33 ( The 33 ) nomli ingliz tilida o‘ynagan ikkinchi filmi uchun Kolumbiya va Chiliga ketdi. 2015-yilda Mario yana ikkita filmda suratga tushdi: Álex de la Iglesia komediya filmi va My Great Night va Palm Trees in the Snow va Tres metros sobre el cielo filmlarida rejissyorlik qildi. 2016-yil u Oriol Pauloning The Invisible Guest filmida rol ijro etdi , film tanqidlarga sabab bo‘lgan bo‘lsa ham, Casas bu filmdan katta foyda oldi. Film Ispaniyada 3,9 million AQSh dollari, Xitoyda esa 172,4 million CN¥ daromadga ega bo‘ldi. 2018-yil Casas Ikkinchi jahon urushi vaqtida Mauthausen-Gusen qamoqxonasiga yuborilgan ispan fotografi Francisco Boix haqida hikoya qiluvchi The Photographer of Mauthausen filmida suratga tushdi. Aktyor ushbu rolni ijro etish uchun taxminan 12 kilogramm (26 funt) yo‘qotdi.

2022-yil oktabr oyida Casas Deborah Françoisning akasi rolini ijro etgan My Loneliness Has Wings filmini rejissyor sifatida suratga olishni boshladi.

Shaxsiy hayoti

Óscar Casas Mario Casasning akasi bo‘lib , Marioning ba'zi kinolarida qahramonlarning yoshroq davrlarini o‘ynagan. Mario Erika Sanz [es], Amaia Salamanca, María Valverde, Berta Vázquez, Blanca Suárez va Déborah François kabi do‘stlari bilan yaxshi aloqada bo‘lgan.

Filmografiyasi

Film

 

Yil Film Rol Qaydlar Ref.
2006 El camino de los ingleses Moratalla
2009 Mentiras y gordas Toni
Fuga de cerebros Emilio
2010 Carne de neón Ricky
Tres metros sobre el cielo Hache
2012 Grupo 7 Ángel
Tengo ganas de ti Hache Osmondan 3 metr balandlikda filmining davomi
2013 La mula Juan Castro
Las brujas de Zugarramurdi Antonio
Ismael Félix
2015 Los 33 Álex Vega
Eden Felix
Mi gran noche Adanne
Palmeras en la nieve Kilian
2016 Toro Toro
Contratiempo Adrián Doria
2017 El bar Nacho
Bajo la piel de lobo Martinón
2018 El fotógrafo de Mauthausen Francesc Boix
2019 Adiós Juan
2020 Hogar Tomás
El practicante Ángel
No matarás Dani
2023 Mi soledad tiene alas

Televideniya

Yil Film Rol Qaydlar
2005 Motivos personales Cameo „Epizod: “El fin de Victoria Castellanos?“
Obsesión Nikolas "Niko" Kastilyo Epizod: „7-qism“
2006 Mujeres Epizod:„1-qism“. Casos Obsesion filmini namoyish etish uchun ekranda paydo bo‘ladi.
2006–07 SMS: Sin miedo a soñar Xavi Llorens 184-epizod
2007–2010; 2021-yil Los hombres de Paco Aytor Karrasko 79-epizod
2011–2013 El barco Ulises Garmendia 43-epizod
2018 Paquita Salas Oʻzi Epizod: „El secreto“
2019 Instinto Marko Mur Miniserial; 8-epizod
2021 El inocente Mateo Vidal Miniserial; 8-epizod
Yuqori