Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Arqadagʻ futbol klubi (turkmancha: «Arkadag» futbol kluby; Arkadag, Arqadagʻ yoki Arkadagʻ nomlari bilan tanilgan) – Turkmanistonning Arqadagʻ shaharidagi profe

FK Arkadag

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)
Arqadagʻ
Toʻliq nomi Arqadagʻ futbol klubi
Asos solingan 1-aprel, 2023-yil (3 yil avval) (2023-04-01)
Stadioni Arqadagʻ stadioni
Sigʻimi 10,000
Egasi Arqadagʻ shahar hokimligi
Prezident Arslonmurat Amanov
Murabbiy Ravshan Muhadov
Liga Ýokary Liga
Oʻrni Ýokary Liga, 9 jamoa ichida 1-oʻrin (chempion)
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi
Uchinchi libosi

Arqadagʻ futbol klubi (turkmancha: «Arkadag» futbol kluby; Arkadag, Arqadagʻ yoki Arkadagʻ nomlari bilan tanilgan) – Turkmanistonning Arqadagʻ shaharidagi professional futbol klubi. 2023-yilda Gurbanguli Berdimuhamedov tomonidan asos solingan klub Yuqori liga turnirida ishtirok etadi. Arqadagʻ jamoasi oʻzining dastlabki mavsumidanoq sovrinlani qoʻlga kiritishni boshlagan. Klub mahalliy miqyosda dastlabki ikki mavsumda ikki karra dubl sovrindori boʻlgan. Osiyo miqyosida esa jamoa ilk ishtirokidayoq AFC Chaqiruv Ligasi gʻolibligini qoʻlga kiritgan.

Tarixi

Gurbanguli Berdimuhamedov, Turkmanistonning ikkinchi prezidenti, klub asoschisi

„Arqadagʻ“ 2023-yilgi ichki mavsumga tayyorgarlik jarayonida tashkil etilgan. Mamlakatning koʻplab eng yaxshi futbolchilari klubga maxsus kengaytirilgan transfer oynasi davomida qoʻshilishgan. Turkmaniston oliy divizionida oʻzining tashkil etilishidanoq ishtirok etib kelayotgan jamoa, 2023-yilgi „Yokary Liga“ turnirida hokimiyat tomonidan alohida yordam berilgani uchun raqib muxlislar tomonidan tanqidga uchragan. Noyabr oyida sobiq mahalliy yulduz futbolchi Wladimir Bayramow „Arqadagʻ“ klubining yangi bosh murabbiyi etib tayinlangan va u bilan bir yillik shartnoma imzolangan. Shuningdek, shu oyda Axaltaka oti tasviri tushirilgan jamoa logotipi taqdim etilgan.

3-dekabr kuni „Arqadagʻ“ jamoasi Turkmaniston Oliy ligasida „Oltin Asir“ jamoasini 4:0 hisobida magʻlub etib, oʻzining birinchi chempionlik unvonini qoʻlga kiritgan. Jamoa aʼzolari liganing barcha 24 ta oʻyinida gʻalaba qozonishga erishgan. Jamoa 83-17 gol farqi bilan jami 72 ochko toʻplagan. Ularning eng koʻp gol urgan oʻyinchisi 27 ta gol bilan Didar Durdiyev boʻldi. Shuningdek, klub 2024-25-yilgi AFC Chempionlar ligasi ikkinchi saralash bosqichiga yoʻllanma olgan. 2023-yil 24-dekabr kuni Vladimir Bayramov boshchiligidagi „Arqadagʻ“ „Arqadagʻ“ stadionida boʻlib oʻtgan Turkmaniston kubogi finalida „Ahal“ klubini 3:0 hisobida magʻlub etib, oʻzining ikkinchi sovrinini qoʻlga kiritgan. Jamoaning 2023-yilgi mavsumda koʻrsatgan muvaffaqiyatli natijasi uchun ularga MAN rusumli avtobus sovgʻa qilingan.

2023-yil iyun oyida Arqadagʻ jamoasi AFC Chaqiruv Ligasi musobaqasida ishtirok etish uchun litsenziyaga ega boʻlgan. 2024-yil 7-oktyabr kuni amaldagi chempion Arqadagʻ Nebitchi jamoasi ustidan 5:1 hisobida gʻalaba qozonib, Liga chempionligini muvaffaqiyatli saqlab qolgan. Klub xalqaro turnirda Quvaytning kuchli jamoalaridan biri Al-Arabi SC va Maldiv orollari hamda Qirgʻizistonning amaldagi chempionlari Maziya va Abdysh-Ata Kant bilan guruh oʻyinlar bahsida ishtirok etgan. Ularning birinchi oʻyini Quvayt shahridagi Al Quvayt sport klubi stadionida Maziya ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozongan. 2024-yil 29-oktyabr kuni FK Arqadagʻ Abdysh-Ata Kant klubi ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonib, sensatsiya qayd etgan.

2024-yil 1-noyabr kuni klub „Al-Arabi“ jamoasiga qarshi oʻyinda magʻlubiyatga uchragan va bu davrgacha rasmiy musobaqalarda ketma-ket 61 ta gʻalabaga erishgan (50 ta yuqori ligada, 9 ta Turkmaniston kubogida va 2 ta AFC Chaqiruv Ligasida). Bundan tashqari, klub 1915–1917-yillarda „Seltik“ tomonidan oʻrnatilgan 62 oʻyindan iborat magʻlubiyatsiz seriya boʻyicha jahon rekordini takrorlashga atigi bir oʻyin qolgan edi. Biroq, ushbu seriya liga boshqaruvi bilan bogʻliq xavotirlar tufayli Guinness rekordlar kitobiga kiritilmagan. Buning oʻrniga Ginnes „Al-Hilol“ning 2023–24-yillardagi 34 oʻyindagi gʻalabali seriyasini eʼtirof etadi.

2025-yil 10-may kuni Arqadagʻ finalda qoʻshimcha boʻlimlardan soʻng Svay Riengni 2:1 hisobida magʻlub etib, ilk marta AFC Chaqiruv Ligasida gʻolib chiqqan. Bu gʻoliblik natijasida klub 2025-26-yilgi ikkinchi chempionlar ligasi guruh bosqichiga dastlabki yoʻllanmani qoʻlga kiritgan birinchi jamoa boʻligan.

Klub ranglari

Ramz

Klub gerbi Kopetdogʻ togʻlari fonida keng tarqalgan Axalteke oti boʻlgan. Logotipda oq va koʻk ranglardan foydalanilgan.

Kkub libosi

Arqadagʻ klubining anʼanaviy uy libosi asosan yashil va oq ranglardan iborat. Toʻplamning ikkinchi toʻplami butunlay yashil va oq elementlardan iborat.

Yashil Oq
Davr Brand Homiy
2023–hozirgacha Jako Arqadagʻ shahar maʼmuriyati

Stadioni

Arqadagʻ klubining asosiy uy maydoni 10 000 sigʻimga ega Arqadagʻ stadioni hisoblanadi. Klub oʻzining dastlabki mavsumida Nusaý stadionidan Ýokary Liganing baʼzi oʻyinlarida uy maydoni sifaida foydalangan.

Joriy tarkib

2025-yil fevral

Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
1 GK Turkmaniston TKM Rüstem Ahallyýew
2 DF Turkmaniston TKM Güýçmyrat Annagulyýew
4 DF Turkmaniston TKM Mekan Saparow
5 DF Turkmaniston TKM Abdy Bäşimow
8 FW Turkmaniston TKM Yhlas Saparmämmedow
9 FW Turkmaniston TKM Enwer Annaýew
10 MF Turkmaniston TKM Resul Hojaýew
11 FW Turkmaniston TKM Didar Durdyýew
12 MF Turkmaniston TKM Ybraýym Mämmedow
13 MF Turkmaniston TKM Welmyrat Ballakow
14 FW Turkmaniston TKM Şanazar Tirkişow
15 MF Turkmaniston TKM Bagtyýar Agabayev
R. Poz. Millati Futbolchi
16 GK Turkmaniston TKM Rasul Çaryýew
17 FW Turkmaniston TKM Altymyrat Annadurdyýew
18 MF Turkmaniston TKM Arzuwguly Sapargulýyew
19 MF Turkmaniston TKM Begenç Akmämmedow
21 MF Turkmaniston TKM Mirza Beknazarow
23 FW Turkmaniston TKM Berdimyrat Rejebow
25 DF Turkmaniston TKM Ilýas Çaryýew
31 MF Turkmaniston TKM Yazgylyç Gurbanow
33 FW Turkmaniston TKM Diyargylych Urazov
77 MF Turkmaniston TKM Şamämmet Hydyrow
88 MF Turkmaniston TKM Ahmet Ataýew
MF Turkmaniston TKM Meýlis Durdyýew

Ijaraga berilgan futbolchilar

Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
35 GK Turkmaniston TKM Kakageldi Berdiýew (at Ahal)

Natijalar

Mahalliy natijalar

Mavsum Liga Turkmaniston kubogi Eng yaxshi toʻpurar
Divizion D M UG OʻG O Oʻrin Fubolchi(lar) Gol
2023 Ýokary Liga 24 24 0 0 83 17 72 1-oʻrin Gʻolib Turkmaniston Didar Durdyýew 27
2024 30 30 0 0 147 20 90 1-oʻrin Gʻolib Turkmaniston Didar Durdyýew 31

Xalqaro natijalar

2025-yil 10-mayga oid
Musobaqa D M UG OʻG
AFC Chaqiruv Ligasi 8 6 0 2 14 8
AFC ikkinchi chempionlar ligasi 0 0 0 0 0 0
Umumiy 8 6 0 2 14 8
Mav Musobaqa Bosqich Millat Klub Uy Safar Umumiy
2024–25 AFC Chaqiruv Ligasi B guruhi Maldiv orollari Maziya 2–1 1-oʻrin
Qirgʻiziston Abdysh-Ata Kant 2–0
Kuvayt Al-Arabi 2–3
Chorak final Hindiston East Bengal 2–1 1–0 3–1
Yarim final Kuvayt Al-Arabi 0–2 3–0 3–2
Final Kambodja Preah Khan Reach Svay Rieng 2–1 (q.v)
2025–26 AFC ikkinchi chempionlar ligasi B guruhi Qatar Al-Ahli
Oʻzbekiston Andijon
Bahrayn Al-Xaldiya

Murabbiylar tarixi

Ism Millati Yillar
Guwançmuhammet Öwekow Turkmaniston 2023
Begençmuhammet Kulyýew Turkmaniston 2023
Wladimir Baýramow Turkmaniston 2023–2025
Didar Hojiyev Turkmaniston 2024 (ACGL guruh bosqichi)
Dovletmyrat Annayev Turkmaniston 2025
Akhmet Allaberdiyev Turkmaniston 2025
Wladimir Baýramow Turkmaniston 2025–hozirgacha
Ravshan Muhadov Turkmaniston 2025 (OCHL guruh bosqichi)

Eng yaxshi toʻpurarlar

Mavsum Birinchi Ikkinchi Uchinchi
2023 Didar Durdyýew (27) Begmyrat Baýow (9) Şanazar Tirkişow (7)
2024 Didar Durdyýew (31) Altymyrat Annadurdyýew (24) Begenç Akmämmedow (19)

Yutuqlari

Yuqori Liga
  • Chempion (2): 2023, 2024
Turkmaniston kubogi
  • Chempion (2): 2023, 2024
Turkmaniston Superkubogi
  • Chempion (1): 2024
Turkmaniston futbol federatsiyasi kubogi
  • Chempion (1): 2025
AFC Chaqiruv Ligasi
  • Gʻoliblar (1): 2024-25
Yuqori