| After Hours | ||||
|---|---|---|---|---|
| Standart muqova | ||||
| The Weeknd albomi | ||||
| Chiqarilgan sanasi | 2020-yil 20-mart | |||
| Yozib olingan sanasi | 2018–2020-yillar | |||
| Studiya |
| |||
| Janr |
| |||
| Davomiyligi | 56:19 | |||
| Leybl |
| |||
| Prodyuser(lar) |
| |||
| The Weeknd xronologiyasi | ||||
| ||||
| After Hoursga kiritilgan singllar | ||||
| ||||
After Hours – kanadalik qoʻshiqchi The Weekndning XO va Republic Records yordamida 2020-yil 20-martda chiqarilgan toʻrtinchi studiyaviy albomi. Asosan, The Weeknd tomonidan ishlab chiqarilgan, shuningdek, DaHeala, Illangelo, Max Martin, Metro Boomin va OPN kabi prodyuserlar ham oʻz hissasini qoʻshgan (ularning aksariyati bilan The Weeknd ilgari ishlagan). Albomning standart versiyasi hech qanday noodatiy xususiyatga ega emas, lekin deluxe editionda Ariana Grande, remixes editionda esa Chromatics va Lil Uzi Vert mehmon sanʼatkor sifatidagi chiqishlari mavjud. After Hoursning asosiy mavzulari – yolgʻizlik, oʻzidan nafratlanish va qochish.
Albom chiqarilishidan oldin The Weeknd After Hours oldingi albom – Starboy (2016) dan stilistik jihatdan farq qilishini tasdiqladi. Reklama materialining badiiy dizayni va estetikasi psixodelik deb taʼriflangan va Casino (1995), Fear and Loathing in Las Vegas (1998), Joker (2019) va Uncut Gems (2019) kabi turli filmlardan ilhom olingan. Uning nomi 1985-yilda Martin Scorsese tomonidan suratga olingan xuddi shu nomdagi filmdan olingan.
After Hours toʻrtta singl tomonidan qoʻllab-quvvatlandi: „Heartless“,"Blinding Lights", "In Your Eyes" va "Save your Tears"; ulardan uchtasi Billboard Hot 100 roʻyxatida birinchi oʻrinni egalladi. Albom nomidagi trek promo-singl sifatida chiqarildi. 2020-yil mart oyida After Hours 1,02 milliondan ortiq foydalanuvchilarni jalb qilgan holda Apple Music tarixidagi eng koʻp global qoʻshishlar boʻyicha rekordni yangiladi. Albom koʻproq ijobiy sharhlar oldi; baʼzi tanqidchilar uni The Weekndning eng yaxshi ishi deb atashgan. U Billboard 200 roʻyxatida birinchi oʻrinni egalladi, The Weekndning AQSHdagi toʻrtinchi birinchi raqamli albomiga aylandi va ketma-ket toʻrt hafta davomida chartning birinchi oʻrnida turdi. After Hours yana 20 ta davlatda, jumladan, vatani Kanada va Buyuk Britaniyada ham birinchi oʻrinni egalladi. 2022-yil dekabr holatiga koʻra, albom Amerika Ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi tomonidan uchta platina sertifikatiga ega.
After Hours va uning beshinchi studiyaviy albomi Dawn FM (2022) ni qoʻllab-quvvatlash uchun The Weeknd Shimoliy va Janubiy Amerika, Yevropa, Osiyo, Afrika, Yaqin Sharq va Avstraliyani qamrab oladigan After Hours til Dawn Tourni oʻtkazmoqda.
Tarixi va chiqarilishi
The Weeknd birinchi boʻlib 2018-yil noyabr oyida konserti chogʻida yangi albom ustida ishlayotganiga shaʼam qilib, muxlislarga „Tez orada VI bob chiqadi“ deb aytdi. 2019-yil 12-yanvarda „Endi kunduzgi musiqa yoʻq“ deya Twitterda loyiha haqida yozishni davom ettirdi. Uning posti muxlislar va ommaviy axborot vositalarida u oʻzining birinchi EP – My Dear Melancholy (2018) da mavjud boʻlgan gʻamgin tovushlar davom ettirilishiga ishontirdi. The Weeknd albom haqida 6-avgust kuni „Albom tayyor“ tviti orqali yana eslatib oʻtdi.
Besh oylik sukutdan soʻng The Weeknd Mercedes-Benz reklamasi orqali albomning ikkinchi "Blinding Lights" singlidan parchani taqdim etdi. Ertasi kuni 2019-yil 27-noyabrda chiqarilgan, albomning birinchi singli – „Heartless“ haqida xabar berdi; "Blinding Lights" esa ikki kundan keyin chiqdi. „Heartless“ chiqishidan bir necha soat oldin The Weeknd ijtimoiy tarmoqlarda albom haqida „Kuz ertaga kechqurun boshlanadi“ va „Bugun kechqurun biz miyani eritadigan yangi bobni boshlaymiz! Ketdik!“ degan postlar qoldiradi.
2020-yil 13-fevralda The Weeknd qisqa tizer orqali albom nomini oshkor qildi. 19-fevral kuni albomning muqovasi va chiqish sanasini oshkor qildi, „After Hours“ trekini promo-singl sifatida chiqardi. 17-mart kuni The Weeknd After Hoursning trek-listini taqdim etdi.Albom chiqarilishidan bir necha soat oldin The Weeknd After Hours, albom chiqarilishidan bir kun avval vafot etgan, uzoq vaqtlardan beri muxlis boʻlgan XO Podcast boshlovchisi Lancega bagʻishlanganini eʼlon qildi. Chiqarilgan kuni albom The Weekndning Apple Music 1 dagi radioshousi – Memento Morining sakkizinchi epizodida premyera qilindi. Shu bilan birga, The Weeknd Spotifyda tinglash seansini oʻtkazdi.
Tarkibi
Musiqiy jihatdan, After Hours bu R&B, new wave va dream pop plastinkasi boʻlib, electropop va synth-pop taʼsirini oʻz ichiga oladi. Albom shuningdek, synthwave, electro, electro house, trap, baraban va bass, liquid funk, va synth-rock elementlarini oʻz ichiga oladi. Lirik jihatdan, After Hours yurak sinishi, qochish, yolgʻizlik, behayolik, oʻzidan nafratlanish va pushaymonlik mavzulariga oid.
Badiiylik va estetika
Albom reklama materialining dizayni va estetikasi psixodelik deb taʼriflangan va Fear and Loathing in Las Vegas (1998), Joker (2019), Casino (1995) va Uncut Gems (2019) kabi turli xil filmlardan ilhom olingan, soʻnggi filmda The Weeknd kameo rol ijro etgan. Albom nomi 1985-yilda Martin Scorsesening xuddi shu nomdagi filmdan olingan. Jurnalistlar tomonidan oʻsha davrda Tesfayening tashqi koʻrinishi qizil rangga boʻyalgan deb taʼriflangan, chunki u albomning barcha reklama materiallari, masalan, muqovalar, musiqiy videolar, tizerlar va jonli ijrolar davomida doimiy ravishda qizil kostyum kiygan va maxsus soch turmagida boʻlgan. Albom kliplari syujeti va albom muqovasidagi qahramon bilan qanday bogʻliqligi borligi haqida soʻralganda, The Weeknd 2020-yilda Variety nashriga shunday degan: "Bu shunchaki hikoya, voqealar „Heartless“ klipida boshlanadi va ["Blinding Lights", „After Hours“, "In Your Eyes" va „Untill I Bleed Out“] kliplarida va Jimmi Kimmel va Stiven Kolbert [shoularida] davom etadi. Bu qahramon juda yomon tunni oʻtkazadi – bu videolardagi voqealarning barchasi bir kechada boʻlib oʻtadi". Albomdagi qahramon haqida u 2021-yilda GQ ga shunday degan:
Oʻylaymanki, men bu shahar qanchalik qorongʻu boʻlishini yaxshi tasvirlab bera oldim. Va bu qorongʻulik natijasi salbiy boʻladi deb oʻylayman. Albom esa shu haqida edi... The Weeknd Gollivudni men xohlaganimdek tasvirlab berdi. Abel emas, balki The Weeknd.
Albomning umumiy badiiy yoʻnalishida asosan aka-uka Tammilar xizmat qilishdi, dizayni Aleksi Tammi tomonidan, fotografiya va vizual yoʻnalish esa Anton Tammi tomonidan amalga oshirilgan, u, shuningdek, albom singllari uchun kliplarni va loyihaning shu nomdagi qisqa metrajli filmini suratga olgan. Albomning ijodiy yoʻnalishini The Weekndning ijodiy direktori va bolalikdagi doʻsti La Mar Teylor boshqargan. Nabil Elderkin deluxe edition uchun reklama materiallarini suratga olish va videoga olishni boshqargan, bu materialda Tesfaye oʻsha davrning „Gunohlar shahri“ mavzusini davom ettiradi, u bonus-treklar uchun ikkita tizerda kazinoda „yashaydigan“ va qora kostyum kiyadigan odam boʻladi.
Albomning Target va HMV alternativ muqovasida The Weeknd qora va qizil fonda, oʻng past tomonga melanxolik ifodada, bogʻlangan yuz bilan qarab turgan rasmi bor. After Hours (Remixes) EP muqovasida The Weeknd qora fonda, kumush galstukli qora kostyum kiygan, yuzi toʻgʻriga qaragan, lekin koʻzlari tepa oʻngga qarab turgan holda, qora quyoshdan saqlaydigan, chaqmoqning aksi koʻrinib turgan koʻzoynak bilan aks ettirilgan.
Targʻib
Singllar
2019-yil 27-noyabrda albomning asosiy singli „Heartless“ musiqa doʻkonlari va striming xizmatlarida raqamli ravishda chiqarildi. Qoʻshiq amerikalik prodyuser Metro Boomin tomonidan ishlab chiqarilgan. Chiqish vaqtida bu The Weekndning My Dear Melancholy (2018) EP dagi "Call Out My Name"dan keyingi birinchi yakkaxon singli edi. Singl AQSH Billboard Hot 100 roʻyxatida birinchi oʻrinni egalladi va The Weekndning toʻrtinchi charttopper qoʻshigʻi boʻldi va Metro Boomin ishlab chiqargan ikkinchi chart yetakchisiga aylandi. Uning klipi 2019-yil 3-dekabrda chiqdi.
"Blinding Lights" albomning ikkinchi singli sifatida 2019-yil 29-noyabrda musiqa doʻkonlari va striming xizmatlarida raqamli ravishda chiqarildi. Qoʻshiq 22 mamlakatda, shu jumladan Qoʻshma Shtatlar va Kanadada birinchi oʻrinni egalladi (beshinchi charttopperga aylandi) va Billboard Hot 100 va Canadian Hot 100 roʻyxatlarida mos ravishda toʻrt va yetti hafta davomida birinchi oʻrinda qoldi. Shuningdek, u Germaniyada oʻn hafta, Buyuk Britaniyada sakkiz hafta va Avstraliyada oʻn bir hafta davomida birinchi raqamli singl boʻlib, uni shu kungacha eng mashhur singlga aylantirdi. Uning musiqiy videosi „Heartless“ klipi chiqqanidan keyin tasvirga olingan va 2020-yil 21-yanvarda chiqarilgan. Keyinchalik u 2021-yilda Billboard No. 1 Song of All Time ga aylanadi.
„In Your Eyes“ albomning uchinchi singli sifatida 2020-yil 24-martda rhythmic contemporary radioda chiqarildi. Qoʻshiq Billboard Hot 100 roʻyxatida 16-oʻrinni egalladi. Uning musiqiy videosi avvalgi kliplarning hikoyasini davom ettiradi va 2020-yil 23-martda chiqarilgan.
"Save Your Tears" 2020-yil 9-avgustda albomning toʻrtinchi singli sifatida Yevropaning contemporary hit radiosida chiqarildi. Keyinchalik u 2020-yil 24-noyabrda AQShning rhythmic contemporary radiosida chiqarildi. Ariana Grande bilan remiksdan soʻng qoʻshiq Billboard Hot 100 roʻyxatida birinchi oʻrinni egalladi. Qoʻshiq uchun videoklip avval chiqarilgan kliplarning hikoyasiga mos keladi va 2021-yil 5-yanvarda chiqarilgan.
Chiqishlar
2019-yil 5-dekabrda The Weeknd The Late Show with Stephen Colbertda birinchi marta „Heartless“ qoʻshigʻini ijro etdi, „Blinding Lights“ esa ertasi kuni xuddi shu shouda birinchi marta ijro etildi. Ikkala chiqish ham tanqidchilar va tomoshabinlar tomonidan ijobiy qabul qilindi va oʻtmishda Michael Jackson va Princening ijrosiga taqqoslandi. 2020-yil 22-yanvarda Jimmi Kimmel Live!da „Blinding Lights“ ijro etildi. Tesfayening shoudagi chiqishi paytida paydo boʻlishi, shoudan biroz oldin chiqarilgan klipda sodir boʻlgan voqealardan ilhomlanilgan. 2020-yil 7-mart Saturday Night Live epizodidagi chiqishidan avval Tesfaye Kenan Thompson va Chris Redd bilan birgalikda shou uchun maxsus tayyorlangan „On the Couch“ deb nomlangan komediik treki ishtirok etgan va „Blinding Lights“ hamda hali chiqarilmagan „Scared to Live“ qoʻshigʻini elektron musiqachi Oneohtrix Point Never ishtirokida jonli ijroda kuyladi.
2020-yil davomida albom qoʻshiqlarining boshqa jonli ijrolari 2020 MTV Video Music Awards, 2020 Time 100 primetime tadbiri, American Music Awards 2020 kabi yirik televizion tadbirlarda boʻlib oʻtdi.
Tizer va qisqa metrajli film
2020-yil 13-fevralda The Weeknd albom nomini eʼlon qilgan 48 soniyalik tizerni chiqardi.

Albom uchun qisqa metrajli film 2020-yil 4-martda chiqarilgan. Uni Anton Tammi suratga olgan, „Heartless“ va „Blinding Lights“ kliplaridagi hikoyani va estetikani davom ettirgan. Filmdagi voqea The Weekndning Jimmy Kimmel Live!dagi „Blinding Lights“ning ijrosi tugaganida boshlanadi va Tesfaye metroga harakatlanayotganda albomdagi turli treklarning parchalari qoʻyiladi. The Weeknd er-xotinni sirli ravishda liftda oʻldirishi bilan film yakunlanadi. Film jurnalistlar tomonidan Joker va The Shining filmlaridan ilhomlanilgani qayd etildi. 2020-yilda Variety nashriga bergan intervyusida The Weeknd qisqa metrajli filmda Chinatown, Jacobs Ladder, King of Comedy, Trouble Every Day, Possession, Dressed to Kill va After Hours kabi filmlarga havola qilinganligini aytdi. „In Your Eyes“ klipi qisqa metrajli film voqealarini davom ettiradi.
Promo-singl va boshqa qoʻshiqlar
2020-yil 18-fevralda Tesfaye albom muqovasining taqdimoti bilan birga albom nomidagi trek chiqarilishini eʼlon qildi. Promo-singl dunyoning turli mamlakatlari, jumladan, Amerika Qoʻshma Shtatlarida eng yaxshi 20 talikka kirdi va Billboard Hot 100 roʻyxatida 20-oʻrinni egalladi.
2020-yil 7-aprelda albomning yakunlovchi treki „Until I Bleed Out“ uchun klip chiqarildi. Qoʻshiq uchun klip albomning reklama materiallarida mavjud boʻlgan mavzularni davom ettiradi.
2020-yil 22-iyulda albomning beshinchi treki „Snowchild“ uchun klip chiqdi. Qoʻshiq uchun animatsion video oldingi After Hours musiqiy kliplaridagi voqealarni davom ettiradi va shuningdek, uning faoliyatidagi olti xil musiqiy bosqichdagi The Weekndni namoyish etadi.
2020-yil 22-oktabrda albomning ikkinchi treki "Too Late" uchun klip chiqarildi. Klip After Hoursning boshqa musiqiy videolardan tashkil topgan hikoya chizigʻi va mavzularini davom ettiradi.
Tur
2020-yil 20-fevralda The Weeknd Shimoliy Amerika va Yevropani qamrab oladiganAfter Hours Tourni eʼlon qildi. Tur dastlab 2020-yilning ikkinchi yarmida, 11-iyundan boshlanib, 12-noyabrda tugashi kerak edi. Keyinroq tur COVID-19 pandemiyasi sababli 2021-yilga, keyin 2022-yilga qoldirildi. Sabrina Klaudio, Don Toliver va Black Atlass turni ochib berishi kerak edi.
2021-yil 18-oktabrda The Weeknd arenalardagi cheklovlar tufayli tur boshlanishi 2022-yil yoziga koʻchirilishi va endi butunlay stadionlarda oʻtkazilishini eʼlon qildi. Shuningdek, u gastrol endi After Hours til Dawn Stadium Tour deb nomlanishini, uning beshinchi Dawn FM (2022) studiyaviy albomini ham qoʻllab-quvvatlaydigan tur boʻlishini eʼlon qildi.
After Hours (Remixes)
Beshta remiksdan iborat albomning deluxe edition 2020-yil 23-martda chiqdi. 30-martda yana uchta qoʻshimcha trekni oʻz ichiga olgan yangilangan deluxe edition chiqdi. Deluxe edition remikslari va qoʻshimcha remiksdan iborat remiks EP 3-aprelda chiqdi.
Super Bowl LV halftime show
2020-yil 12-noyabrda Weeknd u Super Bowl LV tanaffusidagi shouda chiqish qilishini eʼlon qildi. The Weeknd 12–13 daqiqa davom etgan va 2021-yil 7-fevralda boʻlib oʻtgan shouga 7 million AQSh dollari sarfladi. Dave Meyers shouning ijrochi prodyuseri boʻlgan, Roc Nation esa prodyuserlik va ijodiy rejissorlik qilgan. 2010-yildan buyon tadbir direktori boʻlib kelgan Hamish Hamilton shouni boshqarish uchun qaytdi. Oʻtgan yillardagidan farqli oʻlaroq, ishchilar va futbolchilar xavfsizligini taʼminlash uchun stadion ichida sahna qurilgan. Shou uchun u oʻziga xos qizil blazer va qora galstuk taqib yurgan.
Tanqidiy qabul
After Hours zamonaviy tanqidchilar tomonidan ijobiy sharhlar bilan kutib olindi. Professional nashrlarning sharhlariga 100 tadan normallashtirilgan reytingni belgilaydigan Metacriticda albom 20 ta sharhga asoslanib, „umumiy ijobiy sharhlar“ bilan oʻrtacha 80 ball oldi. AnyDecentMusic? aggregatori tanqidiy konsensusni baholashga asoslanib, 10d an 7,7 ball berdi.
Yil yakunlari boʻyicha chartlar
| Nashr | Roʻyxat | Oʻrin | Man. |
|---|---|---|---|
| Billboard | The 50 Best Albums of 2020 | 3 | |
| Complex | The Best Albums of 2020 | 1 | |
| Entertainment Weekly | The 15 Best Albums of 2020 | 2 | |
| Exclaim! | Exclaim!'s 50 Best Albums of 2020 | 26 | |
| NME | The 50 Best Albums of 2020 | 29 | |
| Rolling Stone | The 50 Best Albums of 2020 | 32 | |
| Slant Magazine | The 50 Best Albums of 2020 | 9 | |
| Uproxx | The Best Albums of 2020 | 10 | |
| The Best R&B Albums of 2020 | 2 | ||
| Us Weekly | 10 Best Albums of 2020 | 8 | |
| Variety | The Best Albums of 2020 | 4 |
Sanoat mukofotlari
| Yil | Marosim | Nominatsiyaa | Natija | Man. |
|---|---|---|---|---|
| 2020 | American Music Awards | Favorite Album – Pop/Rock | Nomzodlikka qoʻyilgan | |
| Favorite Album – Soul/R&B | Gʻolib boʻlgan | |||
| ARIA Music Awards | Best International Artist (After Hours) | Nomzodlikka qoʻyilgan | ||
| LOS40 Music Awards | International Album of the Year | Nomzodlikka qoʻyilgan | ||
| Peopleʼs Choice Awards | The Album of 2020 | Nomzodlikka qoʻyilgan | ||
| Polaris Music Prize | Polaris Music Prize | Nomzodlikka qoʻyilgan | ||
| Soul Train Music Awards | Album of the Year | Nomzodlikka qoʻyilgan | ||
| 2021 | BET Awards | Album of the Year | Nomzodlikka qoʻyilgan | |
| Billboard Music Awards | Top Billboard 200 Album | Nomzodlikka qoʻyilgan | ||
| Top R&B Album | Gʻolib boʻlgan | |||
| Juno Awards | Album of the Year | Gʻolib boʻlgan | ||
| Contemporary R&B/Soul Recording of the Year | Gʻolib boʻlgan | |||
| TEC Awards | Outstanding Creative Achievement – Record Production/Album | Nomzodlikka qoʻyilgan |
Tijorat koʻrsatkichlari
2020-yil 19-martda After Hours Apple Music tarixidagi albom uchun eng koʻp global qoʻshishlar boʻyicha rekordni yangiladi, 1.02 milliondan ortiq foydalanuvchilar albomni kutubxonalariga oldindan qoʻshishadi. Bu Spotifyda 2020-yilda eng koʻp strim qilingan ikkinchi albom boʻldi.
After Hours AQSH Billboard 200 roʻyxatida sotilgan 444 000 ta albom ekvivalenti bilan birinchi oʻrinni egalladi, shu jumladan 275 000 sof albom sotuviga ega boʻldi. Bu The Weekndning toʻrtinchi birinchi raqamli albomiga aylanib, 2020-yil uchun birinchi haftada eng koʻp sotilgan mahsulot boʻldi. Bundan tashqari, albom taqdim etilgan birinchi haftadan soʻng, barcha 14 ta qoʻshiq AQSh Billboard Hot 100 roʻyxatiga kirdi; ulardan oʻntasi eng yaxshi 40 talikka kirdi; birinchi oʻrinda „Blinding Lights“; „In Your Eyes“ eng yuqori – 16-oʻrin bilan chartga kirib keldi. Albom oʻzining ikkinchi haftasida sotilgan 138 000 ta albom ekvivalenti bilan Billboard 200 roʻyxatida birinchi oʻrinda qoldi, shundan 47 000 tasi sof albom sotuvi edi. Bu The Weekndning bir necha hafta davomida jadvalda birinchi oʻrinni egallagan ketma-ket uchinchi albomi boʻdi. Albom oʻzining uchinchi haftasida sotilgan 90 000 ta albom ekvivalenti (shu jumladan 23 000 sof albom sotuvi) bilan Billboard 200 roʻyxatida yana birinchi oʻrinda qoldi. Post Malonening Hollywood’s Bleeding (2019) dan keyin ketma-ket uch hafta davomida birinchi oʻrinni egallagan albom boʻldi. Oʻzining toʻrtinchi haftasida After Hoursning 75 000 albom ekvivalenti (shu jumladan 20 000 sof albomi) sotildi va Billboard 200 chartida birinchi oʻrinda qoldi. Bu Drakening Scorpion (2018) idan keyin ketma-ket toʻrt hafta birinchi oʻrinda qolgan birinchi albomga aylandi. After Hours sotilgan 2.032 million albom ekvivalenti, shu jumladan AQShda 480 000 sof nusxa bilan 2020-yilning eng koʻp sotilgan toʻrtinchi albomi boʻldi. 2021-yilda After Hours Qoʻshma Shtatlarda yilning eng koʻp sotilgan oʻninchi albomi boʻldi (1,281,000 albom ekvivalenti, shu jumladan 99,000 sof nusxa).
2022-yil 6-dekabrda After Hours Amerika Yozuv Industriyasi Assotsiatsiyasi (RIAA) tomonidan AQSHda uch milliondan ortiq albom ekvivalenti sotilgani uchun uch karra platinaga sazovor boʻldi.
Albom UK Album’s Chartda 26 000 dan ortiq sotilgan holda birinchi oʻrinni egalladi va The Weeknd chartda Beauty Behind the Madnessdan besh yil keyin yana birinchi oʻrinni egalladi. Shuningdek, u The Weekndning vatanidagi Canadian Albums Chartda birinchi haftada 54 000 ta albom ekvivalenti bilan birinchi oʻrinni egalladi, oʻsha yilning birinchi haftasida eng katta albom sotuviga erishdi. U ketma-ket olti hafta davomida jadvalning yuqori qismida turdi, bu kanadalik ijrochi uchun 2016-2017-yillarda yetti hafta davomida jadvalda birinchi oʻrinni egallagan oʻzining Starboydan beri eng yuqori koʻrsatkichdir.
Treklar roʻyxati
| № | Nomi | Muallif(lar) | Prodyuser(lar) | Davomiyligi |
|---|---|---|---|---|
| 1. | „Alone Again“ |
|
| 4:10 |
| 2. | „Too Late“ |
|
| 3:59 |
| 3. | „Hardest to Love“ |
|
| 3:31 |
| 4. | „Scared to Live“ |
|
| 3:11 |
| 5. | „Snowchild“ |
|
| 4:07 |
| 6. | „Escape from LA“ |
|
| 5:55 |
| 7. | „Heartless“ |
|
| 3:18 |
| 8. | „Faith“ |
|
| 4:43 |
| 9. | „Blinding Lights“ |
|
| 3:20 |
| 10. | „In Your Eyes“ |
|
| 3:57 |
| 11. | „Save Your Tears“ |
|
| 3:35 |
| 12. | „Repeat After Me (Interlude)“ |
|
| 3:15 |
| 13. | „After Hours“ |
|
| 6:01 |
| 14. | „Until I Bleed Out“ |
|
| 3:10 |
| Jami davomiyligi: | 56:19 | |||
| № | Nomi | Muallif(lar) | Prodyuser(lar) | Davomiyligi |
|---|---|---|---|---|
| 15. | „Nothing Compares“ |
|
| 3:42 |
| 16. | „Missed You“ |
|
| 2:24 |
| 17. | „Final Lullaby“ |
|
| 3:05 |
| 18. | „Save Your Tears“ (Remix) (Ariana Grande bilan) |
|
| 3:11 |
| Jami davomiyligi: | 68:41 | |||
| № | Nomi | Muallif(lar) | Prodyucer(lar) | Davomiyligi |
|---|---|---|---|---|
| 18. | „In Your Eyes“ (Remix) (feat. Doja Cat) |
|
| 3:57 |
| 19. | „Blinding Lights“ (Chromatics Remix) |
| Johnny Jewel | 4:21 |
| Jami davomiyligi: | 73:49 | |||
| № | Nomi | Muallif(lar) | Remikschi | Davomiyligi |
|---|---|---|---|---|
| 1. | „Heartless“ (Remix) (featuring Lil Uzi Vert) |
| 3:20 | |
| 2. | „Blinding Lights“ (Chromatics Remix) (feat. Chromatics) |
| Johnny Jewel | 4:21 |
| 3. | „Save Your Tears“ (OPN Remix) |
| OPN | 3:40 |
| 4. | „Heartless“ (Vaporwave Remix) (feat. Lil Uzi Vert) |
| DaHeala | 2:45 |
| 5. | „After Hours“ (The Blaze Remix) |
| The Blaze | 3:58 |
| 6. | „Scared to Live“ (SNL Live) |
| 3:37 | |
| Jami davomiyligi: | 21:43 | |||
Xodimlar
Ismlar albom idishidan olingan.
Musiqachilar
- The Weeknd – vokal (barcha treklar), fon vokalisti (3–4, 9–11 treklar), klavishlar, dasturlash (1–11, 13–14 treklar), bass, gitara, baraban (3–4, 9–11 treklar)
- Max Martin – bass, baraban, gitara, klavishlar, dasturlash (3–4, 9–11 treklar)
- Oscar Holter – bass, baraban, gitara, klavishlar, dasturlash (3–4, 9–11 treklar)
- Illangelo – klavishlar, dasturlash (1–2, 5–8, 13 treklar)
- Metro Boomin – klavishlar, dasturlash (6–8, 14 treklar)
- DaHeala – klavishlar, dasturlash (1–2, 5, 13 treklar)
- Frank Dukes – klavishlar, dasturlash (1 trek)
- Ricky Reed – klavishlar, dasturlash (2 trek)
- OPN – klavishlar, dasturlash (14 trek)
- Prince 85 – klavishlar, dasturlash (14 trek)
- Notinbed – klavishlar, dasturlash (14 trek)
- Nate Mercereau – klavishlar, dasturlash (2 trek)
- Mike McTaggart – gitara (6 trek)
- Patrick Greenaway – gitara (8 trek)
- Rickard Goransson – gitara (10 trek)
- Michael Engström – bass (10 trek)
- Wojtek Goral – alto saksofon (10 trek)
- Tomas Jonsson – tenor saksofon (10 trek)
- Mattias Bylund – sintezator (10 trek)
- Nils-Petter Ankarblom – sintezator (10 trek)
- Magnus Sjolander – perkussiya (10 trek)
- Miko Rezler – perkussiya (10 trek)
- Peter Noos Johansson – trombon (10 trek)
- Janne Bjerger – truba (10 trek)
- Magnus Johansson – truba (10 trek)
Texnik
- Illangelo – muhandislik, miksing (1–2, 5–8, 13 treklar)
- Shin Kamiyama – muhandislik (barcha treklar)
- Michael Ilbert – muhandislik (4, 10–11 treklar)
- Sam Holland – muhandislik (3–4, 10–11 treklar)
- Jason „DaHeala“ Quenneville – muhandislik (13 trek)
- Ethan Shumaker – muhandislik (2 trek)
- Matt Cohn – muhandislik, miksing (12, 14 treklar)
- Şerban Ghenea – miksing (3–4, 9–11 treklar)
- John Hanes – muhandislik, miksing (3–4, 9–11 treklar)
- Cory Bice – muhandis yordamchisi (3–4, 9–11 treklar)
- Jeremy Lertola – muhandis yordamchisi (3–4, 9–11 treklar)
- Sean Klein – muhandis yordamchisi (9 trek)
- Dave Kutch – mastering
- Kevin Peterson – mastering
Chartlar
Haftalik chartlar
| Yil yakunlari boʻyicha chartlar
|
Chiqarilish tarixi
| Mintaqa | Sana | Leybl(lar) | Format(lar) | Nashr | Man. |
|---|---|---|---|---|---|
| Har xil | 2020-yil 20-mart | XO · Republic Records | CD · raqamli yuklab olish · striming | Standart | |
| 2020-yil 23-mart | Raqamli yuklab olish · striming | Original deluxe | |||
| 2020-yil 30-mart | Updated deluxe | ||||
| 2020-yil 3-aprel | Remix EP | ||||
| Yaponiya | 2020-yil 22-may | Universal Music Japan | CD | Standard | |
| Har xil | 2020-yil 11-iyun | XO · Republic Records | Kasseta | ||
| 2020-yil 25-sentabr | LP | ||||
| 2020-yil 27-noyabr | Remix EP | ||||
| Yaponiya | 2020-yil 4-dekabr | Universal Music Japan | CD | Japanese deluxe |
Tashqi havolalar
- Album Title (Teaser) YouTubeda
- After Hours (Short film) YouTubeda
- 2020-yil albomlari
- The Weeknd albomlari
- The Weeknd prodyuserligidagi albomlar
- Republic Records albomlari
- XO (yozuv leybli) albomlari