Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

„Double Fantasy“ – kanadalik qoʻshiqchi The Weekndning amerikalik rapper Future ishtirokidagi qoʻshigʻi. U XO va Republic Records orqali 2023-yil 21-aprel kuni

Double Fantasy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
„Double Fantasy“
Future ishtirokidagi The Weeknd qoʻshigʻi
The Idol Episode 2 (Music from the HBO Original Series) mini-albomidan
Chiqarilgan sanasi 2023-yil 21-aprel (2023-04-21)
Janr
Davomiyligi
  • 4:28
  • 3:56 (radio edit)
Leybl
  • XO
  • Republic Records
Qoʻshiq muallif(lar)i
Prodyuser(lar)
  • The Weeknd
  • Metro Boomin
  • Mike Dean
The Weeknd singllar xronologiyasi
„Die for You“ (Remix)
(2023)
Double Fantasy
(2023)
„Popular“
(2023)
Future xronologiyasi
„Private Landing“
(2023)
"Double Fantasy"
(2023)
"Arabi"
(2024)
Klipi
"Double Fantasy" YouTubeda

„Double Fantasy“ – kanadalik qoʻshiqchi The Weekndning amerikalik rapper Future ishtirokidagi qoʻshigʻi. U XO va Republic Records orqali 2023-yil 21-aprel kuni chiqarilgan va dastlab HBO ga tegishli dramatik serial – The Idolning The Idol, Vol. 1 nomli (bekor qilingan) albomning yetakchi singli boʻlishi kerak edi. Keyinchalik bu qoʻshiq The Idol Episode 2 (Music from the HBO Original Series) ga kiritildi. Qoʻshiqni Future, The Weeknd, Metro Boomin va Mike Dean yozgan va Futuredan tashqari qolgan ijodkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan. Trek John Lenon va Yoko Ononing 1980-yilgi shu nomli studiyaviy albomi sharafiga shunday nomlangan.

Chiqarilishi va qoʻllab-quvvatlanishi

2023-yil 10-aprel kuni The Weeknd John Lenonning 1971-yilgi „Jealous Guy“ singlining hali taqdim etilmagan kaveri va „Double Fantasy“ning bir qismini Instagramdagi jonli efirda eshittirdi. Toʻrt kundan soʻng, u prodyuser Metro Boomin ishtirokidagi Coachella 2023 da qatnashdi, festivalda u qoʻshiqning oz qismini ijro etdi; ikki kun oldin esa qoʻshiqning nomini eʼlon qilgan edi. 2023-yil 19-aprel kuni u qoʻshiqning muqovasini taqdim etdi va chiqarilish sanasini eʼlon qildi. Ikki kundan keyin, qoʻshiq chiqarilgan kunning oʻzida, Metro Boominning Coachelladagi ikkinchi chiqishida Abel trekni ijro etdi.

Musiqiy video

"Double Fantasy"ning rasmiy klipi 2023-yil 21-aprel kuni qoʻshiq chiqarilganida namoyish etildi. Future videoda paydo boʻlmaydi, lekin u The Idolning ommaga taqdim etilmagan sahnalari bilan boʻlishadi.

Treklar roʻyxati

"Double Fantasy" treklar ro'yxati
NomiDavomiyligi
1.„Double Fantasy“ (feat. Future)4:28
2.„Double Fantasy“ (feat. Future; radio edit)3:55

Chartlar


Sertifikatsiya

"Double Fantasy"ning sertifikatsiyasi
Hudud Sertifikatsiya Sertifikatlangan birliklar/sotuvlar
Avstraliya (ARIA) Oltin 35,000

Chiqarilish tarixi

"Double Fantasy"ning chiqarilish tarixi
Hudud Sana Format Leybl Man.
Turli xil 2023-yil 21-aprel
  • raqamli yuklab olish
  • striming
  • XO
  • Republic Records
AQSh 2023-yil 25-aprel Contemporary hit radio

Tashqi havolalar

Yuqori