- Vikipediyada ismi Akobir va familiyasi Qurbonov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Shaxsiy ma'lumotlar | |
|---|---|
| Millati | |
| Tug'ilishi | 1975-yil 29-iyul Buxoro tumani, Buxoro viloyati, OʻzSSR |
| o'g'irligi | 74–90 kg (163–198 lb) |
Akobir Sobirovich Qurbonov (1975-yil 29-iyulda Buxoro viloyati Buxoro tumanida tugʻilgan) — oʻzbek sambochisi va kurashchi, Oʻzbekiston iftixori (1999). 1999-yil kurash boʻyicha jahon chempioni, sambo boʻyicha jahon kubogi gʻolibi (2002) va bronza medali (1998), sambo boʻyicha jahon chempionatining kumush (1998, 2001, 2004) va bronza (2002, 2004) medallari sovrindori. 2010-yilda Pekindagi Jahon oʻyinlarida sambo boʻyicha musobaqalar gʻolibi. Xalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustasi. U ikkinchi yarim oʻrta vazn (74 kilogrammgacha), birinchi oʻrta (82 kilogrammgacha) va ikkinchi oʻrta (90 kilogrammgacha) vazn toifalarida ishtirok etgan. 1996-yil Oʻzbekiston IIV akademiyasini tamomlagan. 1996-yilda Oʻzbekiston IIV Akademiyasi „Jismoniy tarbiya“ kafedrasi katta oʻqituvchisi.
Oilasi
Otasi Sobir Qurbonov — sovet sambochisi, SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi, SSSR, Yevropa va jahon chempioni.
Mukofotlari
- Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni - 1999.
- 29-iyulda tugʻilganlar
- 1975-yilda tugʻilganlar
- Buxoro tumanida tugʻilganlar
- „Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlanganlar
- Oʻzbekiston sambochilari
- Oʻzbekiston kurashchilari
- Yashayotgan insonlar