Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

„The Hills“ – kanadalik qoʻshiqchi va qoʻshiqlar muallifi The Weekndning qoʻshigʻi. 2015-yil 27-mayda ijodkorning ikkinchi studiyaviy albomi – Beauty Behind the

The Hills

Vikipediya, erkin ensiklopediya
„The Hills“
The Weeknd singli
Beauty Behind the Madness albomidan
Til
  • inglizcha
  • amharcha
Chiqarilgan sanasi 2015-yil 27-may
Yozilgan sanasi 2014-yil
Janr
Davomiyligi 4:02
Leybl
  • XO
  • Republic
Qoʻshiq muallif(lar)i
  • Abel Tesfaye
  • Emmanuel Nickerson
  • Carlo Montagnese
  • Ahmad Balshe
  • Tom Raybould
Prodyuser(lar)
  • Illangelo
  • Mano
The Weeknd singllari xronologiyasi
„Sexodus“
(2015)
„The Hills“
(2015)
„Can't Feel My Face“
(2015)
Klipi
"The Hills" YouTubeda

„The Hills“ – kanadalik qoʻshiqchi va qoʻshiqlar muallifi The Weekndning qoʻshigʻi. 2015-yil 27-mayda ijodkorning ikkinchi studiyaviy albomi – Beauty Behind the Madnessning (2015) ikkinchi singli sifatida chiqarilgan. Qoʻshiqni The Weeknd prodyuserlar Emmanuel „Mano“ Nickerson va Illangelo bilan yozgan, Belly ham qoʻshimcha mualliflik huquqini olgan.

AQShda „The Hills“ qoʻshigʻi Billboard Hot 100 chartida Abelning boshqa singli „Canʼt Feel My Face“ bilan oʻrin almashib birinchi oʻrinni egalladi va zaylda trek reytingda olti hafta davomida yetakchilikni bermadi. 2019-yil 28-iyun kuni qoʻshiq Recording Industry Association of America (RIAA) tomonidan AQSh da oʻn million nusxadan ortiq sotilganligi uchun olmos sertifikat olgan va bu uning birinchi olmos sertifikati bilan mukofotlangan qoʻshigʻi boʻldi. Shuningdek, u Kanada va Avstraliyada ham olmos sertifikatiga ega.

„The Hills“ qoʻshiqchining vatani Kanadada birinchi oʻrinni egalladi va bir qancha davlatlarda, jumladan, Buyuk Britaniya, Germaniya, Avstraliya va Irlandiyada kuchli oʻnlikka kirdi. „The Hills“ qoʻshigʻining ikki rasmiy remiksi bor boʻlib, ikkisi ham 2015-yil 10-oktabrda chiqarilgan, biri repper Eminem bilan, boshqasi yana bir repper Nicki Minaj bilan.

Tarixi

The Weeknd 2015-yilda South by Southwest bazmida trekning demosini namoyish etdi.

Kompozitsiyasi

Paul Tingen bilan boʻlgan intervyusida Illangelo, qoʻshiq „nisbatan tezroq tempdagi pop-aranjirovka va akkordlar“ orqali The Weekndning birinchi miksteyplariga qaytish uchun yozilganini aytdi. The Weekndning Toronto, Ontario shahridagi uy studiyasida yaratilgan, yozilgan, prodyuserlik ishlari amalga oshirilgan va aralashtirilgan qoʻshiqning dastlabki demo-versiyasini prodyuser Emmanuel „Mano“ Nickerson yaratgan. Nickerson demo versiyasini The Weekndga yuborishi bilan Illangelo uning ustida ish boshlaydi. Bir ozdan soʻng The Weekndda qoʻshiqning asosiy kuyi uchun gʻoya paydo boʻldi. Illangelo vokallar „fazoviy va lo-fi uslubda“ chiqishini xohlab, past chastotalarni kamaytirdi va barcha elementlar qoʻshiq naqarotida birlashishini xohladi. Koʻprik qismi (bridge) va outro qoʻshiqning eng soʻnggi yozilgan qismlari edi.

Qoʻshiqning nota yozuvi, Sony/ATV Music Publishing tomonidan Musicnotesda taqdim etilgan, qoʻshiq C minor tonalligida, daqiqasiga 113 zarb tezlikka egaligi koʻrsatilgan. Qoʻshiqdagi vokallar C3 dan E♭5 gacha boʻlgan diapazonni qamrab oladi.

Tanqidiy qabul

Bu, ehtimol, faoliyatimdagi eng muhim qo‘shiq, chunki bu men yaratgan eng muvaffaqiyatli qo‘shiq edi.
—— The Weeknd „The Hills“ haqida

„The Hills“ tanqidchilardan ijobiy baho oldi, koʻpchilik sharhlovchilar The Weekndning pop yoʻnalishida boʻlgan „Earned It“dan keyin oʻzining asl uslubiga qaytganini maqtashdi. Billboard shunday yozgan: "Uning soʻnggi singllari yanada jonli va pop elementlari ortidan qorongʻu ohangni rad etib kelayotgan edi, ammo The Weeknd oʻzining ildizlari – R&B ga „The Hills“ – giyohvandlik va noqonuniy tungi sarguzashtlar madhiyasi bilan qaytadi. "Kayfdaligimda, bu haqiqiy men, " ("When I’m f–ed up, thatʼs the real me, „) deb dissonant sintezator tumanlari ostida, oʻzining dastlabki miksteyplarining jirkanch gedonizmini yangilangan, diqqatni tortadigan tarzda kuylaydi“. USA Today gazetasidan Brian Mansfield shunday yozgan: „Agar bir qoʻshiq oʻzining asosiy qismiga horror film – Wes Cravenning 1977-yilgi kult klassigi The Hills Have Eyesdan ilhom olsa, demak, albatta, biror narsa yuzaga kelishi aniq“.

Pitchfork uchun tahliliy maqolada Hannah Giorgis „The Hills“ qoʻshigʻini „hirs, giyohvandlik va shon-shuhrat haqidagi qorongʻu, deyarli dissonant meditatsiya“ deb atadi va "uning repertuarini bilganlar uchun „The Hills“ qoʻshigʻidagi yagona burilish uning yakunida edi: oxirgi akkordlarning ovozi pasayib, qiyomdek yoqimli va sokin ayol ovozi allaga oʻxshash qoʻshiq kuylaydi, ammo bu mutlaqo ingliz tilida emas, balki Efiopiyaning asosiy tili va The Weekndning ona tili boʻlgan amhar tilida edi…".

Rolling Stone „The Hills“ni „2015-yilning eng yaxshi 50 ta qoʻshigʻi“ roʻyxatida 11-oʻringa qoʻydi: „The Weekndning 2015-yilda birinchi oʻrinni egallagan ikkinchi xiti bizga uning eski miksteyplaridan bilgan yigitchani eslatib yuboradi: qoʻrqinchli filmlariga xos qichqiriqlar va boʻrondek elektron tovushlar uning maʼnosiz muhabbati haqidagi jozibali ohanglariga urgʻu beradi – qandaydir tarzda bu hammasi quloqqa nihoyatda yoqimli eshitiladi“. Billboard 2015-yil yakuniy roʻyxatida „The Hills“ qoʻshigʻini 10-oʻringa qoʻydi: „Chartlarda birinchi oʻrinni egallagan qoʻshiqlar odatda bu darajada tovushli tajribalarga boy va qorongʻu boʻlmaydi, ammo 2015-yilda The Weeknd buni amalga oshirdi. Bu yerda deyarli hech qanday anʼanaviy pop uslubidagi ‘hook’ yoʻq – faqatgina unutilmas, jozibador va iztirobli bir tovush manzarasi bor“. Time jurnali „The Hills“ni 2015-yilning oltinchi eng yaxshi qoʻshigʻi deb atadi: „Yilning eng qorongʻu chart-topper qoʻshigʻining klipida 25 yoshli Abel Tesfaye, yaʼni The Weeknd, tutayotgan avtomobil halokatidan oʻzini tortib chiqayotganini koʻramiz. Ushbu vizual yechim juda mos keladi, chunki uning axloqsiz R&B uslubini tinglash baxtsiz hodisaga qarashga oʻxshaydi: u buzilgan munosabatlar va shu qadar koʻp giyohvand moddalar bilan maqtanadiki, u kofeinsiz qahva ichgandek tuyuladi. Biroq, qoʻshiqning urib turgan bass tovushlari va The Weekndning dahshatli film ohangidagi vokali trekni baʼzi avariyalar kabi – koʻz uzib boʻlmaydigan darajada jozibali qiladi“. Stereogum „2015-yilning 50 ta eng yaxshi pop qoʻshigʻi“ roʻyxatida bu qoʻshiqni 11-oʻringa qoʻydi: "„Earned It“ va „Canʼt Feel My Face“ bilan Abel Tesfaye oʻz ovozini ommaga yaqinlashtirib, chartlarda yuqoriga koʻtarildi. Eng ajablanarlisi shundaki, sahnaga kirib olganidan soʻng, „The Hills“ bundan ham katta xitga aylandi – u buni oʻzining noqonuniy va gʻayrioddiy sanʼat uslubidan bir qadam ham chekinmasdan uddaladi". news.com.au bu qoʻshiqni 2015-yilning 24-eng yaxshi qoʻshigʻi deb eʼtirof etib, quyidagilarni yozib qoldirgan: „Bu qoʻshiq Amerikada birinchi oʻringa chiqqan. Bir oz oʻylab koʻraylik: Donald Trump ular [davlat]ni yanada konservativ qilishga urinyapti, ammo faqat soʻkinishlardan iborat boʻlmay, shu qadar qorongʻu va axloqsiz maʼnolarga toʻla boʻlgan qoʻshiq chartlarning eng yuqorisiga chiqdi“. The Village Voice nashri „The Hills“ni oʻzining yillik tanqidchilar reytingida 22-oʻringa qoʻygan.

2024-yil 29-avgustda, taqdim etilganidan deyarli 10 yil oʻtgach, The Guardian „The Hills“ni Tesfayening hozirgi kunga qadar eng yaxshi qoʻshigʻi deb atadi.

Plagiatda ayblanish

2015-yil 9-dekabrda Cutting Edge Music kompaniyasi Tesfaye, qoʻshiqning prodyuserlari va uni chiqarish uchun mas’ul boʻlgan leybllarni The Machine filmi musiqasidagi bass chizigʻi toʻgʻridan-toʻgʻri nusxalanib ishlatilgani sudga berdi. Shikoyatda, shuningdek, qoʻshiqni yaratishda ishtirok etgan prodyuser Emmanuel „Mano“ Nickerson, saundtrek muallifiga Twitter orqali uning ishidan namuna olgani, bu ish esa The Weekndning keyingi albomida paydo boʻlishi mumkinligini bildirganligi taʼkidlangan xabar yuborgani yozilgan. 2022-yil iyul holatiga koʻra, ish hali ham hal qilinmagan.

Tijoriy muvaffaqiyati

AQShda „The Hills“ 2015-yil 13-iyun kuni chop etilgan Billboard Hot 100 reytingiga 20-oʻrinda kirib kelib, oʻsha haftaning eng katta debyuti aylandi. Uning debyuti birinchi haftadagi raqamli yuklab olishli sotuvlarning 109,000 nusxasi va 5.2 million AQShdagi strimlar orqali qoʻllab-quvvatlandi, shuningdek, singl bilan bir vaqtda taqdim etilgan videoklipi ham yordam berdi. Keyingi haftada singl bir pogʻona pastladi, ammo reytingda eng katta strimlar oʻsishiga erishdi. Shundan soʻng, trek 2015-yil 3-oktabrda AQShda oʻzining „Canʼt Feel My Face“ qoʻshigʻi bilan oʻrin almashib, The Weekndning ikkinchi yetakchi singliga aylandi, bungacha esa faqat Taylor Swift oʻzining birinchi qoʻshigʻi ikkinchi qoʻshigʻining oʻrnini egallab yetakchiga aylangan sanʼatkor edi. „The Hills“ ketma-ket olti hafta davomida chartda birinchi oʻrinni egallab turdi, to 2015-yil 14-noyabrdagi chartda Adelening „Hello“ qoʻshigʻi bilan oʻrin almashmagunga qadar. U 21 hafta davomida uzluksiz chartning eng kuchli oʻnligida qoldi va nihoyat 2016-yil 16-yanvarda undan chiqib ketdi. Shu bilan birga, The Weekndning ketma-ket 45 hafta davomida top-10 ichida boʻlishi ham yakunlandi. 2016-yil iyun holatiga koʻra, „The Hills“ qoʻshigʻi AQSh da 2,946,000 nusxada sotilgan.

Buyuk Britaniyada „The Hills“ qoʻshigʻi 2015-yil 6-iyun haftasida UK Singles Chartga 51-oʻrinda kirib kelgan. 2015-yil 10-sentabr haftasida esa u 35-oʻrindan 29-oʻringa koʻtarilgan. Yana besh hafta davomida qoʻshiq 23-oʻringacha chiqdi, undan keyingi haftada esa kutilmaganda 5-oʻringa koʻtarildi. 2015-yil 29-oktabrda yakunlangan haftada, yaʼni chartdagi 20-haftasida u 3-oʻringa chiqdi. Biroq bu vaqtda One Direction guruhining „Perfect“ qoʻshigʻi 2-oʻrinda, KDA ning „Turn the Music Louder (Rumble)“i esa 1-oʻrinda boʻlgani sababli „The Hills“ yuqoriga chiqa olmadi. Qoʻshiq jami 7 hafta eng yaxshi 10 talikda, 12 hafta esa eng yaxshi 20 talikda saqlanib turdi va yil yakunidagi reytingda 25-oʻrinni egalladi.

Videokliplar

"The Hills" qoʻshigʻi uchun suratga olingan musiqiy videoga Grant Singer rejissyorlik qilgan. U 2015-yil 27-mayda YouTubega yuklangan boʻlib, unda Rick Wilder ishtirok etgan – u bundan tashqari „Canʼt Feel My Face“ va „Tell Your Friends“ videokliplarida ham koʻrinish beradi. 2025-yil aprel oyi holatiga koʻra, ushbu videoklip 2,2 milliard martadan ortiq tomosha qilingan.

Syujeti

Videoklip teskari agʻdarilgan va pachoqlangan Lincoln Town Car tasviri bilan boshlanadi, biroq mashinaning qanday qilib agʻdarilgani nomaʼlum. The Weeknd (Abel Tesfaye) avval oʻzi mashinadan chiqib oladi, soʻng ikkita ayolga yordam beradi. Qoʻshiq davom etar ekan, u Los-Anjelesdagi South June Street boʻylab yolgʻiz yuradi. Ikkinchi naqarot boshida esa, orqasida turgan halokatga uchragan Town Car mashinasi portlab ketadi. Orada u bilan birga boʻlgan ayollardan biri The Weekndni doimiy ravishda itarib turadi – bu sahnalar ruhiy bosim yoki oʻtmishdagi munosabatlarning notinchliklarini aks ettiradi. Qoʻshiq oxirida esa u tashlandiq, sirli bir qasrga kiradi, qizil yorugʻlikda yoritilgan xona tomon yuqoriga koʻtariladi. Xonada qoʻlida olma tutgan bir kishi (uni Rick Wilder oʻynaydi) uni kutib oʻtirgan boʻladi, uning yonida yana ikki ayol ham bor. Video qora ekran bilan yakunlanadi.

Eminem remix videoklipi

Eminem remiksi uchun yana bir musiqiy video suratga olindi – bu safar GoPro va United Realities hamkorligida. Bu 360 darajali virtual reallik formatidagi videoklip boʻlib, unda The Weeknd bir tadbirdan chiqib, limuzinida yoʻl olgani koʻrsatiladi (mashina uni Apple Music reklamasida koʻrsatilgan bazmga olib boradi, u yerda haydovchi sifatida John Travolta chiqish qiladi). Tomoshabin kamera burchaklarini oʻzgartirar ekan, osmondan kometalar yogʻilayotgani va ular bilan birga tushayotgan qoldiqlar atrofda alangali portlashlarga sabab boʻlayotgani koʻrinadi. Asl videoklipdagi agʻdarilgan mashina ham kadrda paydo boʻladi. The Weeknd limuziniga yaqinlashganida, portlash sodir boʻladi.

Jonli chiqishlar

"The Hills" qoʻshigʻi birinchi marta 2015-yil 11-aprelda Coachella vodiysi musiqa va sanʼat festivalida The Weekndning chiqishi davomida jonli ijro etilgan.

Boshqa versiyalar

2015-yil 10-oktabrda ushbu qoʻshiqning ikki remiksi internet tarmoqlarida taqdim etildi. Ulardan birida amerikalik repper Eminem, ikkinchisida esa Trinidad-Amerika repperi Nicki Minaj ishtirok etgan. Nicki Minaj ishtirok etgan remiks The Weeknd bilan birga Saturday Night Live dasturida jonli ijro etildi. Eminem ishtirokidagi remiks esa Tesfayening shaxsiy iltimosiga binoan tayyorlangan va unga virtual musiqiy video chiqarilgan. Amerikalik repper Lil Wayne bu qoʻshiqni oʻzining No Ceilings 2 miksteypi uchun remiks qildi.

2016-yil 9-avgustda belgiyalik DJ dueti Dimitri Vegas & Like Mike ushbu qoʻshiq remiksini oʻzlarining „Summer of Madness“ qoʻshiqlar seriyasidagi treklardan biri sifatida bepul yuklab olish uchun chiqardilar. RL Grime tomonidan ishlangan yana bir remiks esa Tesfayening YouTube kanalida chiqarilgan.

Ommaviy madaniyatda

  • Qoʻshiqdan Life in Pieces serialining 1-mavsum 21-qismida foydanilgan.
  • Qoʻshiqdan Yves Saint Laurent kompaniyasi Black Opium atirining Zoe Kravitz ishtirokidagi reklamasida foydalanilgan.
  • Qoʻshiq Rock Band 4 oʻyinida yuklab olinadigan kontent sifatida mavjud.
  • Qoʻshiq 2017-yilgi Fortnite video oʻyinida ham „Fortnite Festival“ rejimida ijro etiladigan qoʻshiqlardan biri sifatida mavjud boʻlib, The Weeknd ham ushbu festivalning asosiy yulduzi boʻlgan.

Treklar roʻyxati

  • Raqamli yuklab olish
  1. „The Hills“ – 3:55
  • Raqamli yuklab olish – remikslar
  1. „The Hills“ (feat. Eminem) – 4:23
  2. „The Hills“ (feat. Nicki Minaj) – 4:02
  • Raqamli yuklab olish – remikslar
  1. „The Hills“ (RL Grime Remix) – 4:31
  2. „The Hills“ (Dimitri Vegas & Like Mike Remix) – 5:55

Chartlar

Sertifikatsiyasi

„The Hills“ning sertifikatsiyasi
Hudud Sertifikatsiya Sertifikatlangan birliklar/sotuvlar
Amerika Qoʻshma Shtatlari (RIAA) 11× Platina 11,000,000
Avstraliya (ARIA) 12× Platina 840,000
Belgiya (BRMA) Oltin 10,000
Birlashgan Qirollik (BPI) 4× Platina 2,700,000
Braziliya (Pro-Música Brasil) 3× Olmos 750,000
Daniya (IFPI Danmark) 2× Platina 180,000
Germaniya (BVMI) 3× Oltin 600,000
Ispaniya (PROMUSICAE) Platina 60,000
Italiya (FIMI) 2× Platina 200,000
Kanada (Music Canada) Olmos 800,000
Meksika (AMPROFON) 2× Platina 120,000
Norvegiya (IFPI Norway) Oltin 20,000
Polsha (ZPAV) 4× Platina 200,000
Portugaliya (AFP) 3× Platina 60,000
Yangi Zelandiya (RMNZ) 6× Platina 180,000
Shvetsiya (GLF) 3× Platina 120,000
Striming
Gretsiya (IFPI Greece) 2× Platina 4,000,000
Yuqori