Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Mariya Antuanetta (Marie -Antoinette) (1755.2.11, Vena — 1793.16.10, Parij) — Fransiya qirolichasi, fransuz qiroli Lyudovik XVI ning xotini (1770-yildan), Avstr

Mariya antuanetta

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Mariya Antuanetta (Marie -Antoinette) (1755.2.11, Vena — 1793.16.10, Parij) — Fransiya qirolichasi, fransuz qiroli Lyudovik XVI ning xotini (1770-yildan), Avstriya imperatori Frans I va imperatritsa Mariya Tereziyaning 15-farzandi edi. 14 yoshida Fransiyaning bo'lajak qiroli Lyudovik XVI bilan turmush quradi va Parijga Versal saroyiga boradi. Tarixchilarning fikriga ko'ra, qirolichaning xarajatlari davlat g'aznasiga sezilarli zarar yetkazmagan bo'lsa-da, xalq orasida u iqtisodiy inqirozning ramziy aybdori sifatida ko'rilgan. U taxminan Fransiyaning YaIM dan 0.3-0.7% mablag' ishlatgan. Asosiy mablag'lar esa Amerika ozodlik urushi uchun berilgan yordamlar hisobiga kamayadi. Ammo xalq asosiy aybni Mariya Antuanettaga to'nkagan va asossiz ayblovlar masalan: "Yeyishga noni bo'lmasa, tort yeyishsin" degan yolg'on mishmishlar tarqatilgan. Uni Avstriyadan kelgan josus deb qarashgan. Ammo Mariya saroy hayoti, siyosatni yoqtirmagan u ko'proq erkinlik va modani sevgan. Eri bilan qariyb 7 yil farzand ko'ra olmagan bu esa butun yevropa va Mariyaning onasini ham g'azablantirgan. Mariya Tereziya doimiy ravishda xatlarida qizini tergab turgan. Ammo imperatritsa Mariya Tereziya 1780-yil 29-noyabrda vafotidan so'ng u ancha erkin bo'lib qoladi. Buyuk fransuz inqilobi (Burjua inqilobni) oldidan oʻyinkulgi, maishatga ulkan mablagʻlar sarflayotgan M. A. (shu tufayli unga "kamomad xonim" deb laqab qoʻyishgan) moliya islohoti oʻtkazishga, saroy harajatlarini qisqartirishga uringan ministrlarni (A. Tyurgo, J. Nekker) isteʼfoga chiqishda u yoki bu tarzda rol o'ynagan. Inqilob boshlanishi bilan aksilinqilobiy fitnalar va chet el intervensiyasi rahnamosi. Monarxiya agʻdarilgach (1792-yil 10 avgust), qamoqqa olinadi juda zah va juda yomon ahvoldagi qamoqqa tashlanadi va u yerda 280-raqamli maxbusga aylanadi. Hatto Mariya kiyimini almashtirganda ham soqchilar uni ko'rib turishgan. Suddan so'ng u o'limiga 1 kun qolganda bir kechada sochi oppoq bo'lib qoladi. Shuning uchun bunday qattiq stressdan 1 kechada sochi oqarish kasalligini "Mariya sindromi" deb nomlangan. Sud qaroriga binoan juda katta yolg'on ayblovlar orqali uni gilotinaga hukm qilishadi. Uni bolasi (Lyudovik XVII) bilan ishrat qilishda, davlat sirlarini Avstriyaga yetkazib turishda va davlatga hiyonatda ayblangan. Mariyaning o'g'li (Lyudovik XVII) ni majburan unga qarshi ko'rsatma berishga majburlashgan va ohir oqibat bolasi zah qamoqxonada vafot etgan. Qatlga olib ketilayotgan erini (Lyudovik XVI) yopiq aravada Mariyaning esa ochiq aravada olib ketishgan. Buni ataylab xalq ko'rishi uchun qilishgan.1793-yil 16-oktyabrida boshi tanasidan judo (gilotina) qilinadi. Guvohlarning aytishicha u gilotinaga ketayotgan vaqtida o'zini mag'rur va g'olibdek tutgan.

Ma'lumot kirituvchi: Kenjaboyev Shaxzod

Yuqori