Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Hamdam Usmonovich Usmonov (1916.16.10 Toshkent 1994-yil, 7-may) — kimyogar olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1966). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan

Hamdam Usmonov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Hamdam va familiyasi Usmonov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Hamdam Usmonovich Usmonov (1916.16.10 Toshkent 1994-yil, 7-may) — kimyogar olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1966). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1966). Kimyo fanlari doktori (1954), professor (1955). Oʻrta Osiyo universitetni tugatgan (1937). Urush qatnashchisi (1941—45). Universitet fizik kimyo kafedrasi dotsenti (1946—54), laboratoriya mudiri (1954—73). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Kimyo instituti direktori (1952 — 56), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti direktori (1956—59), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi instituti direktori (1959—62). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi aʼzosi va kimyo fanlari boʻlimi akademiyasi kotibi (1962—64). Paxta sellyulozasi kimyosi va texnologiyasi ilmiy tadqiqot instituta direktori va laboratoriya mudiri (1963—82), bosh maslahatchi (1982-yildan). Ilmiy ishlari sellyuloza kimyosi va fizikasi, paxta tolasi, linti, chiqindilari va ftorpolimerlarni oʻrganishga oid.

Usmonov rahbarligida paxta sellyulozasi olishning jahon standartlari talablariga javob beradigan bir qancha texnologik tizimlari ishlab chiqilgan. Gʻijimlanmaydigan gazmol ishlab chiqarish texnologiyasi, tibbiyot polimerlari, ftorli polimerlar va boshqa amaliyotga joriy qilingan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1977).

Adabiyot

  • Axmerov K,., Oʻzbekiston kimyogarlari, T., 1974; Hamdam Usmonovich Usmonov (biobibliografiya), T., 1976.



Yuqori