| Kiss Land | ||||
|---|---|---|---|---|
| | ||||
| The Weeknd albomi | ||||
| Chiqarilgan sanasi | 2013-yil 10-sentyabr | |||
| Studiya |
| |||
| Janr |
| |||
| Davomiyligi | 55:38 | |||
| Leybl |
| |||
| Prodyuser(lar) |
| |||
| The Weeknd xronologiyasi | ||||
| ||||
| Kiss Landga kiritilgan singllar | ||||
| ||||
Kiss Land – kanadalik qoʻshiqchi The Weekndning birinchi studiyaviy albomi. U 2013-yil 10-sentabrda XO va Republic Records orqali chiqarilgan. Albom xuddi shu nomdagi bosh singl, shuningdek, „Belong to the World“, „Love in the Sky“, „Live For“, „Pretty“ va „Wanderlust“ singllari tomonidan qoʻllab-quvvatlangan. Albomning ishlab chiqarilishi DannyBoyStyles, The Weeknd, DaHeala va boshqalar tomonidan amalga oshirildi.
Kiss Land asosan tanqidchilarning ijobiy sharhlarini oldi. Albom birinchi haftada 95 000 nusxada sotilgan va Billboard 200 roʻyxatida ikkinchi oʻrinni egallagan. 2015-yil avgust holatiga koʻra, albom AQShda 273 000 nusxada sotilgan.
Tarixi
2013-yil 17-martda The Weeknd oʻzining debyut albomi Kiss Land deb nomlanishini eʼlon qildi. 2013-yil iyul oyida Amazon albom 2013-yil 27-avgustda chiqarilishini maʼlum qildi. 2013-yil 22-iyulda albom chiqishi 2013-yil 27-avgustdan 2013-yil 10-sentyabrga surilishi eʼlon qilindi. 2013-yil iyul oyida Complexga bergan intervyusida Weeknd albom haqida shunday dedi:
Kiss Land gastrolli hayotni tasvirlaydi, lekin bu men tasavvurimda yaratgan olam. House of Balloonsdek Toronto va u yerdagi hislarimni ramziy maʼnoda ifodalaydi, lekin bu men yaratgan dunyo. Kiss Land haqida oʻylaganimda, dahshatli joy hayolimga keladi. Bu men hech qachon boʻlmagan, men uchun umuman notanish joy. Koʻproq John Carpenter, David Cronenberg va Ridley Scott kabi kino ijodkorlaridan ilhom olingan, chunki ular qoʻrquvni qanday tasvirlashni bilishadi. Men uchun Kiss Land shunchaki haqiqiy qoʻrquv hukm suradigan muhit. Men ayni vaqtda kimligimni bilmayman va oʻzimga tanish boʻlmagan sharoitlarda gʻalati ishlarni qilyapman. Va bu men uchun eng dahshatli narsa. Shunday qilib, yozuvdagi qichqiriqlarni eshitsangiz va qoʻrqib ketsangiz, musiqani tinglayvering, chunki men nimani his qilayotganimni siz ham his qilishingizni xohlayman. Kiss Land xuddi dahshatli filmga oʻxshaydi.
Targʻib
Singllar
2013-yil 17-mayda birinchi „Kiss Land“ singli chiqdi. 2013-yilning 25-iyunida „Kiss Land“ qoʻshigʻiga klip chiqarildi.
2013-yil 15-iyulda ikkinchi „Belong to the World“ singliga klip suratga olindi. Qoʻshiq ertasi kuni 2013-yil 16-iyulda chiqdi.
2013-yil 30-iyulda „Love in the Sky“ raqamli formatda Kiss Landning uchinchi singl sifatida chiqarildi. U bilan birga qisqa video ham chiqdi.
2013-yil 20-avgustda Drake ishtirokidagi „Live For“ treki urban contemporary radiosiga eshittirildi va iTunes doʻkonida albomga oldindan buyurtma berish funksiyasi bilan birga chiqarildi. U uch kundan soʻng Kiss Landning toʻrtinchi singl sifatida raqamli formatda chiqarildi.
2013-yil 20-sentyabrda Vevoda „Pretty“ klipining premyerasi boʻlib oʻtdi. Qoʻshiq 2013-yil 9-oktabrda albomning beshinchi singli sifatida chiqarildi, Late Show with David Letterman va Late Night with Jimmy Fallon kabi shoularda jonli kuylandi.
„Wanderlust“ 2014-yil 31-martda Buyuk Britaniyada oltinchi singl sifatida chiqarildi.
Tur
2013-yil 8-iyulda The Weeknd The Kiss Land Fall Tour deb nomlangan Kiss Landni qoʻllab-quvvatlovchi Shimoliy Amerika boʻylab 29 kunlik gastrol safarini eʼlon qildi. Tur 6-sentyabrda 25-noyabrgacha davom etdi.
Tanqidiy qabul
Kiss Land asosan ijobiy sharhlar bilan kutib olindi. Professional nashrlarning sharhlariga 100 dan normallashtirilgan reytingni belgilaydigan Metacriticda albom 31 ta sharhga asoslanib, oʻrtacha 65 ball oldi. AnyDecentMusic? agregatori tanqidiy konsensusni baholashga asoslanib, 10 dan 6,5 ball berdi.
Tijoriy koʻrsatkichlar
Kiss Land birinchi haftada 95 000 nusxada sotilib, Billboard 200 roʻyxatida ikkinchi oʻrinda debyut qildi (oʻsha haftada birinchi oʻrinni egallagan Keith Urbanning Fuse albomidan atigi 2 000 nusxa kam). 2015-yil avgust holatiga koʻra, albom AQShda 273 000 nusxada sotilgan. 2019-yil 18-martda albom Amerika Qoʻshma Shtatlardagi 500 000 donadan ortiq albom ekvivalentlari sotuvi uchun Amerika Yozuv Sanoati Assotsiatsiyasi (RIAA) tomonidan oltin sertifikatga ega boʻldi.
Treklar roʻyxati
| № | Nomi | Muallif(lar) | Prodyuser(lar) | Davomiyligi |
|---|---|---|---|---|
| 1. | „Professional“ |
|
| 6:08 |
| 2. | „The Town“ |
| 5:07 | |
| 3. | „Adaptation“ |
| 4:43 | |
| 4. | „Love in the Sky“ |
| 4:30 | |
| 5. | „Belong to the World“ |
| 5:07 | |
| 6. | „Live For“ (feat. Drake) |
| 3:44 | |
| 7. | „Wanderlust“ |
| 5:06 | |
| 8. | „Kiss Land“ |
|
| 7:35 |
| 9. | „Pretty“ |
|
| 6:15 |
| 10. | „Tears in the Rain“ |
| 7:24 | |
| Jami davomiyligi: | 55:36 | |||
| № | Nomi | Muallif(lar) | Prodyuser(lar) | Davomiyligi |
|---|---|---|---|---|
| 11. | „Wanderlust“ (Pharrell Remix) |
| Williams | 5:05 |
| 12. | „Odd Look“ (Kavinsky qoʻshigʻi, feat. The Weeknd) |
| Sebastian | 4:12 |
| Jami davomiyligi: | 64:53 | |||
Xodimlar
Musiqachilar
- Brandon „Bizzy“ Holemon – gitara (2–9)
- Mejdi Rhars – qoʻshimcha vokal (9)
- Prince 85 – qoʻshimcha vokal (9)
Texnik
- Manny Marroquin – miksing (1–7, 9, 10)
- Mark „Spike“ Stent – miksing (5, 8)
- DaHeala – muhandis (1–3, 5–7, 10), ovoz yozish muhandisi (4, 5, 8, 9)
- Goggs – muhandis (1–3, 5–9)
- Chris „Tek“ OʻRyan – muhandis (6, 10), ovoz yozish muhandisi yordamchisi (4)
- DannyBoyStyles – ovoz yozish muhandisi
- Chris Galland – miksing yordamchisi (1–7, 9)
- Delbert Bowers – miksing yordamchisi (1–7, 9)
- Geoff Swan – miksing yordamchisi (5, 8)
- Matty Green – miksing yordamchisi (5, 8)
Chartlar
Haftalik chartlar
| Yil yakunlari boʻyicha chartlar
|
Sertifikatsiya
| Hudud | Sertifikatsiya | Sertifikatlangan birliklar/sotuvlar |
|---|---|---|
| Birlashgan Qirollik (BPI) | Kumush | 60,000 |
| Kanada (Music Canada) | Platina | 80,000 |
| Qoʻshma Shtatlar (RIAA) | Oltin | 500,000 |
- 2013-yil albomlari
- The Weeknd albomlari
- The Weeknd prodyuserligidagi albomlar
- Republic Records albomlari
- XO (yozuv leybli) albomlari