Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Abbosbek Sayidjon oʻgʻli Fayzullayev (2003-yil 3-oktyabr Sirdaryo viloyatida tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, İstanbul Başakşehir klubi va Oʻ

Abbosbek Fayzullayev

Abbosbek Sayidjon oʻgʻli Fayzullayev (2003-yil 3-oktyabr Sirdaryo viloyatida tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, İstanbul Başakşehir klubi va Oʻzbekiston futbol terma jamoasida yarim himoyachi ampulasida oʻynaydi.

Abbosbek Fayzullayev
Fayzullayev (2025-yil)
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Abbosbek Sayidjon oʻgʻli Fayzullayev
Tavallud sanasi 3-oktyabr 2003-yil (2003-10-03) (22 yosh)
Tavallud joyi Sayxunobod tumani, Sirdaryo viloyati
Boʻyi 1.67 m (5 ft 5 12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Vazni 60 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
İstanbul Başakşehir
Raqami 11
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2018—2020 Paxtakor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2021—2023 Paxtakor 32 (7)
2023—2025 SSKA Moskva 49 (6)
2025—h. v. İstanbul Başakşehir 12 (2)
Milliy terma jamoa
2020—2023 Oʻzbekiston U20 18 (6)
2021—2024 Oʻzbekiston U23 14 (3)
2023— Oʻzbekiston 30 (8)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2025-yil 4-fevral uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2025-yil 9-oktyabr uchun)

2023-yilda dunyoning eng yaxshi yosh futbolchisi nomiga daʼvogarlar roʻyxatiga kirgan.

Futbolchilik faoliyati

Ilk yillari

2003-yil 3-oktyabrda Sirdaryo viloyatida tugʻilgan. Paxtakor futbol akademiyasi bitiruvchisi. 2021-yilgacha Paxtakor klubi oʻrinbosarlar tarkibida harakat qilgan.

Paxtakor safida

Abbosbek Fayzullayev 2021-yilgacha Paxtakor klubi oʻrinbosarlar tarkibida harakat qildi. Paxtakor klubi oʻrinbosarlar tarkibida 21 ta oʻyin oʻtqazadi va 8ta gol kiritdi. 2021-yil muvaffaqiyatli oʻyinidan soʻng Paxtakor murabbiylar shtabi tomonidan asosiy jamoaga jalb etildi. Paxtakor safida birinchi mavsumida Oʻzbekiston Superligasida 6 ta, Oʻzbekiston Kubogida 1 ta va Osiyo chempionlar ligasida 2 ta oʻyin oʻtqazdi, maydonda umumiy hisobda 280 daqiqa harakat qildi.

2022-yilgi mavsum

2022-yilgi mavsumda Paxtakor safida Oʻzbekiston Superligasida 12 ta, Oʻzbekiston Kubogida 2 ta va Osiyo Chempionlar ligasida 3 ta oʻyin oʻtqazdi va 1 ta gol kiritdi. Umumiy hisobda maydonda 645 daqiqa harakat qildi.

SSKA Moskva

Abbosbek Fayzullayev 2023-yil 27-iyulda SSKA Moskva jamoasi bilan 3+1 shaklida shartnoma imzoladi. 19 yoshli Fayzullayev 500 ming yevroga transfer qilindi.

19-avgust kuni „Dinamo“ga qarshi oʻyinda (1:2) Fayzullayev 87-daqiqada zaxiradan maydonga tushib yangi klubida debyut qildi. 24-sentyabr kuni „Rostov“ga qarshi oʻyinda (3:3) SSKA Moskva jamoasi safida oʻzining birinchi golini kiritdi.

Terma jamoadagi faoliyati

 
Fayzullayev, 2024

Abbosbek Fayzullayev 2021-yil 30-oktabrda Bangladesh U-23 jamoasiga qarchi oʻrtoqlik oyiniga Temur Kapadze tomonidan jalb etildi va shu tariqa terma jamoadagi debyutini oʻtqazdi.

2022-yil Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan AFC U-23 Osiyo chempionati uchun Oʻzbekiston U23 yakuniy 23 ta futbolchidan iborat qaydnomasiga kiritildi. 2023-yilgi OFK U-20 Osiyo Kubogi uchun 20 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasiga chaqirildi va musobaqada eng yaxshi futbolchi boʻldi. Finalda Iroqqa qarshi oʻyinda u penaltidan gʻalaba qozonib, jamoasining 1:0 hisobidagi gʻalabasini taʼminladi, chunki jamoadoshi Umarali Rahmonaliyev penaltini golga aylantirib, Oʻzbekistonga 20 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi tarixidagi ilk chempionlikni taqdim etdi. Oʻz harakatlari bilan u turnirning eng futbolchisi oʻyinchisi deb topildi. 2023-yilning 6-iyun kuni Fayzullayev Oʻzbekiston terma jamoasi safida futbol boʻyicha Markaziy Osiyo chempionatida Ummonga qarshi oʻyinning 73-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgandi. Uch kundan soʻng u Tojikistonga qarshi guruh oʻyinida zaxiradan maydongga tushib, oʻzining terma jamoa safida birinchi xalqaro golini urdi, bu oʻyinda 5:1 hisobida gʻalaba qozondi. Turnir finalida Eronga qarshi oʻyinda magʻlub boʻldi. 2023-yilda Qatarda boʻlib oʻtayotgan Osiyo kubogida Hindiston ustidan 3:0 hisobidagi gʻalabada oʻz hissasini qoʻshdi.

Faoliyatidagi statistikasi

Klub safidagi statistikasi

2025-yil 12-iyul kungi holat.
Klub safida musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar statistikasi
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro Boshqa Jami
Divizion O'yinlar Gollar O'yinlar Gollar O'yinlar Gollar O'yinlar Gollar O'yinlar Gollar
Paxtakor 2021 Oʻzbekiston Superligasi 6 0 1 0 2 0 9 0
2022 Oʻzbekiston Superligasi 21 5 2 2 3 1 26 8
2023 Oʻzbekiston Superligasi 6 2 0 0 0 0 6 2
Jami 33 7 3 2 5 1 41 10
SSKA Moskva 2023–24 Rossiya Premyer-ligasi 22 4 10 1 32 5
2024–25 Rossiya Premyer-ligasi 27 2 12 1 39 3
2025–26 Rossiya Premyer-ligasi 0 0 0 0 1 0 1 0
Jami 49 6 22 2 1 0 72 8
İstanbul Başakşehir F.K. 2025–26 Turkiya Superligasi 12 2 3 1 2 0 17 3
Jami 12 2 3 1 2 0 17 3
Umumiy faoliyat statistikasi 94 15 28 5 7 1 1 0 130 21
Izohlar
  1. Osiyo Chempionlar Ligasidagi o‘yinlari
  2. Rossiya Superkubogidagi ishtiroki
  1. Includes Uzbekistan Cup, Russian Cup va Turkiya kubogi

Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi safida statistikasi

2025-yil 9-oktyabr holatiga koʻra
Milliy jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Oʻzbekiston 2023 8 2
2024 15 5
2025 7 1
Jami 30 8

Xalqaro

Fayzullayev tomonidan milliy terma jamoa safida kiritilgan gollar roʻyxati
Sana Stadion Raqib Gol Natija Musobaqa
1. 2023-yil 17-iyun Milliy Stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston   Tojikiston 4–1 5–1 CAFA Millatlar Kubogi 2023
2. 2023-yil 25-dekabr Al Maktoum Stadioni, Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari   Qirgʻiziston 1–0 4–1 Oʻrtoqlik oʻyini
3. 2024-yil 18-yanvar Ahmad bin Ali stadioni, Al Rayyan, Qatar   Hindiston 1–0 3–0 AFC Osiyo Kubogi 2023
4. 2024-yil 30-yanvar Al Janoub stadioni, Al Vakrah, Qatar   Tailand 2–1 2–1 AFC Osiyo Kubogi 2023
5. 2024-yil 14-noyabr Jassim bin Hamad stadioni, Doha, Qatar   Qatar 1–2 2–3 2026-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
6. 2–2
7. 2024-yil 19-noyabr Laos yangi milliy stadioni, Ventyan, Laos   Shimoliy Koreya 1–0 1–0
8. 2025-yil 25-mart Ozodiy stadioni, Tehron, Eron   Eron 2–1 2–2

Yutuqlari

Paxtakor

  • Oʻzbekiston Superligasi 2020, 2021, 2022
  • Oʻzbekiston Superkubogi 2021, 2022
  • Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2020
  • Oʻzbekiston kubogi fianlchi: 2021

CSKA

  • Rossiya kubogi sohibi: 2024-25
  • Rossiya Superkubogi sohibi: 2025

Oʻzbekiston

  • AFC U-20 Osiyo kubogi 2023 chempioni: 2023
  • AFC U-23 Osiyo kubogi 2022 Ikkinchi oʻrin: 2022

Individual

  • Oʻzbekiston eng yaxshi yosh futbolchisi: 2022
  • Oʻzbekiston eng yaxshi futbolchisi: 2023
  • AFC U-20 Osiyo kubogi eng yaxshi futbolchisi: 2023
  • AFC Osiyo kubogi turnirining eng yaxshi jamoasiga kiritilgan: 2023
  • Osiyoda yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2023
  • Rossiya Premer-ligasining mavsum kashfiyoti: 2023/2024

Unvon va mukofotlari

  • „Kelajak bunyodkori“ medali
  • 2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Yuqori