Dalvarzin kanali — Sirdaryoning oʻng sohilidagi sugʻorish kanali. Asosiy shoxobchalari bilan (Sul, Oʻng, Xasyoz) birgalikdagi uz. 67,5 km, shundan magistral kanal uz. 11,5 km. Suv oʻtkazish imkoniyati 45 m3/s. 1930 yilda qurilgan. Sugʻorish maydoni 53,2 ming ga, shundan 33,2 ming ga Oʻzbekistonda (Toshkent viloyati), 20 ming ga Tojikistonda. Kanalga suv Farhod GESning yuqori relyefidan oʻzi oqib chiqadi. Dalvarzin kanali asosan past joylar boʻylab qazilgan. D.k.ning oʻng shoxobchasi Oʻzbekiston va Tojikiston chegarasi boʻylab, janubidan shimolga qarab oqadi. 1929—30 yillarda qurilgan. Oʻz. 35 km. Suv oʻtkazish imkoniyati 18 m3/s. Sul shoxobchaning uz. 21 km. Boshlanish qismida (2 km) suv oʻtkazish imkoniyati 26 m3/s, undan quyida 16 m3/s.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- Toshkent viloyati kanallari
- Tojikiston geografiyasi