Umarali Rahmonaliyev (2003-yil 18-avgustda Oʻzbekistonda tugʻilgan) – oʻzbek futbolchisi, Ozarbayjonning „Sabah“ klubi ijara asosida, yarim himoyachi ampulasida oʻynaydi. Sabah jamoasi Umaralini „Rubin“ klubida bir yilga ijaraga ollgan.
![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Umarali Muammadali oʻgʻli Rahmonaliyev | ||
| Tavallud sanasi | 2003-yil 18-avgust | ||
| Tavallud joyi | Namangan Oʻzbekiston | ||
| Boʻyi | 1.70 m (5 ft 7 in) | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Sabah | ||
| Raqami | 33 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2016—2020 | Bunyodkor PFK | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2020—2022 | Bunyodkor PFK | 25 | (8) |
| 2020—2021 | Bunyodkor-2 | 5 | (0) |
| 2023—2025 | Rubin | 17 | (0) |
| 2025 | → Sabah | 29 | (0) |
| 2026— | Sabah | 0 | |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2022—2023 | Oʻzbekiston U20 | 13 | (2) |
| 2023—2024 | Oʻzbekiston U23 | 4 | (19) |
| 2024 | Oʻzbekiston Olimpiya | 3 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Futbolchilik faoliyati
Bunyodkor
„Bunyodkor“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi. 2020-yilda u 19 yoshgacha boʻlgan yoshlar jamoasida va klubning yoshlar jamoasida oʻynagan. U birinchi ligada klub oʻrinbosarlari uchun ham bir marta maydonga tushgan. 2021-yilda u 21 yoshgacha boʻlganlar jamoasida oʻynashda davom etdi. U 2021-yilning 13-avgust kuni „Metallurg“ga qarshi oʻyinda klubning asosiy jamoasi safida debyut qilgan. 2021-yilning 22-oktabr kuni „Turon“ klubiga qarshi oʻyinda u debyut golini kiritdi. Futbolchi oʻzining debyut mavsumida klub safida barcha musobaqalarda 6ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.
2022-yilgi mavsumga futbolchi klubning asosiy jamoasi bilan toʻliq tayyorgarlik koʻrgan edi. Birinchi oʻyin 2022-yil 3-mart kuni „Soʻgʻdiyona“ klubiga qarshi oʻtkazilgan. U mavsumdagi ilk golini 2022-yil 31-mart kuni Samarqandning „Dinamo“siga qarshi oʻyinda kiritgan. 2022-yilning 29-iyun kuni Toshkentning „Paxtakor“ klubiga qarshi oʻyinda u oʻzining ilk dublini qayd etgan. 2022-yilning yozida futbolchiga Rossiyaning „Rubin“ klubi qiziqayotgani haqida maʼlumot paydo boʻldi. 2022-yil avgust oyida Rossiya klubi futbolchini erkin agent sifatida oʻz safiga qoʻshib olganini eʼlon qilgan va u mavsumning qolgan qismini oʻzbek klubida oʻtkazadi. Mavsum davomida futbolchi klubning asosiy oʻyinchilaridan biri boʻlib, barcha musobaqalarda 8 ta gol urdi.
Rubin Qozon
2022-yil noyabr oyida Rossiyaning „Rubin“ klubi futbolchining klubga oʻtganini rasman eʼlon qildi va u bilan shartnoma 2026-yilning iyun oyi oxirigacha tuzilgan. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2023-yilning 1-yanvarida „Bunyodkor“ bilan shartnoma muddati tugaganidan soʻng ish boshlagan edi. U klubdagi debyutini 2023-yil 25-mart kuni Vladikavkazning „Alaniya“ klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi va maydonga asosiy tarkibda tushdi.
Milliy terma jamoa
2022-yilning sentyabr oyida futbolchi Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasi yigʻiniga yoʻl oldi. U Oʻzbekiston 19 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasi safida 2022-yilning 8-sentabr kuni Argentina terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan. U yoshlar terma jamoasidagi debyutini 2022-yilning 24-sentabr kuni Slovakiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazdi. U 2022-yilning 27-sentyabrida Slovakiyaga qarshi oʻtkazilgan ikkinchi oʻrtoqlik oʻyinida milliy terma jamoadagi debyut golini kiritdi.
2023-yilning mart oyida futbolchi Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi bilan birga 20 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatiga yoʻl olgandi. U turnirdagi ilk oʻyinini 2023-yil 1-mart kuni Suriya terma jamoasiga qarshi oʻtkazdi, u yerda futbolchi sardorlik bogʻichini bilan maydonga tushirdi. 2023-yil 4-mart kuni Iroqqa qarshi oʻtkazilgan navbatdagi oʻyinda u golli uzatmani amalga oshirdi. Terma jamoa bilan birgalikda u guruhda birinchi oʻrinni egalladi va pley-off bosqichiga chiqdi. 2023-yilning 11-martida boʻlib oʻtgan chorak final oʻyinida Avstraliya terma jamoasini penaltilar seriyasida magʻlub etib, turnirning yarim finaliga chiqdi. Shuningdek, avstraliyaliklarni magʻlub etib, futbolchi jamoasiga FIFA U-20 Jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishga yordam berdi. U 2023-yil 15-mart kuni Janubiy Koreya terma jamoasini yarim final uchrashuvida penaltilar seriyasida magʻlub etib, turnir finalchisiga aylandi. 2023-yil 18-mart kuni finalda Iroq terma jamoasini magʻlub etib, oʻyinda yagona va gʻalabali golni kiritib, Osiyo chempionati gʻolibi boʻldi.
Unvon va mukofotlari
- „Kelajak bunyodkori“ medali
Yutuqlar
Oʻzbekiston (U-20)
- AFC U-20 Osiyo Kubogi gʻolibi: 2023
Rubin
- Rossiya birinchi ligasi gʻolibi: 2022/2023
