Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

"Kichkina odamlar" — Hotam Fayziyev tomonidan „Oʻzbekkino“ milliy agentligining „Vatan“ kinostudiyasida 2007-yilda suratga olingan film. 3ta qisqa hajmli filmda

Kichkina odamlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kichkina odamlar
Rejissyor(lar) Hotam Fayziyev
Ssenariy
muallif(lar)i
Hotam Fayziyev
Abduqayum Yoʻldoshev
Rollarda Poʻlat Saidqosimov
Dias Rahmatov
Dilnoza Kubayeva
Alisher Uzoqov
Matyoqub Matchonov
Fathulla Masʼudov
Furqat Fayziyev
Boir Xolmirzayev
Muhammadjon Rahimov
Gavhar Sharipova
Baxtiyor Ixtiyorov
Bastakor(lar) Mustafo Bafoyev
Operator(lar) Najmiddin Gʻulomov
Alisher Umrzoqov
Montajyor(lar) Olga Morova
Distribyutor Vatan kinostudiyasi
Premyera
sanasi
Oʻzbekiston bayrogʻi Toshkent, 2007-yil
Davomiylik 78 daqiqa.
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til Oʻzbek tilida

"Kichkina odamlar" — Hotam Fayziyev tomonidan „Oʻzbekkino“ milliy agentligining „Vatan“ kinostudiyasida 2007-yilda suratga olingan film. 3ta qisqa hajmli filmdan iborat: „Kutilmagan omad“, „Hazil“ va „Kichkina odamning katta tanishi“

Filmlar

Kutilmagan omad

Gʻoziboy shaharda lotereyadan avtomobil yutib oladi. Bu yutuq uni toʻgʻri yoʻlga sololmayotgan ota-onasi va akasiga juda qimmatga tushadi.

Rollarda

Hazil

Sodiq ismli kirakash oʻz doʻstini gʻirt mast holda koʻchada uxlab yotganini koʻrib, hazillashmoqchi boʻladi va uning tilla taqinchoqlarini yechib oladi. Doʻsti undan tilla buyumlarni topishda yordam berishini soʻraydi. Bunga rozilik bergan Sodiq kutilmaganda Qamchiq dovonida nomaʼlum shaxslar tomonidan oʻldirib ketiladi. Yonidan doʻstining tilla buyumlari militsiya xodimlari tomonidan topiladi.

Rollarda
  • Muhammad Rahimov – Sodiq
  • Oʻtkir Mengliyev – Sodiqning doʻsti
  • Furqat Fayziyev – yoʻlovchi
  • Boir Xolmirzayev – yoʻlovchi
  • Gavhar Sharipova – Sodiqning ayoli

Kichkina odamning katta tanishi

Mixliboy uzoq yillar qishloqdagi maktabda oʻqituvchilik qilib, nafaqaga chiqqan. Bir kuni oʻquvchilaridan biri — Xolboyning „shaharda katta mansabdor boʻlib ketgani“ haqidagi gap qishloqda tarqaladi. Qishloq ahli Mixliboyning oldiga oʻquvchisidan yordam soʻrab berishini iltimos qilib, koʻplab xatlar bilan kelishadi. U xatlarni va sovgʻalarni olib, Xolboyning oldiga boradi. Xolboy esa oʻz ustozini tanimaydi.

Rollarda
  • Dias Rahmatov – Mixliboy
  • Matyoqub Matchonov – Xolboy
  • Fathulla Masʼudov – Mixliboyning oʻgʻli
  • Oybek Odilov – Mixliboyning oʻgʻli
Yuqori