Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Matyoqub Matchonov (1956-yil 26-noyabr, Toshkent, OʻzSSR) — oʻzbek teatr va kino aktyori. Oʻzbekiston kino arboblari ijodiy uyushmasi raisi. Doʻstlik ordeni ham

Matyoqub Matchonov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Matyoqub Matchonov
Матёқуб Матчонов
Tavalludi 1956-yil 26-noyabr (1956-11-26) (69 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Faoliyat yillari 1982-yildan hozirgacha
Mukofotlari ,

Matyoqub Matchonov (1956-yil 26-noyabr, Toshkent, OʻzSSR) — oʻzbek teatr va kino aktyori. Oʻzbekiston kino arboblari ijodiy uyushmasi raisi. Doʻstlik ordeni hamda Ozbekiston xalk artisti unvoni sohibi. Oʻzbekiston Oskar qoʻmitasi aʼzosi. „Leganda o lyubvi“ (1984), „Snayper“ (2019) va „Toʻqlikka shoʻxlik 2“ (2015) filmlari bilan tanish.

Hayoti

Matyoqub Matchonov 1956-yil, 26-noyabrda Toshkentda tavallud topgan. U maktabni tugatib aktyor boʻlish orzusida Toshkent teatr va rassomchilik oliygohiga kirgan. Ilk bor 1980-yilda suratga olingan „Dahoning yoshligi“ filmida suratga tushgan. Oʻqishni tugatib faoliyatini 1985-yilda „Yosh Gvardiya“ nomidagi teatrida boshlagan. Aktyor sifatida „Bozor koʻrmagan yigit“ filmida rolidan keyin u komik aktyor sifatida muxlislarning eʼtiborini qozongan.

2021-yil O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi, Kinematografiya agentligi tomonidan o‘tkazilgan „Oltin humo“ taqdimotiga mehmon sifatida chaqirilgan va marosim ochib berilishida qatnashgan. Jurnalistlar Matchonovdan nega rejissorlikka qoʻl urmaganligi haqida soʻrashganida rejissorlik qilishdan ko‘ra rol o‘ynash u uchun zavqliroq ekanligini aytgan. Rustam Sa’diyev, Javlon Shodmonov, Jahongir Ahmedovlar Matchonovni o‘zbek kinosining 2016-yillardagi tomoshabinni kinoga chaqiruvchi, eng qimmat va talabgir aktyorlar orasiga qoʻshishgan. „Eʼtirof-2014“ taqdirlash marosimida „Yilning eng yaxshi kinoaktyori“ nominatsiyasida Matchonov daʼvogarlik qilgan.

XIV Toshkent xalqaro kinofestivalida boʻlgan mojaroda, o‘zbek ayollari va qizlarining turk aktyori Burak Özçivit bilan ko‘rishib, rasmga tushish uchun qilgan ishlarini Matchonov keskin tanqid qildi hamda „Burakning tuflisini yalashga tayyor bo‘lgan ayollarimizni ko‘rib, achindim“ degan mazmundagi videolari ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Filmografiyasi

Yil Nomi Original nomi Rol
1982 f Yunost geniyaBin safar
1983 f ProbujdeniyeErgash
1984 f Olovli yo‘llar Original nomi berilmagan
1985 f Proshay, zelen letaepizod
1987 f Pered bolshoy dorogoy na voynuZiyautdinov
1988 f Priklyucheniya ArslanaTaran
1989 f Sherali va Oybarchin Original nomi berilmagan
1990 f Ubiysa ponevole Original nomi berilmagan
1991 f Temir odam Original nomi berilmaganepizod
1991 f Polunochniy blyuzepizod
2004 f SarmatAyubxan
2006 f Sugʻdiyona Original nomi berilmagan
2008 f Shabnam Original nomi berilmaganShabnamning otasi
2009 f Uylanish Original nomi berilmaganMahmud: Javohirning xoʻjayini, Durdonaning otasi
2009 f Oʻzimdan oʻzimgacha Original nomi berilmagan
2009 f Zirapcha Original nomi berilmaganErgash
2009 f Keragimsan Original nomi berilmagan
2010 f Dada Original nomi berilmagan
2010 f Dada Original nomi berilmagan
2011 f Oling quda, bering quda Original nomi berilmagan
2011 f Arzanda Original nomi berilmagan
2011 f Mening akam boʻydoq Original nomi berilmaganShamshodning dadasi
2011 f Devona farishta Original nomi berilmagan
2012 f Xizmat doirasidan tashqarida Original nomi berilmagan
2012 f O, Maryam, Maryam Original nomi berilmagan
2012 f Xazon Original nomi berilmagan
2012 f Endi dadam boʻydoq Original nomi berilmaganShamshodning dadasi/Botir
2013 f Tilim qursin Original nomi berilmagan
2013 f Toʻqlikka shoʻxlik Original nomi berilmagan
2013 f Vafodorim Original nomi berilmagan
2013 f Kuyovmisan kuyov Original nomi berilmagan
2015 f Sotqin Original nomi berilmagan
2015 f Toʻqlikka shoʻxlik 2 Original nomi berilmagan
2016 f Majnun Original nomi berilmagan
2017 f Egizak oshiqlar Original nomi berilmagan
2017 f Onasining erkasi Original nomi berilmagan
2017 f Ketaman dedimmi, ketaman Original nomi berilmagan
2018 f Asal oyi Original nomi berilmagan
2018 f Sarvqomat dilbarim Original nomi berilmagan
2019 f Islomxoʻja Original nomi berilmagan
2019 f Snayper Original nomi berilmagan
2019 f Super xizmatkor Original nomi berilmagan
2019 f Avloniy Original nomi berilmagan
2017 f Isʼhoqxon Ibrat Original nomi berilmagan
2022 f Ayol qismati Original nomi berilmagan
2022 f Afv Original nomi berilmagan

|-

| rowspan= | 2026 | align="center" | f | | Farz || Sobir aka

Mukofot va unvonlari

Matchonov „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“ unvoni hamda 2016-yili Doʻstlik ordeni bilan taqdirlangan. „CinemaTop-2020“ taqdirlash marosimida Matchonov „Ijtimoiy faolligi uchun“ nominatsiyasiga loyiq koʻrildi. 2019-yil „Oltin humo“ milliy kinotaqdimotining saralash komissiyasi raisi boʻlgan. 2026-yil 28-mayda Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Javobgarlikka tortilishi

Matchonov rahbarlik qiladigan „Marsa“ tijorat tashkilotidagi soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, savdo qoidalarini buzish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan mahsulotlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tashish, saqlash kabi ayblovlar qo‘yilgandi. Bundan tashqari, odamlar orasida Matchonovning mashinasidan nasha topilgani haqidagi mish-mishlar ham boʻlgandi. Aktyor o‘ziga qo‘yilgan ayblarni tan olmadi. Biroq, Matchonov va „Marsa“ xodimlari 180 mln so‘mlik kamomadni qoplab bergan va shu yili 4-avgustda qamaldi. Oradan koʻp oʻtmay, 31-oktyabr kuni Matchonovga Oʻzbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligi munosabati bilan eʼlon etilgan amnistiya qoʻllanilib, ozodlikka chiqarildi.

Yuqori