| Burak Özçivit | |
|---|---|
![]() Burak Özçivit | |
| Tavalludi | 1984-yil 24-dekabr Istanbul, Turkiya |
| Fuqaroligi | Turkiya |
| Taʼlimi | Marmara Universiteti |
| Kasbi |
|
| Faoliyat yillari | 2003-yildan hozirgacha |
| Turmush oʻrtogʻi | Fahriye Evcen (turm. 2017) |
| Bolalari | 2 |
Burak Özçivit (1984-yil 24-dekabrda tugʻilgan) — turkiyalik aktyor va model. U oʻzining „Choliqushi“ „Sevgi iztirobi“ filmlaridagi rollari shuningdek, „Hukmdor Usmon“ tarixiy turk teleserialidagi Usmon Gʻozi roli bilan tanilgan.
Biografiyasi
Burak Özçivit 1984-yil 24-dekabrda Istanbulda tugʻilgan. Otasi — Bülent Özçivit va onasi — Ceyhan Özçivit shuningdek, Burçun Özçivit ismli singlisi bor. U Marmara universitetining Tasviriy san’at fakultetini tamomlagan. Burak Özçivit 2018-yilda 'Yilning eng yaxshi erkak aktyori" mukofotini qoʻlga kiritdi.
Faoliyati
2003 — yilda Burak Özçivit Turkiyaning eng yaxshi modeli tanlovida gʻolib boʻdi va shundan soʻng bir nechta modellik agentliklari bilan ishlay boshladi. 2005-yilda aktyor modellik tanlovi boʻyicha xalqaro miqyosda 2-oʻrinni egalladi. Özçivitning aktyorlik faoliyati 2006-yilda Eksi 18 serialida Murat roli bilan boshlangan. 2007-yilda „Musallat“ nomli kinofilmda Suat obrazini, 2008-yilda esa „Baba Ocağı“ nomli serialda Güven obrazini gavdalantirgan. Burak 2011-2013-yillar oraligʻida „Muhtasham yuz yil“ serialida Malkoçoğlu Balibey obrazini ijro etgan.
Choliqushi, 2013
Turkiyaning mashhur yozuvchilaridan biri Rashot Nuri Guntekinning „Choliqushi“ romanidagi bosh roʻl — Kamron obrazini ijro etadi. Bu roʻlda u yosh, kelishgan shifokor boʻlib oʻzining amakivachchasi boʻlgan Feride ismli qizga oshiq boʻladi. Burak Özçivit bu serialdagi roli tufayli 4 ta mukofotni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, u Netflix tomonidan „Lovebird“ nomi bilan sotib olingan va Isroil, Eron, Serbiya, Bolgariya, Rossiya, Ukraina va Qozogʻiston kabi koʻplab mamlakatlarda tarjima qilinib, efirga uzatilgan.
Sevgi iztirobi, 2017-2018
Aktyorning karyerasidagi eng muvafaqiyatli roʻli hisoblangan bu serialda Kemal Soydere obrazida mashhur aktrisa Neslihan Atagül bilan birga bosh roʻlda oʻynaydi. „Kara Sevda“ turkchada „sevgining eng yuqori darajasi, juda kuchli hamma narsani isteʼmol qiluvchi tuygʻu“ degan maʼnoni anglatadi. Shu sababli, Ay Yapim prodyuserlik kompaniyasi serial nomini ingliz tiliga „Endless Love“ deb tarjima qildi. Koʻpgina epizodlarda cheksizlik belgisiga ishora mavjud. Ushbu serial 2017-yil 20-noyabrda „Yilning eng yaxshi telenovellasi“ nominatsiyasida Emmy mukofotiga sazovor boʻlgan, 110 mamlakatda efirga uzatilgan va 50 tilga tarjima qilingan.
Hukmdor Usmon, 2019-2025
Burak bosh rolni ijro etgan „Hukmdor Usmon“ serialining birinchi mavsumi 2019-yil 20-noyabrda Turkiyada efirga uzatildi. Serial tarixiy, jangovar, sarguzasht, fantastik va drama janridagi film boʻlib Usmonli sulolasining vorisi Usmon Gʻozi haqida hikoya qiladi. Bu serial ham tele ekranlarda tezda mashhurlikka erishadi va 35 ta davlat, jumladan Pokiston, Albaniya va Tunis sotib oladi va 10ta mukofotga sazovar boʻladi.
Shaxsiy hayoti
2015-yilda Choliqushi serialdi Feride roʻlini ijro etgan aktrisa Fahriye Evcen bilan munosabatlari boshlandi. Ular 2017-yil 29-iyunda turmush qurishdi. 2019-yil 13-aprelda oʻgil farzandli boʻlishdi va Karan ismini qoʻyishdi. Keyinchalik ikkinchi oʻgʻli 2023-yil 18-yanvarda dunyoga keldi va unga Kerem deb ism qoʻyishdi.
- 24-dekabrda tugʻilganlar
- 1984-yilda tugʻilganlar
- Turk modellari
- Turkiyalik aktyorlar
- Istanbulda tugʻilganlar
