| Dilnoza Kubayeva | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | Dilnoza Kubayeva Oqilbekovna 1986-yil 22-noyabr Toshkent, Oʻzbekiston |
| Fuqaroligi | |
| Kasbi | aktrisa |
| Faoliyat yillari | 2004 — hozirgi vaqtgacha |
| Mukofotlari |
|
Dilnoza Oqilbekovna Kubayeva (1986-yil 22-noyabrda tugʻilgan) — oʻzbek teatr va kino aktrisasi va qoʻshiqchisi. Oʻzbek milliy akademik drama teatri aktrisasi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist. Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan artist. Kubayeva zamonaviy oʻzbek kinolarida rol oʻynab shuhrat qozondi. Kubayeva Kelgindi kelin, Telba Kechikkan hayot, Farzandim, Hijron va Koʻrgim keladi filmlarida oʻynagan rollari bilan koʻpchilikning eʼtiboriga tushdi. 2008-yildan 2010-yilgacha oilaviy muammolar sabab Kubayeva aktrisalikni toʻxtatdi. 2011-yil yana kinoga qaytdi.
Biografiyasi
Dilnoza Kubayeva Oqilbekovna 1986-yil 22-noyabrda Toshkent shahrida ziyoli oilada dunyoga kelgan. 1993-1996-yillarda u Toshkent shahar Yashnabod tumanidagi 255-oʻrta maktabning, 1996-2000-yillari Sirgʻali tumanidagi 3-oʻrta maktabning, 2000-2003-yillarda Alisher Navoiy Nomidagi Respublika „Nafis sanʼat“ lisseyining oʻquvchisi boʻlgan. 2003-2007-yillari Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat institutining (dramatik teatr va kino aktyorligi sanʼati boʻlimi) talabasi. Bakalavr darajasi berilgan. 2007-yildan Oʻzbek milliy akademik drama teatrida aktyorlik vazifasida ishlab keladi. 2010-yil „Ozbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni, shu yilning oʻzida „Eng ulugʻ, eng aziz“ Respublika koʻrik tanlovida 2-oʻrin bilan, 2012-yil „Shuhrat“ medali" va 2021-yil „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi“ kabi mukofotlar va estalik nishonlari bilan taqdirlandi. 2009-yili turmush oʻrtogʻi vafot etgan. Farzandi — Ahmadaliyev Muhammadamin 2009-yil 28-martda Toshkent shahrida tugʻilgan. Dilnoza Kubayeva nufuzli davlat tadbirlarida, taqdirlash marosimlari, madaniy-maʼrifiy kechalar hamda taniqli xonandalarning konsert dasturlarida davrani olib boruvchi sifatida ham faol ishtirok etib keladi.
Faoliyati
Teatrdagi debyut roli 2004-yilda sahna yuzini koʻrgan „Andishali kelinchak“ spektakli boʻlsa, kinodagi debyuti 2005-yilda katta ekranlarda namoyish etilgan Taqdir charxpalagi filmidir.
Filmografiyasi
Filmlar
| Yil | Film | Rol | Izoh |
|---|---|---|---|
| 2005 | Taqdir charxpalagi | Laylo | |
| Kelgindi kuyov | Rayhonning yoshligi | Epizod | |
| 2006 | Kelgindi kelin | Charos | |
| 2007 | Advokatlar | Oydin | |
| Zumrad va Qimmat | Qimmat | ||
| Jazo | Zilola | ||
| 2008 | Telba | Robiya | |
| Sehrli uzuk | Farangiz | ovoz bergan Farangizga (Kaniza) | |
| Kichkina odamlar | Zarifa | ||
| Afyun girdobi | |||
| 2010 | Hijron | Mahfuza | |
| Oʻgʻrigina kelin | Sayyora | ||
| Yuzma-yuz | Feruza | ||
| Kechikkan hayot | Shahodat | ||
| 2011 | Er bermoq — jon bermoq | Durdona | |
| Kelganda kelin 2: Anjancha muhabbat | Goʻyo | ||
| Farzandim | Nasiba | ||
| 2012 | Baxt uyi | Malika | |
| 2013 | Farzandim 2 | Nasiba | |
| Sensiz | Malika | ||
| 2014 | Koʻrgim keladi | Ziyoda Aliyeva | |
| 2016 | Baron | Izzatning ayoli | |
| Er bermoq — jon bermoq 2 | Durdona | ||
| Baron 2: Sogʻinch | Izzatning ayoli | ||
| Aldangan farishtalar | Jurnalist qiz | ||
| Isnod | Jamila | ||
| 2018 | Vasiyat | Fotima | |
| Merosxoʻr | Ona | ||
| 2019 | Said bilan Saida | Mayor ayol | |
| Yolgʻiz boʻri | Zamira | ||
| 2020 | Oʻzbekcha ajrashish | Mahalla raisi |
Teleseriallar
| Yil | Serial | Rol |
|---|---|---|
| 2005 | Qadah | Mohinur |
| 2008 | Kaminaning oilasi | Bahora |
| 2008 | Muhabbatim-qismatim | Malika |
| 2010 | Mehribonginam | Tabassumxon |
| 2018 | Omonat | Mastura |
| 2020 | Sevgi | Jamila |
Kliplar
| Qoʻshiq | Qoʻshiqchi |
|---|---|
| „Yomgʻir“ | Shohjahon Joʻrayev |
| „Tut qoʻlimdan“ | Yulduz Usmonova |
| „Dilozor“ | Gulsanam Mamazoitova |
| „Sevgi“ | Via Marokand |
| „Farishtam“ | Shuhrat Zokirov |
Spektakllar
| Yil | Spektakl | Rol |
|---|---|---|
| 2005 | Andishali kelin | Kelin — Olmaxon |
| 2006 | Omonat dunyo | Zulayho |
| 2007 | Birqanotlilar | Nilufar |
| 2008 | Bevalar | Dildora |
| 2010 | Sizsiz oʻtmas kunlarim | Iroda |
| 2010 | Rustam | Qumri |
| 2010 | Ogoh boʻling, odamlar | Mavjuda |
| 2011 | Omon boʻlgin azizim | Mehmon ayol |
| 2015 | Oʻtkan kunlar | Kumushbibi |
| 2014 | Uyqusiz kecha | Shoira |
| 2013 | Senga bir gap aytaman | Jurnalist qiz |
| 2015 | Quyoshni sen uygʻotasan | Shabnam |
| 2016 | Alisher Navoiy | Guli |
| 2016 | Mirza Ulugʻbek | Firuza |
| 2017 | Oʻjarlar | Qorakoʻz |
| 2017 | Semurgʻ | Semurgʻ |
| 2007 | Hasrat bogʻi | Kotiba |
| 2008 | Uvaysiy | Poshaxon |
| 2012 | Mehr-u muhabbatli sakkiz ayol | Syuzon |
| 2018 | Abay | Hojar |
| 2018 | Keldi-yu ketti | Humora |
| 2019 | Oʻn ikki oy | Oʻgay qiz |
| 2020 | Boborahim Mashrab | Tamara |
- 22-noyabrda tugʻilganlar
- 1986-yilda tugʻilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar
- Oʻzbekiston belgisi nishoni sohiblari
- Shuhrat medali sohiblari
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekistonlik aktrisalar
- Oʻzbekistonlik ayol qoʻshiqchilar
- Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar
