| Yazid III arabcha: يزيد بن الوليد | |||||
|---|---|---|---|---|---|
| |||||
![]() Yazid III nomi tushirilgan dirham | |||||
| umaviylar xalifaligining 12-xalifasi | |||||
| Saltanat | 744-yil 17-aprel – 744-yil 4-oktyabr | ||||
| Oʻtmishdoshi | Volid ibn Yazid | ||||
| Davomchisi | Ibrohim ibn al-Volid | ||||
| Tugʻilishi | 701-yil Damashq, Bilod ash-Shom, Umaviylar xalifaligi | ||||
| Vafoti | 744-yil 4-oktyabr (43 yoshda) Damashq, Umaviylar xalifaligi | ||||
| |||||
| Uy | Marvoniylar | ||||
| Sulola | Umaviylar | ||||
| Otasi | Al-Volid I | ||||
| Onasi | Shohi Afrid binti Peroz | ||||
| Dini | Islom | ||||
Yazid ibn al-Volid ibn Abdulmalik (arabcha: يزيد بن الوليد بن عبد الملك) (701-yil – 744-yil 3/4-oktyabr), asosan, Yazid III nomi bilan tanilgan oʻn ikkinchi Umaviylar xalifasi. 744-yildan vafotiga qadar hukmronlik qilgan.
Tavalludi va oilasi
Yazid nufuzli Umaviylar sulolasining vakili edi. Otasi al-Validning Yaziddan tashqari bir qancha oʻgʻillari boʻlgan. Al-Yaʼqubiy ulardan oʻn olti nafarining, tarixchi at-Tabariy (vafoti: 923) oʻn toʻqqiz nafarining ismlarini keltirib oʻtgan. Yazid III Umaviylarning buyuk xalifasi Abdulmalikning nevarasi edi. Buvisi Vallada binti al-Abbos ibn al-Jaz al-Absiyya boʻlgan.
Yazid xalifa Volid I ga kanizak sifatida yuborilgan fors malikasi, Peroz III ning qizi Shohi Afridning oʻgʻli edi.
Tarixchi Tabariy Yazidni baland boʻyli, kelishgan inson deya taʼriflagan.
Al-Volidning taxtdan qulashi
Amakivachchasi al-Volid II ning hukmronligi davrida Yazid Volidning axloqsiz harakatlariga qarshi chiqqan, oʻsha vaqtda al-Volid Banu Qays arablarini qoʻllab, yamanliklar va arab boʻlmagan musulmonlarni kamsitgan edi. Yazidni esa bu yoʻlda Qadariya va Murjiiya tarafdorlari qoʻllab-quvvatlagan. Yazid Damashq hududiga yashirin yoʻl bilan kirib, davlat toʻntarishi orqali Volidni taxtdan agʻdargan va buning ortidan gʻaznadagi mablagʻlarni tarqatib yuborgan.
Yazidning oʻzi tomonidan keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, u Volidni kutib olishi uchun Abdulaziz ibn al-Hajjoj ibn Abdulmalikni al-Baxraga yuborgan. Abdulaziz saltanat kelajagini hal etish maqsadida qabila majlisi (shoʻro) tashkil qilishni taklif qilgan. Volid esa bu taklifni rad etgan va unga qarshi hujum ushutirgan, biroq oʻzi tomonidan uyushtirilgan aynan shu hujum oqibatida halok boʻlgan. Yazid Volidning boshini nayzaga osib, Damashq atrofida aylanib yurgan. Shundan keyin Volidning oʻzi tomonidan merosxoʻr sifatida belgilagan oʻgʻillari Usmon va Hakamni ham qamoqqa tashlagan.
Hims shahri Yazidga bay’at qilishdan bosh tortgan, shuningdek, unga nisbatan yana bir qancha qarshi harakatlari ham bor edi. Yana bir amakivachchasi, Armaniston hokimi Marvon ibn Muhammad ibn Marvon Volidni qoʻllab-quvvatlagan, Volidning vafotidan keyin esa qasos olish maqsadida Iroqqa kirib borgan. Oxir-oqibat, Yazidning atrofida yigʻilgan.
Hukmronligi
Yazid Yusuf ibn Umarning oʻrniga Mansur ibn Jumhurni Iroq hokimi etib tayinlagan. Keyinchalik, Yusuf ibn Umar qamoqqa tashlangan va Xolid ibn Abdulloh al-Qasriyning oʻgʻli tomonidan oʻldirilgan. Mansur ibn Jumhur Xuroson hokimi Nasr ibn Sayyorni ishdan boʻshatmoqchi boʻlgan, biroq Nasr buni qabul qilmagan. Juday al-Kirmoniyning qarshiliklariga duch kelgan Nasr ibn Sayyor 13 yildan beri Turkash xoqonligida yashab kelayotgan Horis ibn Surayjni ortga qaytishga taklif qildi. Al-Horis xoqon tomonidan berilgan qurol-aslahani kiyibgan holda qaytib keldi va Xurosonda koʻplab kishilarning uni qoʻllab-quvvatloviga erishgan.
Oʻlimi
Yazid Umaviylar xalifaligini 744-yil apreldan 744-yil 4-oktyabrgacha boshqargan. Ukasi Ibrohim ibn al-Volidni oʻzidan keyin xalifalik taxti uchun voris qilgan. Yazid miya shishi bilan kasallanib, 744-yilning 3 yoki 4-oktyabr sanasida vafot etgan. Oʻlimidan keyin ukasi Ibrohim hokimiyatga oʻtirgan.
Yana qarang
- Umar ibn al-Volid, Umaviylar shahzodasi va harbiy boshliq.
- Abdulaziz ibn al-Volid, Umaviylar shahzodasi va harbiy boshliq.
- Al-Abbos ibn al-Volid, Umaviylar shahzodasi va harbiy sarkarda.
- Bishr ibn al-Volid, Umaviylar shahzodasi va harbiy sarkarda.
- Sulaymon ibn Hishom, Umaviylar sarkardasi va Yazid III ning amakivachchasi.
- Qirollik bilgiqutisida nomaʼlum parametrlar qoʻllangan sahifalar
- Ummaviylar
- 701-yilda tugʻilganlar
- 744-yilda vafot etganlar
- 8-asr Umaviy xalifalari
