Pech, (rus), pechka — xonalarni isitish yoki materiallar (buyumlar)ga issiqlik ishlovi berish uchun moʻljallangan qurilma. Qoʻllanish sohasiga koʻra, sanoat va uy-roʻzgʻor P.lariga, vazifasiga koʻra, eritish, qizdirish, kuydirish, quritish, isitish, qandolatpazlik, nonvoychilik va boshqa xillarga boʻlinadi. P.larni qizdirish usuli ham turlicha: alangali (metodik, ikki vannali va boshqalar), elektr (yoyli, induksion va boshqalar), plazmali, elektron-nurli va optik P.lar bor. Asosiy qismlari: issiqlik generatori (issiqlik ajratib beradi), ish boʻlmasi (material yoki buyum turadi), issiqlik olgich (material yoki buyumni sovitadi), yonilgʻi yoki elektr energiyasi keltiradigan qurilma, moʻrkon, P. ishini avtomatik boshqarish tizimi (sanoat P.larida), poydevor, devor va P.ga xizmat koʻrsatish maydonchasi. P. maxsus olovbardosh pishiq gʻisht va metalldan quriladi. P. sanoatning koʻp tarmoqdarida, uy-roʻzgʻorda, jamoat binolarida qoʻllanadi.
Pech, (rus), pechka — xonalarni isitish yoki materiallar (buyumlar)ga issiqlik ishlovi berish uchun moʻljallangan qurilma. Qoʻllanish sohasiga koʻra, sanoat va