| Toʻti Yusupova | |
|---|---|
| Tavalludi | 10-mart 1936-yil Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
| Vafoti | 15-mart 2022-yil (85 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston |
| Fuqaroligi | |
| Turmush oʻrtogʻi | Mirgʻiyos Soatov |
| Mukofotlari |
|
Toʻti Yusupova (10-mart 1936-yil, Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR — 15-mart 2022-yil, Toshkent, Oʻzbekiston) — Oʻzbekiston xalq artisti (1994). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1957). Oʻzbek milliy akademik drama teatri aktrisasi (1957—2022). Hafiza (A.Qahhor, „Shohi soʻzana“), Sonya (A.Chexov, „Vanya togʻa“), Qorasoch (Uygʻun, „Shubha“), Hojar (A.Qahhor, „Tobutdan tovush“), Nuri (Oybek, „Qutlugʻ qon“), Ona (Eʼ Robles, „Oʻlimdan kuchli“), Xonzoda (Hamza, „Boy ila xizmatchi“), Shafaq (M. Karim, „Oy tutilgan tunda“), Rahima (Oʻ. Umarbekov, „Komissiya“), Sotti (S.Ahmad, „Kelinlar qoʻzgʻoloni“), Fotima, Zebi (Oʻ.Umarbekov, „Shoshma quyosh“, „Qiyomat qarz“), Nodira (T.Toʻla, „Nodira“), Mastura (Hamza, „Paranji sirlari“) kabi turli qaxramonlar obrazini yaratdi. Qahramonlari xarakterining ijtimoiy va psixologik jihatlarini chuqur ocha bilish, ularni ruhiy goʻzallik va hayotbaxshlilik ruhi bilan taʼminlash, obraz mohiyatini muhit bilan uzviylikda olib borish Yu. ijodiga xos. „Qalliq oʻyin“ (Qizbibi), „Eski zamon hangomalari“ (Buvi) kabi filmlarda ham suratga tushgan.
- 10-martda tugʻilganlar
- 1936-yilda tugʻilganlar
- Samarqandda tugʻilganlar
- 15-martda vafot etganlar
- 2022-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- El-yurt hurmati ordeni sohiblari
- Fidokorona xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston xalq artistlari
- Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artistlar
- Aktyorlar haqidagi chala maqolalar
- Oʻzbekistonlik aktrisalar
- Toshkent sanʼat instituti bitiruvchilari