| Joʻrayev Turob Ikromovich | |
|---|---|
| 11-Samarqand viloyati hokimi | |
| Mansab davri 2017-yil 13-iyun – 2018-yil 11-iyulgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Himmat Oqboʻtayev |
| Vorisi | Erkinjon Turdimov |
| 6-Qashqadaryo viloyati hokimi | |
| Mansab davri 2011-yil – 2013-yilgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Nuriddin Zayniyev |
| Vorisi | Zafar Roʻziyev |
| 6-Surxondaryo viloyati hokimi | |
| Mansab davri 2008-yil – 2011-yilgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Abdulhakim Eshmurodov |
| Vorisi | Normoʻmin Choriyev |
| 3-Oʻzbekiston xalq taʼlimi vaziri | |
| Mansab davri 2003-yil – 2008-yilgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Risboy Joʻrayev |
| Vorisi | Gʻayrat Shoumarov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1966-yil 22-fevral Jarqoʻrgʻon tumani, Surxondaryo viloyati, OʻzSSR |
Turobjon Joʻrayev (1966-yil 22-fevral, Surxondaryo viloyati, Jarqoʻrgʻon tumani) — Samarqand viloyati hokimi (2017—2018), Bekobod tumani hokimi (2017), Qashqadaryo viloyati hokimi (2011—2013), Surxondaryo viloyati hokimi (2008—2011).
Tarjimai holi
- 1981-1984 - Qashqadaryo viloyati Usmon Yusupov tumanidagi taʼmirlash ustaxonasida chilangar.
- 1984-1990 — Toshkent xalq xoʻjaligi instituti talabasi.
- 1990-1997 - Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida buxgalteriya hisobi, xoʻjalik faoliyatini nazorat va tahlil qilish kafedrasi assistenti, audit kafedrasi aspiranti, dotsenti.
- 1997-1998 - Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti hisob, tahlil va kredit kafedrasida tadqiqotchi.
- 1998-2003 — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari.
- 2003-2008 — Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi.
- 2008-2011 — Surxondaryo viloyati hokimi.
- 2011-2013 — Qashqadaryo viloyati hokimi.
- 2013-2017 — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kafedra mudiri.
- 2017-yil 16-aprelda Toshkent viloyati Bekobod tumani hokimi etib tayinlangan. Shu yilning 13-iyun kuni Samarqand viloyati hokimi etib tayinlandi. 11-iyulda ishdan boʻshatildi.
- Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167- („oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish“), 206- („hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chiqish“), 210- („pora olish“) va 243- („jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish“) moddalari bilan aybdor deb topilgan hamda 13 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Turkumlar::
- 22-fevralda tugʻilganlar
- 1966-yilda tugʻilganlar
- Jarqoʻrgʻon tumanida tugʻilganlar
- Oʻzbekistonlik shaxsiyatlarga oid chala maqolalar
- Oʻzbekiston viloyatlari hokimlari
- Samarqand viloyatining hokimlari
- Qashqadaryo viloyatining hokimlari
- Surxondaryo viloyati hokimlari
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchilari
- Oʻzbekiston jinoyatchilari