| Roʻziyev Zafar Sharopovich | |
|---|---|
Рўзиев Зафар Шаропович | |
![]() | |
| Mansab davri 2024-yil 28-dekabr – hozirgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Hokim | Ulugʻbek Mustafoyev |
| Oʻtmishdoshi | Oybek Ashurmatov |
| Mansab davri 2019-yil 26-oktyabr – 2024-yil 28-dekabr | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Hokim | Ergash Soliyev |
| Oʻtmishdoshi | Oybek Ashurmatov |
| Vorisi | Bekzod Toshpo‘latov |
| 7-Qashqadaryo viloyati hokimi | |
| Mansab davri 2013-yil 27-sentyabr – 2019-yil 26-oktyabrgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev Abdulla Oripov (siyosatchi) |
| Prezident | Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Turobjon Joʻrayev |
| Vorisi | Zoir Mirzayev |
| 4-Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri | |
| Mansab davri 2009-yil – 2013-yilgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Sayfiddin Ismoilov |
| Vorisi | Shuhrat Teshayev |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1964-yil 19-dekabr Kitob tumani, Qashqadaryo viloyati, OʻzSSR |
| Siyosiy partiyasi | - |
| Mukofotlari | |
Roʻziyev Zafar Sharopovich (oʻzbekcha: Рўзиев Зафар Шаропович, 1964-yil 19-dekabr, Qashqadaryo viloyati) – Qashqadaryo viloyati hokimi (2013-2019), Oʻzbekiston qishloq va suv xoʻjaligi vaziri (2010-2013). Jizzax viloyati Zarbdor tumani hokimi (2019-2024). Hozir Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari – qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi.
Biografiyasi
- 1964-yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tugʻilgan.
- Maʼlumoti: oliy, 1989-yilda Toshkent irrigasiya va qishloq xoʻjaligini mexanizasiyalash muhandislari institutini, 1998-yilda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan. Mutaxassisligi: muhandis-mexanik.
- 1981—1982-yillar – Kitob tumanidagi „Sharq yulduzi“ xoʻjaligi mexanizatori
- 1982—1989-yillar – Toshkent irrigasiya va qishloq xoʻjaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti talabasi (1983—1985-yillar – harbiy xizmatda)
- 1989—1991-yillar – Kitob tumanidagi „Sharq yulduzi“ xoʻjaligi usta chilangari
- 1991—1995-yillar – Kitob tumanidagi Umarov nomli shirkat xoʻjaligi bosh muhandisi, mexanizasiya shirkati raisi
- 1995—1996-yillar – Kitob tumani Mashina-traktor parki boʻlim boshligʻi
- 1996—1998-yillar – Kitob tumanidagi Umarov nomli shirkat xoʻjaligi boshqaruvi raisi
- 1998—2001-yillar – Kitob tumani hokimining birinchi oʻrinbosari – tuman qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi
- 2001—2002-yillar – Qashqadaryo viloyati hokimligining agrosanoat kompleksi kotibiyati mudiri
- 2002—2003-yillar – Qashqadaryo viloyati qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻining agrotexnologiya masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari
- 2003—2008-yillar – Yakkabogʻ tumani hokimi
- 2008—2009-yillar – Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining agrotexnologiya masalalari boʻyicha oʻrinbosari
- 2009-yil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining oʻrinbosari – Tashkiliy-nazorat xizmatining Nazorat inspeksiyasi rahbari
- 2009—2010-yillar – Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri vazifasini bajaruvchi
- 2010—2013-yillar – Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri
- 2013—2019-yillar – Qashqadaryo viloyati hokimi
- 2015—2019-yillar – Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashi deputati, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi
- 2019—2024-yillar - Jizzax viloyati Zarbdor tumani hokimi.
- 2024-yil 28-dekabrdan Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari – qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi.
Turkumlar::
- 19-dekabrda tugʻilganlar
- 1964-yilda tugʻilganlar
- Kitob tumanida tugʻilganlar
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston viloyatlari hokimlari
- Qashqadaryo viloyatining hokimlari
- Oʻzbekiston yetakchilari
- Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti bitiruvchilari
- Oʻzbekistonlik shaxsiyatlarga oid chala maqolalar


