Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Myunxen aeroporti (olmoncha: Flughafen München „Franz Josef Strauß“ ) (IATA: MUC, ICAO: EDDM) – Germaniyaning Myunxen shahri va Yuqori Bavariya mintaqasiga xizm

Myunxen aeroporti

Myunxen aeroporti
olmoncha: Flughafen München
IATA kodi: MUC – ICAO kodi: EDDM
– WMO identifikatori: 10870
Qisqacha bayon
Aeroport turi Fuqarolik
Egasi/Operator Flughafen München GmbH
Xizmat doirasi Myunxen aglomeratsiyasi
Joylashuvi Erding va Freising, Bavariya, Germaniya
Ochilgan 17-may, 1992-yil (34 yil avval) (1992-05-17)
Havo yoʻli tuguni
  • Lufthansa
  • Lufthansa CityLine
  • Lufthansa City Airlines
Dengiz sathidan balandligi  m / 1,487 ft
Koordinatalari 48°21′14″N 011°47′10″E / 48.35389°N 11.78611°E / 48.35389; 11.78611
Vebsayti munich-airport.de
Xarita
MUC/EDDM (Germaniya)
MUC/EDDM
Aeroportning Germaniya xaritasidagi joylashuvi
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari
Uzunligi Yuzasi
m ft
08R/26L 4,000 13,123 Beton
08L/26R 4,000 13,123 Beton
Vertolyot maydonchalari
Soni Uzunligi Yuzasi
m ft
H 30 98 Beton
Maʼlumotlar (2023)
Yoʻlovchilar oqimi 37,037,070 +17,0%
Parvozlar soni 00,302,150 0+6,0%
Yuk (metr tonna) 00,284,350 0+12,7%
Manba: ADV statistikasi
Germaniya Aeronavtika axborot maʼlumotnomasi

Myunxen aeroporti (olmoncha: Flughafen München „Franz Josef Strauß“ ) (IATA: MUC, ICAO: EDDM) – Germaniyaning Myunxen shahri va Yuqori Bavariya mintaqasiga xizmat koʻrsatuvchi xalqaro aeroport. Germaniya Aeronavtika axborot maʼlumotnomasida Muenchen aeroporti deb qayd etilgan. 2019-yil 47,9 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatgan aeroport yoʻlovchilar oqimi boʻyicha Germaniyaning ikkinchi eng gavjum (Frankfurt aeroportidan keyin), Yevropaning oʻninchi eng gavjum aeroportidir. 2018-yil xalqaro yoʻlovchilar oqimi boʻyicha jahonning oʻn beshinchi, umumiy hisob boʻyicha esa 38-eng yirik aeroporti sanaladi. Lufthansa, xususan uning shoʻbalari boʻlgan Lufthansa CityLine, Lufthansa City Airlines, Air Dolomiti va Eurowings aviakompaniyalari uchun aviahab hamda Condor va TUI fly Deutschland aviakompaniyalari uchun ikkilamchi havo tuguni hisoblanadi.

Aeroport Myunxendan 28.5 km (17.7 mi) shimoli-sharqda, Freising shaharchasi yaqinida joylashgan. Bavariyaning sobiq Vazir-prezidenti Franz Josef Strauss sharafiga nomlangan. Ikkita terminali, qoʻshimcha oraliq terminali, ikkita uchish-qoʻnish yoʻlagi, yuk tashish va taʼmirlash inshootlariga ega. Keng fyuzelajli samolyotlar, shu jumladan Airbus A380 samolyotini boshqarish uchun toʻliq jihozlangan.

Tarixi

Rivojlanishi

Air Toulouse aviakompaniyasining Sud Aviation Caravelle samolyoti Myunxen aeroportida, 1993-yil. Orqa fonda hozirgi Hilton Munich Airport mehmonxonasi qurilishi
1-terminalning yuqoridan koʻrinishi, 2001-yil

Myunxenning avvalgi aeroporti Myunxen-Riem aeroporti 1939—1992-yillarda faoliyat koʻrsatgan. Aeroportni kengaytirish boʻyicha dastlabki rejalar 1954-yilga borib taqaladi. Yoʻlovchilar soni ortib borayotgani va aeroport yaqinida aholi soni ortib borayotganligi sababli, aeroportni koʻchirish rejasi toʻliq amalga oshirildi. Bavariya hukumati 1969-yil 5-avgustda „Erdinger Moos“ deb nomlangan hududda yangi aeroport qurish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. 1980-yil 3-noyabrda qurilish boshlanganda kichik Franzheim qishlogʻi buzildi va uning 400 ga yaqin aholisi boshqa joyga koʻchirildi. Aeroport toʻrtta munitsipalitet hududida joylashgan: Oberding (terminallarning joylashuvi; Erding tumani), Hallbergmoos, Freising va Freising tumanidagi Marzling.

Myunxenning yangi aeroporti 1992-yil 17-mayda ish boshladi va Myunxenga/Myunxendan uchadigan barcha reyslar bir kechada yangi aeroportga koʻchirildi. Myunxen-Riem 1992-yil 16-may yarim tunda yopildi.

Aeroport 1950-yillardan to 1988-yilda vafotigacha Gʻarbiy Germaniya siyosatida muhim rol oʻynagan Franz Josef Strauss nomi bilan atalgan. Boshqa lavozimlari qatorida, Strauss uzoq vaqt davomida Bavariya yerining Vazir-prezidenti (rahbari) boʻlgan. Straussning oʻzi xususiy uchuvchi boʻlib, yangi aeroport loyihasining tashabbuskori va aviatsiya sanoatini Bavariyaga jalb qilishdan manfaatdor boʻlgan. U Airbus loyihasining otalaridan biri hisoblanadi va Airbus kuzatuv kengashining dastlabki raisi sifatida ishlagan.

Myunxen aeroportiga egalik qiluvchi va boshqaruvchi Flughafen München GmbH mas’uliyati cheklangan jamiyat boʻlib, uchta aksiyadordan iborat: Bavariya yeri (51%), Germaniya Federativ Respublikasi (26%) va Myunxen shahri (23%). Myunxen aeroportining logotipi „Jonni gʻoyalar – hayotni bogʻlash“ (inglizcha: Living ideas – Connecting lives) shiori bilan „M“ harfidan iborat. Myunxen aeroporti odatda „Flughafen München“ yoki oddiygina „MUC“, uning IATA kodi deb ataladi. Qurilish paytida aeroport „Flughafen Myunchen II“ deb nomlangan.

Faoliyati

Frankfurt aeroportidagi oʻzining asosiy bazasi quvvati toʻlib borayotgani tufayli Lufthansa Myunxen orqali qisqa va uzoq yoʻnalishli reyslarni taklif qiluvchi ikkinchi habini tashkil qildi. Lufthansa Myunxendan koʻproq Yevropa yoʻnalishlariga parvozlar taklif qilsa, Frankfurtdan qitʼalararo yoʻnalishlarga qatnovlarni amalga oshiradi.

1995—2006-yillarda yoʻlovchilar soni ikki baravar koʻpayib, yiliga 15 milliondan 30 millionga oshdi. 2001-yil 11-sentyabr hamda 2002-yilgi voqealarga qaramay yoʻlovchilar sonida oʻsish kuzatildi. 1996-yilda aeroport Germaniyaning ikkinchi eng gavjum aeroporti sifatida Dusseldorfni ortda qoldirdi va hozirda mamlakatdagi uchinchi eng gavjum aeroportdan deyarli ikki baravar koʻp yoʻlovchilarni qabul qildi.

2003-yil iyunda 2-terminal qurilishi yakunlandi va u Lufthansa va uning Star Alliancedagi hamkorlariga xizmat koʻrsatishi eʼlon qilindi.

2013-yil noyabr oyida aeroport ochilganidan beri oʻzining birinchi yangi korporativ dizaynini taqdim etdi. Katta „M“ harfi yangi shrift turida qoldi va bir nechta ranglar orasida oʻzgarib turadigan chiziqcha qoʻshildi. Shuningdek, aeroport hududida, masalan, asosiy kirish yoʻlida va yangi 2-terminal yoʻldosh binosida joylashtirilgan „M“ belgisining rangini oʻzgartiruvchi animatsion versiyalari paydo boʻldi.

2015-yil iyun oyida Condor 2016-yil yozgi mavsumdan boshlab Myunxen aeroportida uzoq masofali bazani tashkil etish niyatida ekanligini eʼlon qildi. Condor allaqachon aeroportda qisqa va oʻrta masofali operatsiyalarni yoʻlga qoʻygan va 2013-yilning qishida olti yillik tanaffusdan soʻng uzoq masofali parvozlarni qayta tiklagan edi. 2015-yil noyabr oyida Transavia Myunxen aeroportida oʻzining Germaniyadagi birinchi bazasini yaratish niyatida ekanligini eʼlon qildi, u 2016-yil bahorigacha 18 ta yangi yoʻnalishlarga xizmat koʻrsatadigan toʻrtta samolyotdan iborat boʻladi. 2015-yil iyun oyi holatiga koʻra, Myunxendagi yoʻlovchilar soni boʻyicha eng yirik xorijiy tashuvchi Air Dolomiti hisoblanadi.

2015-yilda aeroportdan 40 milliondan ortiq yoʻlovchi oʻtdi, bu oʻsha paytdagi rekord koʻrsatkich boʻlgan.

2016-yil dekabrda Lufthansaning lou-koster shoʻbasi Eurowings 2017-yil martdan boshlab Myunxen aeroportida 32 ta yangi yoʻnalishga parvoz qiluvchi yirik baza tashkil qilishini eʼlon qildi. Ushbu yangi baza faoliyati Air Berlin tomonidan Eurowings bilan yangi nam ijara shartnomasi asosida amalga oshirildi. 2017-yil fevral oyida Transavia Myunxen aeroportida atigi bir yillik xizmatdan soʻng biznes strategiyasining oʻzgarishi va salbiy iqtisodiy istiqbol tufayli 2017-yil oktyabrigacha oʻzining butun bazasini yopishini eʼlon qildi.

Myunxen aeroportining dinamik oʻsishi 2018-yilda yangi qatnov rekordlari va yoʻlovchi tashish boʻyicha barcha davrlardagi eng yuqori koʻrsatkich – 46,2 million yoʻlovchi bilan davom etdi. Aeroportda uchish va qoʻnishlarning keskin oʻsishi ham kuzatildi, parvozlar soni 413 000 taga, 2018-yilda oʻsish 2,2 foizga yetdi. 266 ta yoʻnalish bilan Myunxen aeroporti oʻzining global tarmogʻini kengaytirdi va Yevropadagi yetakchi havo transporti markazlaridan biriga aylandi.

2021-yil fevral oyida Lufthansa Eurowingsning Myunxendagi aksar yoʻnalishlarini oʻziga olishini eʼlon qildi, faqat bir nechta mahalliy reyslar va Palma va Prishtinaga parvozlar bundan mustasno.

Terminallari va inshootlari

Aeroport hududi 3,892 akr (1,575 ga) ni tashkil qiladi. Aeroportning aksar inshootlari ikkita uchish-qoʻnish yoʻlagi orasida joylashgan. Kirish yoʻli va temir yoʻli gʻarbiy qismni yuk va texnik xizmat koʻrsatish obyektlarini oʻz ichiga olgan janubiy yarmiga va asosan maʼmuriy binolar va xizmat koʻrsatish obyektlarini, dam olish uchun uzoq muddatli avtoturargoh va tashrif buyuruvchilar markazini oʻz ichiga olgan shimoliy yarmiga ajratadi. Undan keyin gʻarbiy apron va 1-terminal, keyin Myunxen aeroporti markazi (MAC), 2-terminal va sharqiy apron joylashgan. Myunxen aeroportida ikkita yoʻlovchi terminali mavjud boʻlib, 2014-yilda har bir terminal orqali 20-25 million kishi qamrab olingan.

Myunxen aeroporti xaritasi (rejalashtirilgan kengayishlarni ham oʻz ichiga olgan).

1-terminal

1B terminalidagi roʻyxatdan oʻtish hududi
1D terminalidagi bortga chiqish darvozasi

1-terminal eski terminal boʻlib, aeroport ochilgan 1992-yil 17-mayda faoliyatini boshlagan. Umumiy sigʻimi yiliga 25 million yoʻlovchini tashkil etib, A, B, C, D va E deb ataluvchi beshta modulga boʻlingan. A dan D gacha boʻlgan modullar uchib ketish va kelishni boshqarish uchun zarur boʻlgan barcha inshootlarni, shu jumladan quruqlikdagi alohida yoʻlaklarni va toʻxtash joylarini oʻz ichiga oladi, E moduli esa faqat uchib kelganlarni boshqarish uchun jihozlangan. Ushbu dizayn asosan har bir modulni oʻziga xos sub-terminalga aylantiradi. A va D modullari Shengen hududidagi parvozlar uchun foydalaniladi, B va C modullari esa Shengendan tashqaridagi yoʻnalishlarni boshqaradi. F zali alohida boʻlib, 2-terminal yaqinida joylashgan va xavfsizlik talablari yuqori boʻlgan, yaʼni Isroilga parvozlarni amalga oshiradi. Bundan tashqari, 1-terminaldan uchadigan baʼzi reyslarni roʻyxatdan oʻtkazish punktlari Z markaziy hududida (olmoncha: Zentralbereich ) joylashgan boʻlib, ushbu hududda terminalning aksariyat savdo va restoran obyektlari hamda aeroportning shahar atrofi temir yoʻl vokzali joylashgan.

1,081-metr (3,547-fut) uzunlikdagi pier 21 ta teleskopik trapga ega, ulardan ikkitasi avtobus oʻtkazish uchun kutish zallariga qayta ulangan. Emirates tomonidan muntazam ravishda foydalaniladigan Airbus A380 ni boshqarish uchun bitta darvoza pozitsiyasi uchta teletrap bilan jihozlangan. Perronda yana 60 ta samolyot stendlari mavjud boʻlib, ularning baʼzilari maxsus ishlab chiqilgan perronli teletraplar (nemischa: Vorfeldfluggastbrücken) bilan jihozlangan, ularga yoʻlovchilar avtobusda olib kelinadi. Ushbu noyob konseptsiya yoʻlovchilarga ob-havodan toʻliq himoyalangan holda, lekin yoʻlovchi transporti tizimi orqali ulangan toʻliq yoʻldosh terminallari uchun katta mablagʻ talab qilmasdan bortga chiqish imkonini beradi.

1-terminal hozirda Star Alliance ittifoqiga aʼzo boʻlmagan barcha aviakompaniyalar hamda Alliancega aʼzo Turkish Airlines samolyotlariga xizmat koʻrsatadi. Biroq 2-terminal sigʻimi toʻlib qolgani uchun Lufthansaning shoʻbasi Germanwings hamda sobiq filiali Condor 2007-yilda 1-terminalga koʻchirilgan. Germanwings 2015-yil oxirida 2-terminalga qaytdi. 1-terminalning asosiy foydalanuvchilari orasida American Airlines, Condor, Delta Air Lines, easyJet, Eurowings, Emirates, Etihad Airways, Qatar Airways va TUI fly Deutschland bor.

1-terminalning kengaytirilishi

2015-yil dekabr holatiga koʻra, 1-terminalni tubdan qayta loyihalash, shu jumladan sigʻimini oshirish va markazlashgan qoʻriqlash va savdo obyektlari uchun markaziy terminal binosini gʻarbga kengaytirishga tayyorgarlik koʻrilmoqda. 2016-yil noyabr oyida 1-terminal uchun 400 million yevro miqdoridagi katta kengaytirish va taʼmirlash loyihasi eʼlon qilindi. A va B terminal maydonlari perronga choʻzilgan 320 metr (1,050 ft) uzunlikdagi tirgak qoʻshilishi bilan butunlay qayta loyihalashtiriladi. Yangi obyektlar 6 million qoʻshimcha yoʻlovchini qabul qilish imkoniyatini taʼminlaydi, bir vaqtning oʻzida 12 ta samolyotni, shu jumladan ikkita Airbus A380 samolyotini boshqara oladi va dastlab 2022-yilgacha ochilishi kerak edi. Biroq COVID-19 pandemiyasi oqibatida yoʻlovchilar oqimining keskin kamayishi va bir vaqtning oʻzida yangi terminal qoʻshimchasi narxining keskin oshishi tufayli binoning qobigʻi 2022-yilga kelib yakunlandi, yangi taxminiy ochilish 2025-yilga qadar tugatiladi.

2-terminal

2-terminalidagi roʻyxatdan oʻtish hududi
2-terminalidagi bortga chiqish darvozasi

2-terminal 2003-yil 29-iyunda foydalanishga topshirildi. Yiliga 25 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish uchun loyihalashtirilgan va eksklyuziv tarzda Lufthansa va uning Star Alliancedagi ittifoqchilari (Turkish Airlinesdan tashqari) uchun xizmat koʻrsatadi. Luxair ham 2-terminaldan foydalanadi. Etihad Airways 2023-yil 1-iyundan yana 1-terminalga qaytdi.

Hab terminal sifatida loyihalashtirilgani uchun u 1-terminal kabi modullarga boʻlinmaydi. Buning oʻrniga barcha obyektlar markaziy Plaza atrofida joylashtirilgan. Yevropa Ittifoqi tomonidan oʻrnatilgan xavfsizlik qoidalari tufayli terminal xavfli deb hisoblangan mamlakatlardan kelgan yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish uchun maxsus jihozlar bilan jihozlangan, yaʼni bir xil qoidalarga amal qilmaydi. Bu yangi darajani qurishni talab qildi, chunki boshqa aeroportlardan farqli oʻlaroq, terminalda yoʻlovchilarni qabul qilish va joʻnatish uchun alohida joylar mavjud emas. 06 yangi daraja 2009-yil 15-yanvarda ochildi.

Uzunligi 980 metr boʻlgan pier 24 ta teletrapga ega. Sharqiy perronda jami 75 ta samolyot stendi har doim ham yetarli emasligi sababli, 2-terminal baʼzan gʻarbiy perronda toʻxtash joylaridan ham foydalanadi, bu yerga yoʻlovchilar avtobuslar bilan olib ketiladi. 2-terminal ham Airbus A380 ni boshqarishga qodir, ammo 2-terminal yoʻldosh binosi ochilishidan oldin A380 uchun maxsus stendlar yoki qoʻshimcha reaktiv koʻpriklar mavjud emas edi. Lufthansaning A380 samolyotlari yoʻldosh binosidan uchadi.

2-terminal ikkita asosiy uchib ketish darajasiga ega, 04 va 05 va pastki 03 darajadagi qoʻshimcha avtobus darvozalari. 05 (H) darajasidagi darvozalar Shengen boʻlmagan darvozalar sifatida belgilangan. 06 yangi transfer darajasi ochilgunga qadar, eng shimoliy darvozalar kunning koʻp qismida AQShga joʻnash uchun qoʻshimcha xavfsizlik nazorat punkti ortida edi. Pastki 04 (G) darajadagi Shengen darvozalarini oʻz ichiga oladi. 03 darajadagi avtobus darvozalari ham G deb belgilangan va Shengen reyslari uchun ham ishlatiladi. 03 daraja asosiy sathlardan kichikroq va ikkita alohida qismdan iborat boʻlib, ularga 04 darajadagi ikkita nuqtadan kirish mumkin. Ushbu darvozalarning bir maydoni Air Dolomiti uchun belgilangan.

2-terminalni Terminal-2-Betriebsgesellschaft (nemischadan 2-terminal boshqaruv kompaniyasi deb tarjima qilinadi) boshqaradi. Bu kompaniya Flughafen München GmbH (60%) va Lufthansa (40%) tomonidan egalik qilinadi. Bu esa 2-terminalni aviakompaniya bilan birgalikda egalik qilinadigan ilk terminalga aylantiradi.

2-terminal yoʻldosh binosi

2-terminal yoʻldosh binosi qurilayotgan vaqtda olingan 2016-yil fevraldagi rasm

2013-yilga kelib 2-terminal yiliga 27,5 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish quvvatiga yetishi rejalashtirilgan edi. Lufthansa va Star Alliance hamkorlari yuklarni qabul qilish, uchib kelish va ketish darajalari va hokazolar uchun alohida jihozlar qurmasdan 2-terminalni kengaytirishni nazarda tutgan edi. Bu reja Markaziy plazada roʻyxatdan oʻtish qulayligini qadrlaydigan yoʻlovchilar uchun qulay foydalaniladigan yuk, xavfsizlik tekshiruvidan oʻtish hamda 2-terminal ichidagi Lufthansa va Star Alliance hamkor tarmoqlari doirasida bir samolyotdan boshqasiga oʻtkazish imkonini beradi. 2003-yilda 2-terminal qurib bitkazilgandan soʻng, yangi yoʻldosh terminali uchun tayyorgarlik allaqachon boshlangan edi.

Loyiha 650 million yevroga baholangan va uning 60% Myunxen aeroporti, 40% Lufthansa tomonidan moliyalashtirilishi rejalashtirilgan. Kengaytirish yiliga qoʻshimcha 11 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish imkonini beradi. Qurilish 2010-yilda maʼqullandi va 2012-yilda boshlandi. 2015-yil yakuniga koʻra, qurilish tugallangan va koʻngillilar guruhi 2016-yil yanvar oyida 2-terminal va uning yoʻldosh binosi oʻrtasidagi harakatni tartibga solish uchun sinovlarni oʻtkazgan. 2-terminal yoʻldosh binosi 2016-yil 22-aprelda rasman ochilgan va 26-aprelda faoliyatini boshlagan.

Yangi yoʻldosh binosi uzunligi 609 metr (1,998 ft), maydoni 125,000 square metre (1,345,500 kv ft). 52 ta qoʻshimcha darvoza, 27 ta toʻxtash joyi, ulardan 11 tasi keng fyuzelajli samolyotlar, xususan, Airbus A380 ni qabul qila oladigan toʻxtash joyiga ega. Binoda Shengen va Shengen boʻlmagan yoʻlovchilar uchun ikkita asosiy darajadagi alohida kirish imkoniyatlari mavjud (Shengen uchun K darajasi va Shengen boʻlmagan yoʻnalishlar uchun L). J qismi terminal va perronda toʻxtab turgan samolyot oʻrtasida avtobusda tashish uchun moʻljallangan. Terminalda 44 ta yangi pasport nazorati punktlari va yoʻlovchilarni oʻtkazi uchun 24 ta xavfsizlik yoʻlaklari oʻrnatilgan. Terminal boʻylab beshta yangi Lufthansa zali hamda yangi restoran va doʻkonlar tashkil etilgan. Biroq, yoʻldosh terminali faqat havo boʻylab xizmat koʻrsatadi: roʻyxatdan oʻtish, bagajni qabul qilish, uchib ketish va kelish punktlari hali ham 2-terminalda amalga oshiriladi. 2-terminal va uning yoʻldosh binosi oʻrtasida yoʻlovchi tashish tunnellarda ishlaydigan Bombardier Transportion toʻliq avtomatlashtirilgan odamlarni tashish uskunalari orqali amalga oshiriladi. Yoʻldosh terminali oʻzining millioninchi yoʻlovchisini 2016-yilning iyul oyida, ochilganidan uch oy oʻtmasdan qabul qildi.

Kelajakda yoʻldosh binosini „T“ shakliga kengaytirish va sharqda uchinchi terminal qurish rejalashtirilgan. Lufthansa va Flughafen München GmbH (Myunxen aeroporti operatori) 2019-yil 16-dekabrda 2-terminal yoʻldosh binosini kengaytirish boʻyicha kelishuv imzoladi. Kengaytirish 2-terminal yoʻldosh binosining markazidan sharqqa toʻgʻri burchak ostida choʻzilgan yangi terminalni nazarda tutadi. Flughafen München GmbH kompaniyasining oʻzaro anglashuv memorandumida har ikki tomon 2030-yilgacha yoqilgʻi tejamkorligi yuqori boʻlgan samolyotlardan foydalangan holda CO2 ga zarar yetkazmaydigan mamlakat boʻlish maqsadiga erishishini nazarda tutadi. Darvozalar soni, qurilish va tugallanish sanalari haqida hozircha batafsil maʼlumot berilmagan.

Myunxen aeroporti markazi

Myunxen aeroporti markazi (MAC) har yilgi Mavlud yarmarkasida

Myunxen aeroporti markazi (inglizcha: Munich Airport Center (MAC)) – terminallarni bogʻlovchi savdo, tijorat va dam olish maskani. Dastlab 1-terminalning bir qismi sifatida qurilgan eski markaziy hudud (nemischa: Zentralbereich) savdo markazi va S-Bahn stansiyasiga ega. 2-terminal bilan qurilgan yangi MAC Forumi qisman shaffof chodirga oʻxshash tomga ega boʻlgan katta tashqi maydondir. Uning yonida 1994-yilda dunyoga mashhur arxitektor Helmut Jahn va PWP Landscape Architecture landshaft arxitektura firmasi tomonidan ishlab chiqilgan Hilton Hotels & Resorts tomonidan boshqariladigan aeroport mehmonxonasi joylashgan.

Myunxen aeroporti markazida har kuni ertalab soat 5:30 dan yarim tungacha, yakshanba kunlari ham xarid qilish mumkin boʻlgan supermarket mavjud, chunki u chakana savdo ish vaqtini tartibga soluvchi Bavariya qonunidan (nemischa: Ladenschlussgesetz) ozod qilingan.

Uchish-qoʻnish yoʻlaklari

Aeroportda ikkita parallel uchish-qoʻnish yoʻlagi va bitta beton vertolyot maydonchasi mavjud. Ikkita beton uchish-qoʻnish yoʻlagi (08R/26L va 26R/08L) har birining uzunligi 4,000 metr (13,120 ft) va eni 60 metr (200 ft) dir.

Avtoturargohlari

1-terminal oldidagi avtoturargoh

Hozirda beshta avtoturargoh va oltita yer osti toʻxtash joyi mavjud boʻlib, ular jami 30 000 ta mashinani sigʻdira oladi, shundan taxminan 16 500 tasi tom ostidadir. 2-terminaldagi P20 garaji, 2003-yilda foydalanishga topshirilganidan beri oʻn bir darajadagi 6400 ta mashina joyiga ega (shu jumladan toʻrttasi yer ostida). 2005-yilda yangi Allianz Arenadagi avtoturargoh ochilgunga qadar Germaniyadagi eng katta garaj boʻlgan. Avtoturargohlarda toʻxtash joyini egallagan yoki yoʻqligini aniqlaydigan mashinalar toʻxtash joyini koʻrsatuvchi tizim oʻrnatilgan va yangi kelgan transport vositalariga boʻsh toʻxtash joylari qayerda joylashganligi koʻrsatiladi.

Oddiy avtoturargohlardan tashqari, Myunxen aeroporti qoʻshimcha haq evaziga qoʻshimcha imtiyozlarga ega boʻlgan maxsus mashina joylarini taklif qiladi. Bunga avtomashinani parvoz vaqtida aeroport xodimi olib qoʻyishi va toʻxtash joyi va Hilton mehmonxonasida tunashni oʻz ichiga olgan Park, uxlash va uchish opsiyasi kiradi. Bundan tashqari, katta oʻlchamli toʻxtash joylari, XXL deb ataladigan toʻxtash joylari va xavfsiz mashinalar uchun imkoniyat mavjud. Va nihoyat, P20 garajida maxsus alohida toʻxtash joyi mavjud boʻlib, u yerda toʻxtab turgan mashinalar qoʻriqlanadi. Bundan tashqari, ichki/tashqi tozalash va yoqilgʻi quyish kabi maxsus xizmatlarni bron qilish mumkin.

Aeroport hududidagi mahalliy aholi uchun jamoat joylarida xarid qilishni yanada jozibador qilish uchun tashrif buyuruvchilar P20 avtoturargohida uch soatgacha mashinalarini bepul qoldirishlari qilishlari mumkin boʻlgan maxsus takliflar mavjud. Qisqa muddatli toʻxtash joyi markaziy hududning sharqida joylashgan, bu yerda tashrif buyuruvchilar maksimal oʻttiz daqiqa davomida mashinalarini bepul qoldirishlari mumkin. Dam olish kunlarida P8 garajida boshqa arzonroq variantlar taqdim etiladi.

Tashrif buyuruvchilar uchun imkoniyatlar

Myunxen aeroportidagi tashrif buyuruvchilar bogʻi

Aeroport maʼmuriyati tashrif buyuruvchilar va sayyohlar uchun gʻarbiy samolyot perroni va 1-terminalning yaxshi koʻrinishini olish mumkin boʻlgan „Tashrifchilar tepaligi“ni oʻz ichiga olgan „Tashrifchilar bogʻi“ni yaratgan, shuningdek, u yerda restoran, samolyot modellari va boshqa kollektor buyumlari doʻkoni faoliyati va sayyohlarga xizmat koʻrsatishni maqsad qilgan. Bu joyga „Besucherpark“ nomli temir yoʻl stansiyasi xizmat koʻrsatadi. Tepalikdan koʻrinish 1-terminal apronining yuqoridagi keng ekran tasvirida koʻrsatilgan. Parkda uchta tarixiy samolyot, Super Constellation, Duglas DC-3 va Junkers Ju 52/3m namoyish etiladi.

Shuningdek, 2-terminalning tomida tashrif buyuruvchilarni tomosha qilish uchun terassa mavjud boʻlib, u keng oynali balkonga va oʻtiradigan joylarga ega va samolyotning sharqiy perronini koʻrish imkonini beradi. Barcha tashrif buyuruvchilar terassaga quruqlikdan kirishlari mumkin. Kirish toʻlovi 2013-yil sentyabr oyida bekor qilindi. Shimoliy uchish-qoʻnish yoʻlagining shimoliy uchida va janubiy uchish-qoʻnish yoʻlagining markazida qoʻshimcha ikkita kichikroq Mehmon tepaligi bor.

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar

Yoʻlovchi

Quyidagi aviakompaniyalar Myunxen aeroportidan doimiy va charter qatnovlarni amalga oshirmoqda:

AviakompaniyaManzillar
Aegean AirlinesAfina, GretsiyaSaloniki
Mavsumiy: GretsiyaIraklion, Kalamata
Aer Lingus, Irlandiya bayrogʻi IrlandiyaIrlandiyaDublin
Mavsumiy: IrlandiyaKork
airBalticRiga, Tallin, Vilnyus
Air CairoHurgada
Mavsumiy: MisrMarsa Alam, Sharm ash-Shayx
Air CanadaKanadaToronto–Pearson
Air ChinaPekin–Poytaxt, Shanxay–Pudong
Air Dolomiti, Italiya bayrogʻi ItaliyaAmsterdam, ItaliyaBari, DaniyaBillund, ItaliyaBolonya, Florensiya, ItaliyaGenuya, PolshaKrakov, ItaliyaMilan–Linate, Milan–Malpensa, FransiyaNitsa, ItaliyaTurin, ItaliyaVenetsiya, ItaliyaVerona
Mavsumiy: ItaliyaAnkona, ItaliyaBrindisi, AvstriyaGrats, FransiyaLion, ItaliyaOlbiya
Air Europa, Ispaniya bayrogʻi IspaniyaMadrid
Air FranceParij–Sharl de Goll
Air MontenegroMavsumiy: Podgoritsa
AJetAnqara, Antaliya, Istanbul–Sabiha Goʻkchen
Mavsumiy: TurkiyaKayseri, TurkiyaSamsun, Trabzon
All Nippon AirwaysTokio–Haneda
American AirlinesAmerika Qoʻshma ShtatlariSharlotta
Austrian AirlinesVena
BeOnd, Moldova bayrogʻi MoldovaMavsumiy: Malé
British AirwaysLondon–Hitrou
Brussels AirlinesBelgiyaBrussel
Cathay PacificHong Kong
Condor, Olmoniya bayrogʻi GermaniyaFrankfurt, IspaniyaFuerteventura, IspaniyaGran Kanariya, Hurgada, Lanzarote, IspaniyaLa Palma, IspaniyaPalma de Mallorca, IspaniyaTenerife–Janub
Mavsumiy: MarokashAgadir, IspaniyaAlikante, Antaliya, Faro, PortugaliyaFunchal, GretsiyaIraklion, IspaniyaIbiza, IspaniyaJerez de la Frontera, Kalamata, GretsiyaKarpatos, GretsiyaKavala, GretsiyaKefaliniya, GretsiyaKorfu, GretsiyaKos, ItaliyaLameziya Terme, IspaniyaMálaga, GretsiyaMikonos, ItaliyaOlbiya, GretsiyaPreveza/Lefkada, GretsiyaRodos, GretsiyaSamos, GretsiyaSantorini, GretsiyaSkiatos, Split, Sulaymoniya, GretsiyaVolos, Xanya, GretsiyaZakintos
Charter: KosovoPrishtina
Corendon AirlinesMavsumiy: Antaliya, Hurgada, Izmir
Croatia AirlinesOsijek, Split, Zadar, Zagreb
Mavsumiy: Brač, Dubrovnik, Riyeka
Delta Air Lines, AQSH bayrogʻi AQSHAmerika Qoʻshma ShtatlariAtlanta
Mavsumiy: Amerika Qoʻshma ShtatlariDetroit
Discover Airlines, Olmoniya bayrogʻi GermaniyaIspaniyaGran Kanariya, Lanzarote, Marokash, IspaniyaTenerife–Janub
Mavsumiy: NorvegiyaBodø, Bodrum, Burgas, IspaniyaFuerteventura, PortugaliyaFunchal, Hurgada, IspaniyaIbiza, GretsiyaIraklion, TunisJerba, IspaniyaJerez de la Frontera, Kalamata, KanadaKalgari, GretsiyaKefaliniya, GretsiyaKorfu, GretsiyaKos, MisrMarsa Alam, Menorka, GretsiyaMikonos, TunisMonastir, Amerika Qoʻshma ShtatlariOrlando, IspaniyaPalma de Mallorca, GretsiyaPreveza/Lefkada, IslandiyaReykyavik–Keflavík, GretsiyaRodos, GretsiyaSamos, GretsiyaSantorini, Varna, NamibiyaVindxuk–Hosea Kutako, Xanya, GretsiyaZakintos
easyJetShotlandiyaEdinburg, London–Gatvik, Manchester, Milan–Malpensa, ItaliyaNeapol, Rim–Fiumichino
EgyptairQohira
El AlTel-Aviv
EmiratesDubay–Xalqaro
Etihad AirwaysAbu-Dabi
EVA AirTaypey–Taoyuan
Eurowings, Olmoniya bayrogʻi GermaniyaGermaniyaDüsseldorf, GermaniyaGamburg, GermaniyaKyoln/Bonn, IspaniyaPalma de Mallorca, KosovoPrishtina
Mavsumiy charter: ShvetsiyaArvidsjaur
FinnairFinlandiyaHelsinki
FlyErbilArbil
FlyOneKishinyov
Freebird AirlinesMavsumiy: Antaliya
Georgian AirwaysTbilisi
Gulf AirBahrayn
IberiaMadrid
IcelandairIslandiyaReykyavik–Keflavík
Iraqi AirwaysArbil, Bagʻdod
IsrairTel-Aviv
ITA AirwaysRim–Fiumichino
Jazeera AirwaysMavsumiy: Kuvayt
KLMAmsterdam
KM Malta AirlinesMaltaMalta
Kuwait AirwaysKuvayt
Leav AviationMavsumiy: ShvetsiyaArvidsjaur
LOT Polish AirlinesVarshava–Shopen
LufthansaAfina, IspaniyaAlikante, Amsterdam, ItaliyaAnkona, IspaniyaBarselona, ShveysariyaBazel/Mulhouse, Bangkok–Suvarnabhumi, Belgrad, Bangalor, GermaniyaBerlin, IspaniyaBilbao, DaniyaBillund, Birmingem, FransiyaBordo, Amerika Qoʻshma ShtatlariBoston, GermaniyaBremen, BelgiyaBrussel, Budapesht, Buxarest–Otopeni, VengriyaDebretsen, Dehli, Amerika Qoʻshma ShtatlariDenver, GermaniyaDrezden, Dubay–Xalqaro, IrlandiyaDublin, GermaniyaDüsseldorf, ShotlandiyaEdinburg, Faro, Frankfurt, PortugaliyaFunchal, GermaniyaGamburgGermaniyaGannover, PolshaGdansk, ShvetsiyaGyoteburg, AvstriyaGrats, FinlandiyaHelsinki, Kataniya, PolshaKatovitsa, Kluj-Napoka, Kopengagen, PolshaKrakov, GermaniyaKyoln/Bonn, Larnaka, Leypsig/Halle, FransiyaLion, PortugaliyaLissabon, London–Hitrou, Amerika Qoʻshma ShtatlariLos Angeles, Lyuksemburg, SloveniyaLyublyana, Madrid, IspaniyaMálaga, Manchester, Marsel, MeksikaMexiko, Milan–Malpensa, KanadaMontréal–Trudeau, Mumbay, GermaniyaMünster/Osnabrück, FransiyaNant, ItaliyaNeapol, FransiyaNitsa, Amerika Qoʻshma ShtatlariNyuark, Nyu-York–JFK, Osaka, NorvegiyaOslo, FinlandiyaOulu, GermaniyaPaderborn/Lippstadt, ItaliyaPalermo, IspaniyaPalma de Mallorca, Parij–Sharl de Goll, Pekin–Poytaxt, PortugaliyaPortu, PolshaPoznan, Praga, Rim–Fiumichino, PolshaRzeszów, Qohira, GretsiyaSaloniki, Amerika Qoʻshma ShtatlariSan Diego, Amerika Qoʻshma ShtatlariSan Fransisko, Amerika Qoʻshma ShtatlariSeatl/Takuma, Seul–Inchxon, RuminiyaSibiu, Singapur, BolgariyaSofiya, ShvetsiyaStokgolm–Arlanda, GermaniyaSylt, ShveysariyaSyurix, Tbilisi, Tel-Aviv, RuminiyaTimishoare, AlbaniyaTirana, Tokio–Haneda, RuminiyaTuluza, NorvegiyaTrondheim, TunisTunis, ItaliyaTurin, IspaniyaValensiya, IspaniyaVankuver, Varshava–Shopen, Amerika Qoʻshma ShtatlariVashington–Dulles, Vena, PolshaVrotslav, Zagreb, Shanxay–Pudong, Amerika Qoʻshma ShtatlariSharlotta, GermaniyaShtutgart, Amerika Qoʻshma ShtatlariChikago–OʻHare,
Mavsumiy: IspaniyaAsturiya, FransiyaBastiya, NorvegiyaBergen, FransiyaBiarritz, Bodrum, Dubrovnik, IspaniyaFuerteventura, IspaniyaGran Kanariya, GretsiyaIraklion, Hurgada, IspaniyaIbiza, IspaniyaJerez de la Frontera, ItaliyaJersey, Kalamata, ItaliyaKalyari, Janubiy AfrikaKeyptaun, GretsiyaKorfu, Kittilä, Lanzarote, MaltaMalta, MisrMarsa Alam, Amerika Qoʻshma ShtatlariMayami, Menorka, GretsiyaMikonos, ItaliyaOlbiya, ItaliyaPiza, GretsiyaPreveza/Lefkada, Pula, IslandiyaReykyavik–Keflavík, GretsiyaRodos, Rijeka, ItaliyaRimini, GretsiyaSantorini, IspaniyaSevilya, BraziliyaSão Paulo–Guarulhos, Split, Tallin, IspaniyaTenerife–Janub, Tivat, KanadaToronto–Pearson, NorvegiyaTromsø, Varna, Janubiy AfrikaYohannesburg–O. R. Tambo, Zadar, GretsiyaZakintos
LuxairLyuksemburg
Marabu, Ispaniya bayrogʻi IspaniyaIspaniyaGran Kanariya, Hurgada, Lanzarote, IspaniyaLa Palma, IspaniyaPalma de Mallorca, IspaniyaTenerife–Janub
Mavsumiy: GretsiyaKorfu, Faro, IspaniyaFuerteventura, GretsiyaIraklion, GretsiyaKarpatos, GretsiyaKefaliniya, GretsiyaKos, ItaliyaLameziya Terme, IspaniyaMálaga, ItaliyaOlbiya, GretsiyaPreveza/Lefkada, GretsiyaRodos, Split, GretsiyaVolos, Xanya, GretsiyaZakintos
Nesma AirlinesCharter: Hurgada
Nile AirMavsumiy charter: Hurgada
Norwegian Air ShuttleKopengagen, NorvegiyaOslo
Mavsumiy: IspaniyaAlikante, IspaniyaMálaga, FinlandiyaRovaniemi, ShvetsiyaStokgolm–Arlanda
NouvelairTunisJerba, TunisMonastir
Mavsumiy: TunisTunis
Oman AirMaskat
Pegasus AirlinesIstanbul–Sabiha Goʻkchen
Mavsumiy: Antaliya, Izmir
Qatar AirwaysDoha
SalamAirMaskat
SaudiaAr-Riyod, Jidda
Scandinavian AirlinesKopengagen, NorvegiyaOslo, ShvetsiyaStokgolm–Arlanda
Singapore AirlinesSingapur
Sky Alps, Italiya bayrogʻi ItaliyaMavsumiy: Bosniya va GersegovinaMostar
Sky Express, Yunoniston bayrogʻi GretsiyaAfina
SmartLynx AirlinesMavsumiy charter: Ras al-Xayma
Somon AirDushanbe
SunExpressAnqara, Antaliya, Izmir
Mavsumiy: TurkiyaAdana/Mersin, Bodrum, TurkiyaDalaman, TurkiyaGaziantep, TurkiyaKayseri, TurkiyaSamsun
Swiss International Air LinesShveysariyaJeneva, ShveysariyaSyurix
TAP Air PortugalPortugaliyaLissabon
Thai AirwaysBangkok–Suvarnabhumi
TransaviaFransiyaParij–Orli
TravelcoupMavsumiy: IspaniyaIbiza, IspaniyaPalma de Mallorca, ShveysariyaSyurix
TUI fly DeutschlandBoa Vista (Kabo-Verde), IspaniyaFuerteventura, IspaniyaGran Kanariya, Hurgada, Lanzarote, IspaniyaPalma de Mallorca, Sal (Kabo-Verde), IspaniyaTenerife–Janub
Mavsumiy: GretsiyaKorfu, TurkiyaDalaman, GretsiyaIraklion, TunisJerba, IspaniyaJerez de la Frontera, GretsiyaKos, MisrMarsa Alam, Menorka, GretsiyaPatras, GretsiyaRodos
TunisairTunisJerba, TunisMonastir, TunisTunis
Turkish AirlinesIstanbul
Mavsumiy: TurkiyaAdana/Mersin, Anqara, Antaliya, Bodrum, TurkiyaDalaman, TurkiyaGaziantep, Izmir, TurkiyaKayseri, TurkiyaOrdu/Giresun, TurkiyaSamsun, Trabzon
United AirlinesAmerika Qoʻshma ShtatlariChikago–OʻHare, Amerika Qoʻshma ShtatlariDenver, Amerika Qoʻshma ShtatlariHyuston–Intercontinental, Amerika Qoʻshma ShtatlariNyuark, Amerika Qoʻshma ShtatlariSan Fransisko, Amerika Qoʻshma ShtatlariVashington–Dulles
Universal Air, Malta bayrogʻi MaltaVengriyaPech
Oʻzbekiston havo yoʻllariToshkent
Vietnam AirlinesXanoy, Xoshimin
Vueling, Ispaniya bayrogʻi IspaniyaIspaniyaBarselona
Widerøe, Norvegiya bayrogʻi NorvegiyaNorvegiyaBergen

Yuk

AviakompaniyaManzillar
Air Atlanta IcelandicAmerika Qoʻshma ShtatlariGreenville/Spartanburg
Air China CargoPekin–Poytaxt
CargoluxLyuksemburg
DHL AviationLeypsig/Halle
FedEx ExpressGermaniyaKyoln/Bonn, Milan–Malpensa, Parij–Sharl de Goll, Tel-Aviv
Lufthansa CargoIstanbul
Qatar Airways CargoBangalor, Doha, London–Hitrou, Milan–Malpensa, Amerika Qoʻshma ShtatlariChikago/Rokford
Turkish CargoIstanbul
UPS AirlinesGermaniyaKyoln/Bonn

Statistikasi

Myunxen aeroportining „Tashrif buyuruvchilar bogʻidagi“ tarixiy samolyotlar
Myunxen aeroportidagi Lufthansa Technikning asosiy taʼmirlash inshooti
Myunxen aeroportidagi Boshqaruv minorasi
Myunxen aeroporti 2-terminalidagi Lufthansa samolyotlari
Aeroport hududidagi Flughafen München GmbH shtab-kvartirasi

Yillik yoʻlovchilar oqimi

Yillik yoʻlovchilar oqimi
Yillar Yoʻlovchilar soni Oʻzgarishi, % da
200023 125 872▬
200123 646 900 2%
200223 163 720Decrease −2%
200324 193 304 4.4%
200426 814 505 11%
200528 619 427 6.7%
200630 757 978 7.4%
200733 959 422 10.4%
200834 530 593 1.6%
200932 681 067Decrease −5.3%
201034 721 605 6%
201137 763 701 8.7%
201238 360 604 1.5%
201338 672 644 1%
201439 700 515 2.6%
201540 998 553 3.2%
201642 277 920 3.1%
201744 546 263 5.3%
201846 253 623 3.8%
201947 959 885 3.6%
202011 120 224Decrease −76.8%
202112 496 432 12.4%
202231 642 738 153.2%
202337 037 070 17.0%
Manba: Myunxen aeroporti

Eng gavjum yoʻnalishlar

Eng gavjum mahalliy yoʻnalishlar (2020)
Oʻrni Aeroport nomi Uchib ketuvchi yoʻlovchilar soni Faoliyat yurituvchi aviakompaniyalar
1 Gamburg 271 704 Eurowings, Lufthansa
2 Berlin–Tegel 219 586 Lufthansa
3 Düsseldorf 215 028 Eurowings, Lufthansa
4 Frankfurt 170 653 Lufthansa
5 Kyoln/Bonn 117 261 Eurowings, Lufthansa
Eng gavjum Yevropa yoʻnalishlari (2020)
Oʻrni Aeroport nomi Uchib ketuvchi yoʻlovchilar soni Faoliyat yurituvchi aviakompaniyalar
1 London–Hitrou 156 903 British Airways, Lufthansa
2 Amsterdam 129 741 Eurowings, KLM, Lufthansa, Transavia
3 Parij–Sharl de Goll 119 506 Air France, Lufthansa
4 Madrid 102 736 Air Europa, Iberia, Lufthansa
5 Afina 97 928 Aegean, Lufthansa
6 Rim–Fiumichino 93 632 Alitalia, Lufthansa
7 IspaniyaBarselona 88 487 Lufthansa, Vueling
8 ShvetsiyaStokgolm–Arlanda 76 405 Lufthansa, Norwegian, Scandinavian Airlines
9 Kopengagen 72 981 Lufthansa, Norwegian, Scandinavian Airlines
10 PortugaliyaLissabon 72 946 Lufthansa, TAP
Eng gavjum xalqaro yoʻnalishlar (2020)
Oʻrni Aeroport nomi Uchib ketuvchi yoʻlovchilar soni Faoliyat yurituvchi aviakompaniyalar
1 Dubay–Xalqaro 76 353 Emirates, Lufthansa
2 Doha 48 104 Qatar Airways
3 Bangkok-Suvarnabhumi 39 402 Lufthansa, Thai Airways
4 Abu-Dabi 37 895 Etihad
5 Amerika Qoʻshma ShtatlariNyuark 37,813 Lufthansa, United Airlines

Boshqa inshootlari

  • Lufthansa aeroportdagi ikkilamchi havo yoʻli tugunida oʻzining Parvozlarni boshqarish markaziga ega. 2014-yil uning shoʻba korxonasi Lufthansa CityLinening maʼmuriyatini Kyolndan Myunxen aeroporti hududiga koʻchirdi. Bundan tashqari Lufthansa Technikning bir vaqtning oʻzida oltitagacha Boeing 747ni taʼmirlaydigan yirik texnik xizmat koʻrsatish inshooti mavjud.
  • Aeroport hududida ikkita mehmonxona – 2-terminal yaqinidagi Hilton Munich Airport (2014-yil 31-dekabrgacha Kempinski Hotel Airport Munich nomi bilan atalgan) va uzoq muddatli avtoturargohda Novotel mehmonxonasi hamda yaqinidagi qishloqlarda bir qancha mehmonxonalar mavjud.
  • Nemis avtomobil ishlab chiqaruvchisi Audi 2010-yilda aeroport hududida oʻz sotuvchilari uchun katta oʻquv muassasasini tashkil qilgan. Apron yaqinidagi ajratilgan joylardan haydovchini oʻrgatish uchun foydalaniladi.
  • Faoliyatini toʻxtatgan nemis aviakompaniyasi DBAning (dastlabki nomi Deutsche BA) aeroport hududida va Hallbergmoosda bosh ofisi boʻlgan.
  • Bavariya yeri politsiyasining vertolyot operatsiyalari boʻlimi shu yerda joylashgan.
Yuqori