Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Aegean Airlines S. A. — (yunoncha Αéróría ΑιαουΕ, Egey havo yoʻllari deb tarjima qilinadi LSE: 0OHY) — Gretsiyadagi eng yirik aviakompaniyalardan biri boʻlib, A

Aegean Airlines

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Aegean Airlines
IATA ICAO Identifikatori
A3 AEE AEGEAN
Tashkil topgan 1995-yil 2-yanvar (1995-01-02)
Tez uchish dasturlari Miles+Bonus
Alyansi Star Alliance
Shoʻba korxonalari
  • Animawings (51%)
  • Olympic Air
Park hududi 56
Parvoz yoʻnalishlari 144
Xalqaro xavfsizlik raqami GRS495003006
Bosh qarorgohi Afina xalqaro aeroporti, Spata, Gretsiya
Muhim shaxslar
  • Dimitrios Gerogiannis (Boshqaruvchi direktor)
  • Eftichios Vassilakis (Rahbar)
Yillik daromadi €1.34 billion (FY 2022)
Operativ foyda €141.3 million (FY 2022)
Kirim €106.8 million (FY 2022)
Aktivlari €1.540 billion (FY 2021)
Majburiyatlari €213.6 million (FY 2021)
Xodimlar soni 2.445
Sayti aegeanair.com

Aegean Airlines S. A. — (yunoncha Αéróría ΑιαουΕ, Egey havo yoʻllari deb tarjima qilinadi LSE: 0OHY) — Gretsiyadagi eng yirik aviakompaniyalardan biri boʻlib, Afina va boshqa Gretsiya shaharlaridan xalqaro va Gretsiyaning oʻzida ichki reyslarini amalga oshiradi. Aviakompaniyaning bosh qarorgohi va asosiy boshqaruv markazi ham Afinada joylashgan.

U Star Alliancening toʻliq aʼzosi hisoblanadi. Afinadagi asosiy aeroporti Eleftherios Venizelos hisoblanib, Saloniki-Makedoniya aeroportida qoʻshimcha qoʻnish markazlari ham mavjud. Yoz mavsumida Gretsiyaning boshqa aeroportlari ham charter va muntazam mavsumiy reyslar uchun aviakompaniyaning bazalariga aylantiriladi.

2018-yilda aviakompaniya 13 milliondan ortiq insonga xizmat koʻrsatgan. 2019-yilda Aegean Airlines Skytrax tomonidan ketma-ket 10-yil davomida Yevropaning eng yaxshi mintaqaviy aviakompaniyasi deb topilgan.

2013-yildan beri Aegean Airlines, koʻplab urinishlaridan soʻng, Yevropa Komissiyasi tomonidan sotib olinishi maʼqullangan boshqa Gretsiya aviakompaniyasi Olympic Airning egasiga aylangan. Shuningdek, 2014-yilda aviakompaniya soʻnggi yillarda moliyaviy zarar koʻrayotgan Kipr milliy aviakompaniyasi Cyprus Airwaysni sotib olishga tayyorligini eʼlon qilgan. Biroq, 2015-yil boshida Kipr aviakompaniyasi oʻz faoliyatini toʻxtatgan.


Aviakompaniya tarixi

Aegean Airlines 1987-yilda Egey Aviation nomi bilan tashkil etilgan. Dastlab, uning asosiy faoliyati VIP mijozlarni manziliga yetkazish, shuningdek, tez tibbiy yordam rolida maxsus parvozlarni amalga oshirishdan iborat boʻlgan. 1992-yilda Egey Aviation Gretsiyada maxsus sertifikat olgan birinchi xususiy aviakompaniya boʻlgan. Keyinchalik, 1994-yilda aviakompaniya Vassilakis kompaniyalar guruhi bilan birlashgan va Learjet bilan hamkorlikda yangi samolyotlarni sotib olib, butun dunyo boʻylab muntazam reyslarni amalga oshira boshlagan.

1999-yilda aviakompaniya qayta tashkil etilgan va yangi „Egean Airlines“ nomi bilan parvozlarni amalga oshira boshlagan. Oʻsha yili flot uchta British Aerospace Avro RJ100 toʻrt dvigatelli samolyotlarini xarid qilgan. Xarid qilinga samalyotlarda kompaniya Afinadan Saloniki, Rodos, Aleksandrupolis, Kerkira va Iraklionga har kuni parvozlarni amalga oshira boshlagan. 1999-yil dekabr oyida aviakompaniya Air Greece aviakompaniyasini sotib olgan, shundan soʻng Egey havo yoʻllari parkiga uchta ATR 72 turboprop xarid qilingan.

2001-yil aprel oyida Aegean Airlines boshqa yunon aviakompaniyasi Cronus Airlines bilan birlashish shartnomasini imzolagan. Aviakompaniyaning parvoz geografiyasi Gretsiyadagi 11 ta va Yevropadagi 7 ta yoʻnalishdan iborat boʻlgan. Oʻsha yilning noyabr oyida Egey oʻz samolyotlarida biznes-klass xizmatini ishga tushirgan.

2004-yilga kelib Aegean Airlines ATR 72 samolyotlaridan foydalanishni toʻxtatdi. Kompaniya parki Cronus Airlines kompaniyasidan olingan oltita BAe 146 va oʻn uchta Boeing 737-300/400 samolyotlaridan iborat yangi tarkibga ega boʻldi. 2005-yilda aviakompaniya bir nechta Airbus A320 samolyotlarini xarid qilishga katta buyurtma bergan, ularning dastlabki uchtasi 2007-yilda yetib kelgan.

2005-yil oxiridan beri Egean Lufthansa bilan kodli hamkorlikni olib bormoqda, uning doirasida aviakompaniya oʻz yoʻlovchilariga nemis tashuvchisidan Miles & More bonus dasturini taklif qilib kelmoqda. 2009-yilga kelib, Aegean Airlines shuningdek, Brussels Airlines,TAP Portugal bilan shartnomalar imzolagan.

2009-yilda aviakompaniya 6 600 000 yoʻlovchini xizmat koʻrsatgan, bu oʻsha yili Gretsiyadagi Egey Havo Yoʻllarining asosiy raqobatchisi Olympic Airlines kompaniyasidan deyarli bir yarim million koʻp natija boʻlgan, Olympic Airlines oʻsha yili 5 265 729 yoʻlovchiga xizmat koʻrsatgan edi.

2010-yil 30-iyun Egey havo yoʻllari rasmiy ravishda Star Alliance aʼzosiga aylangan.

Olympic Air bilan birlashish

2010-yil fevral oyida Aegean Airlines kompaniyasining asosiy raqobatchisi Olympic Air bilan birlashishi boʻyicha birinchi aksiyadorlar muhokamasi boʻlib oʻtgan. Ushbu birlashish yangi aviakompaniyaning Yevropa havo transporti bozoridagi ishtirokini kengaytirishi rejalashtirilgan edi.

2010-yil iyun oyining oxirida Egean Airlines Star Alliancega qoʻshilgan, bu esa oʻz navbatida Egey Airlinesning Olympic Air bilan birlashishini toʻliq taʼminlagan.

Biroq, 2011-yil 26-yanvarda Yevropada monopoliyaga qarshi boʻlgan xavotirlar asosida ikki kompaniyaning birlashishini taqiqlandi. Yevrokomissiyaning monopoliya boʻyicha komissari Xoakin Almuniyaning aytishicha, aviakompaniyalarning birlashishi Gretsiya havo sayohati bozorida yirik monopoliyaga olib keladi, bu esa aviachiptalarning oshishiga va yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifatining pasayishiga olib keladi. Ikkala aviakompaniya ham ichki reyslarning qariyb 96 foizini qamrab olganiga alohida urgʻu berib oʻtgan. Aviakompaniya rahbarlarining oʻzlari Yevropa Komissiyasining qaroriga qatʼiyan norozilik bildirishadi, oʻz pozitsiyalarini agar aviakompaniyalar birlashadigan boʻlsa aviakompaniya rahbariyati qarori bilan 2 yil davomida chiptalar narxini oshirmasligiga kafolat berishadi.

2012-yil 21-oktabrda Aegean Airlines nihoyat rasmiy ravishda asosiy raqobatchisi Olympic Airni 72 million yevroga sotib olganligini eʼlon qilgan. Shartnomaga koʻra, Olympic Air ikki aviakompaniyaning tijorat va texnik operatsiyalarini birlashtirib oʻzining toʻliq brendini saqlab qolgan holda Egeyning toʻliq shoʻba korxonasiga aylangan edi.

Korporativ maʼlumotlar

Boshqaruv va rahbarlar

Aegean Airlinesning 2019-yildagi yoʻnalishlari roʻyhati
  Gretsiya
  Yil davomida
  Mavsumiy

Aviakompaniya rahbari Teodoros Vassilakis hisoblanadi. Kompaniyaning bosh ofisi Afinaning Kifissiya hududida joylashgan.

2004-yildan beri Aegean Airlines Afina fond birjasida roʻyxatda turadi. Aviakompaniya London fond birjasida ham roʻyxatga olingan. 2013-yil oktabr holatiga koʻra Aegean Airlines aksiyalari quyidagi kompaniyalarga tegishli:

  • 38,69% — aviakompaniya rahbari Teodoros Vassilakisga tegishli
  • 9,48% Alnesco Enterprises Company Limited kompaniyasiga tegishli
  • 9,48% — Siana Enterprises Company Limited kompaniyasiga tegishli
  • 9,46% — Autohellas SAga tegishli
  • 6,39% — Konstantakopoulos Axilleas

Egey aviakompaniyalari Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi va Yevropa havo yoʻllari assotsiatsiyasining aʼzosi hisoblanadi.

Koʻrsatkichlar

Aegean Airlines Learjet 60

Quyida 2007-yildan 2022-yilgacha boʻlgan davrda kompaniyaning asosiy moliyaviy va boshqa koʻrsatkichlari jadval keltirilgan:

2007 2008 2009 2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022
Pul aylanmasi (€m) 482 611 622 591 668 653 682 911 983 1,020 1,127 1,187 1,308 415 675 1,336
Sof foyda (€m) 35.8 29.5 23.0 −23.3 −27.2 −10.5 66.3 80.4 68.4 32.2 60.4 67.9 78.5 −227.9 5.1 106,8
Ishchilar soni 1,923 2,142 2,463 1,949 1,615 1,347 1,459 1,678 2,344 2,334 2,493 2,703 2,924 2,699 2,445
Mijozlar soni (m) 5.2 6.0 6.6 6.2 6.5 6.1 6.9 10.1 11.6 12.5 13.2 13.9 15.0 5.2 7.2 12.5
Oʻrindiqlar bandligi (%) 70 70 65.8 68.1 68.9 74.3 79 78.3 76.9 77.4 83.2 83.9 84.8 67.4 65.5 79.8
Samalyotlar soni 23 29 33 26 29 28 30 50 58 62 58 61 62 67 63 69
#

2014-yildan boshlab Olympic Air maʼlumotlari ham jadvalga qoʻshib borilgan.


Yoʻnalish tarmogʻi

Aegean Airlines aviakompaniyasining asosiy markazlari Afina aeroporti va Saloniki aeroporti boʻlib, u yerdan barcha rejalashtirilgan ichki va xalqaro reyslarning asosiy qismi amalga oshiriladi. Shuningdek, parvozlarning katta qismi Gretsiyaning boshqa shaharlari: Iraklion, Rodos, Kos, Aleksandrupolis, Mikonos, Xaniya, Santorini, Midilli, Kerkira, Kalamata, Xios, Skyros va Ioannina shaharlaridan ham amalga oshiriladi.

Xalqaro miqyosda Aegean Airlines Gretsiyadan Avstriya, Armaniston, Belgiya, Buyuk Britaniya, Vengriya, BAA, Gruziya, Germaniya, Polsha, Italiya, Ispaniya, Isroil, Livan, Turkiya, Fransiya, Finlandiya, Shveysariya, Chexiya, Ukraina va Kiprga parvozlar amalga oshiriladi.

Aegean Airlines aviakompaniyasi Rossiyada ham oʻz faoliyatini yuritadi, Afina va boshqa Gretsiya kurortlaridan muntazam ravishda Moskvaga, Domodedovo aeroporti orqali va yozgi charter reyslarini Sankt-Peterburg, Qozon, Rostov-na-Donga amalga oshiradi.

2015-yilning yozida Irakliondan Kishinyovga charter reyslari ham amalga oshirila boshlangan.

Codeshering shartnomalari

Aegean Airlines kompaniyasi quyidagi aviakompaniyalar bilan codshering shartnomalariga ega:

  • airBaltic
  • Bulgaria Air
  • EgyptAir
  • Emirates
  • Ethiopian Airlines
  • Hainan Airlines
  • LOT Polish Airlines
  • Lufthansa
  • Oman Air
  • Scandinavian Airlines
  • S7 Airlines
  • Singapore Airlines
  • Swiss International Air Lines
  • TAP Air Portugal
  • TAROM
  • Volotea

Aegean Airlines shoʻba korxonasi Olympic Air bilan birlashgandan soʻng, faqat mahalliy Karpatos, Sitia, Kalymnos, Leros kabi shaharlarga mahalliy reyslarni amalga oshira boshlagan.

Flot

Aegean Airlines Airbus A320neo
Aegean Airlines Airbus A320-200
Airbus A321-200



Xozirgi flot

2023-yil mart holatiga koʻra, Aegean Airlines quyidagi samolyotlardan iborat Airbus parkiga ega:

Aegean Airlines floti
Samalyot Faoliyat koʻrsatadi Buyurtma soni Yoʻlovchi sigʻimi Eslatma Man.
Airbus A319-100 1 144
Airbus A320-200 27 174
Airbus A321-200 6 206
Airbus A320neo 10 24 180 2026-yilgacha yetkazib beriladi.
Airbus A321neo 12 220
Jami 56 24

Yuqoridagi samolyotlarga qoʻshimcha ravishda, Aegean Airlines Learjet 60 samalyotidan ham foydalanadi. Samolyot VIP xizmatlarini koʻrsatish va rejadan tashqari parvozlarni amalga oshirish maqsadida foydalaniladi.

Kelajak floti

Aviakompaniya oʻz tarixida aviaparkiga nisbatan ikkita strategik harakatni amalga oshirgan. Birinchisi, barcha turbovintli samolyotlarni parkdan chiqarib yuborgan bu 2004-yil may oyida amalga oshirilgan. 2005-yil dekabr oyida sakkizta Airbus A320 samolyotiga buyurtma bergan.

2014-yil martiga kelib, butun parkdagi yoʻlovchi kabinalari yangi choʻziladigan Aviointeriors Columbus Two oʻrindiqlari bilan jihozlangan boʻlib, ular yupqaroq va yengilroq boʻlib, qoʻshimcha qator qoʻshish imkonini bergan. 2014-yilda Aegean Airlines oʻz parkiga qoʻshish uchun yettita yangi Airbus A320 (hozirgi dvigatel varianti) samolyotini xarid qilgan va Airbu A320 xarid qilishning birinchi bosqichi yakunlangan, yetkazib berishning ikkinchi bosqichi 2016-yil boshida yakunlangan. 2018-yilning iyun oyida Egean oʻsha yilning mart oyida imzolangan oʻzaro memorandumdan soʻng, Airbus bilan 10 ta A321neo va 20 ta A320neo sotib olish shartnomasini imzolagan.

Tarixiy flot

Hozirgi samolyotlariga qoʻshimcha ravishda, Egey Airlines ilgari quyidagi samalyotlardan foydalangan:

  • ATR 72-200
  • ATR 72-500
  • Boeing 737-300
  • Boeing 737-400
  • British Aerospace 146
Yuqori