![]() | |||||||
| |||||||
| Tashkil topgan | 8-fevral, 1919-yil (Société Générale des Transports Aériens sifatida) | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Boshlangan amaliyotlari | 30-avgust, 1933-yil (Air France sifatida) | ||||||
| Havo tuguni | Paris–Sharl de Goll | ||||||
| Fokus shaharlari |
| ||||||
| Tez uchish dasturlari | Flying Blue | ||||||
| Alyansi | SkyTeam | ||||||
| Shoʻba korxonalari |
| ||||||
| Park hududi | 226 | ||||||
| Parvoz yoʻnalishlari | 184 | ||||||
| Egasi | Air France-KLM | ||||||
| Bosh qarorgohi | Roissypôle, CDG aeroporti, Tremblay-en-France, Fransiya | ||||||
| Muhim shaxslar |
| ||||||
| Yillik daromadi | €16.3 milliard (2022) | ||||||
| Operativ foyda | €483 million (2022) | ||||||
| Xodimlar soni | 38 000 | ||||||
| Sayti | airfrance.com | ||||||
Air France (fransuzcha talaffuzi: [ɛːʁ fʁɑ̃s], yuridik nomi Société Air France, S. A.) – Fransiyaning flagman aviakompaniyasi. Bosh ofisi Tremblay-en-France kommunasida joylashgan. Air France-KLM aviaholdingining shoʻba korxonasi va SkyTeam aviakompaniyalar alyansining asoschilaridan biri hisoblanadi. 2013-yil holatiga koʻra, Air France mamlakat ichida 29 yoʻnalishda, jahon boʻylab esa 78 mamlakatdagi (Fransiyaning dengizorti hududlari va departamentlari bilan 93 davlat) 201 yoʻnalishda muntazam yoʻlovchi va yuk reyslarini amalga oshiradi. 2019-yil 46 803 000 yoʻlovchiga xizmat koʻrsatgan. Aviakompaniyaning global habi Sharl de Goll aeroportida, mahalliy habi esa Orli aeroportida joylashgan. Korporativ bosh qarorgohi ilgari Parijning Montparnasse hududida joylashgan edi, hozirda esa Parij shimolidagi Sharl de Goll aeroporti hududida, Roissypôle majmuasida joylashgan.
Air France 1933-yil 30-avgustda Air Orient, Air Union, Compagnie Générale Aéropostale, Compagnie Internationale de Navigation Aérienne (CIDNA) va Société Générale de Transport Aérien (SGTA) kompaniyalari birlashuvi natijasida tashkil topgan. Sovuq urush davrida, 1950—1990-yillarda Germaniyadan muntazam parvozlar amalga oshiruvchi uchta asosiy aviakompaniyalardan biri boʻlgan va parvozlarni Gʻarbiy Berlinning Tempelhof va Tegel aeroportlaridan amalga oshirgan. 1990-yil Fransiyaning mahalliy aviatashuvchisi Air Inter va xalqaro bozordagi raqibi UTA – Union de Transports Aériensning reyslarini oʻziga qoʻshib oldi. 2003-yilda Niderlandiyaning KLM aviakompaniyasi bilan birlashgunga qadar yetmish yil davomida Fransiyaning asosiy milliy flagman aviakompaniyasi vazifasini bajargan.
2018-yil Air France va uning mintaqaviy shoʻbasi Hop 51,4 million yoʻlovchi tashidi. Air France uzoq masofali yoʻnalishlarga keng fyuzelajli Airbus va Boeing reaktiv samolyotlaridan iborat aralash aviaparkdan, qisqa masofalarga esa A320 oilasiga kiruvchi qisqa fyuzelajli samolyotlar parkidan foydalanadi. 2009-yil 20-noyabrda Parij—Nyu-York reysi bilan Airbus A380 samolyotidan foydalanishni boshladi. Air France Hop (ilgari HOP! Deb yuritilgan) mahalliy va Yevropa yoʻnalishidagi muntazam reyslarida, asosan, mintaqaviy samolyotlar parkidan foydalanadi.
Hamkor aviakompaniyalari
- Air Astana
- Air Mauritius
- Air Seychelles
- Air Tahiti Nui
- Armavia
- Austrian Airlines
- AZAL
- British Airways
- Bulgaria Air
- CCM Airlines
- Cityjet
- Croatia Airlines
- Finnair (Oneworld)
- Japan Airlines
- Luxair
- Maersk Air
- Middle East Airlines
- Portugália
- Qantas
- Rossiya
- Royal Air Maroc
- Styrian Spirit
- SWISS
- TACA
- TAM
- Tunisair
- Aeroflot
SkyTeam alyansi hamkorlari:
- Aeroflot
- Aeroméxico
- Air Europa
- Alitalia
- China Eastern Airlines
- China Southern Airlines
- CSA Czech Airlines
- Delta Air Lines
- Garuda Indonesia
- Kenya Airways
- KLM
- Korean Air
- Saudi Arabian Airlines
- TAROM
- Vietnam Airlines
Aviaparki
Yoʻlovchi aviaparki


2021-yil iyul oyi holatiga koʻra, Air France aviaparkining oʻrtacha yoshi 14,7 yil boʻlgan 214 ta samolyotdan iborat:
| Tasvir | Samolyot rusumi | Miqdori | Buyurtma qilingan | Sigʻim |
|---|---|---|---|---|
![]() | Airbus A220-300 | 25 | 35 | 149 |
![]() | Airbus A318 | 9 | 0 | 131 |
![]() | Airbus A319 | 15 | 0 | 142 |
![]() | Airbus A320-200 | 39 | 0 | 172 |
![]() | Airbus A321-100/200 | 4/14 (18) | 0 | 206 |
![]() | Airbus A330-200 | 15 | 0 | 219 (40/179) |
![]() | Airbus A350-900 | 20 | 21 | 324 (34/24/266) |
![]() | Boeing 777-200ER | 18 | 0 | 264 (4/49/211) |
![]() | Boeing 777-300ER | 43 | 0 | 310 (8/67/235) 325 (8/67/250) 472 (14/36/422) |
![]() | Boeing 787-9 | 10 | ||
| Jami: | 212 | 56 |
Yuk aviaparki
| Tasvir | Samolyot rusumi | Miqdori |
|---|---|---|
![]() | Boeing 777-200F | 2 |

Avval foydalanilgan samolyotlar
- Aerospatiale-BAC Concorde
- Airbus A340
- Airbus A380
- Bleriot 5190
- Bloch 220
- Boeing-707
- Boeing-727
- Boeing 747
- Breguet 763
- Convair 990
- de Havilland Comet
- Dewoitine 338
- Douglas DC-3
- Douglas DC-4
- Farman 2200
- Lockheed Constellation
- Sud Aviation Caravelle
- Sud-Est SE-161 Languedoc
- Vickers Viscount
- Wibault 282
Adabiyotlar
- Rocher, Alexis (October 2023). "Les 90 ans d'Air France: Première partie 1933–1939" (fr). Le Fana de l'Aviation (647): 48–59. ISSN 0757-4169.
- Air France–KLM
- Fransiya aviakompaniyalari
- Aviatsiya haqidagi chala maqolalar