Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Bezmiâlem Sulton (shuningdek, Bazimialam tarzida yozilgan, usmonli turkcha: بزم عالم سلطان‎‎; taxminan"}]],"parts":[{"template":{"target":{"wt":"Circa","href":"

Bezmiâlem Sulton

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bezmiâlem Sulton

Dolmabahçe masjidi
(Bezmialem Volida Sulton jome masjidi)
Usmoniylar davlati Volida Sultoni
Tenure 1839-yil 2-iyul – 1853-yil 2-may
Oʻtmishdoshi Nakşidil Sultan
Davomchisi Pertevniyal Sulton
Tugʻilishi tax. 1807
Gruziya
Vafoti 1853-yil 2-may
Dafn etilgan joy
Mahmud II maqbarasi, Çemberlitaş, Fotih, Istanbul
Turmush oʻrtogʻi
Mahmud II
(turm. 1822; vaf. 1839)
Farzandlari Abdulmajid I
Toʻliq nomi
turkcha: Bezmiâlem Sulton
usmonli turkcha: بزم عالم سلطان
Uy Usmoniylar (nikoh orqali)
Dini Islom, sunniylik

Bezmiâlem Sulton (shuningdek, Bazimialam tarzida yozilgan, usmonli turkcha: بزم عالم سلطان; tax. 1807-yilda tugʻilgan – 1853-yil 2-mayda vafot etgan) – Usmoniylar imperiyasi sultoni Mahmud II ning xotini, sulton Abdulmajid I ning onasi, Volida Sulton.

Yoshligi

Bazimialam deb ham atalgan Bezmiâlem Kadın 1807-yilda Gruziyada tugʻilgan. Sulton Mahmud II ning oʻgay singlisi va uning eng sevimli maslahatgoʻyi Asmo Sulton tomonidan tarbiyalangan. Saroy haramiga kirishidan avval baquvvat ayol boʻlgani va hammom xizmatchisi boʻlgani aytiladi. Yuzi goʻzal, qoʻllari esa gʻoyat oq rangli va chiroyli ayol boʻlgan. Bazimialam rasmiy taʼlim olmagan boʻlsa-da, juda aqlli ayol edi. 1822-yilda u sulton Mahmudning xotinlaridan biriga aylangan va unga „Uchinchi Kadın“ unvoni berilgan. 1832-yilda esa „Ikkinchi Kadın“ unvoniga koʻtarilgan. 1823-yil 25-aprelda Bazimialam oʻzining yagona oʻgʻli, boʻlajak sulton Abdulmajid I ni dunyoga keltirgan.

Volida Sulton

Dastlabki yillari

1839-yilda Abdulmajid I taxtga chiqqach, uning onasi Bazimialam Volida Sulton boʻldi. Baʼzi manbalarda uning eri sulton Mahmud sil kasalligiga chalingani uchun emas, balki ichkilikbozlikka berilishi tufayli vafot etgani aytiladi. Shu sababdan ham Bazimialam Abdulmajidni otasining sharob omborlarini yoʻq qilishga koʻndirgan, deb xabar beriladi. Oʻgʻli taxtga chiqqan paytida atigi 16 yoshda boʻlgani uchun Bezmialem uning regenti boʻlmagan boʻlsa-da, davlat boshqaruvida unga yordam bergan. Bezmialem oʻta oq rangli, toʻq sargʻish-sochli ayol edi. Qomati nozik, barmoqlari juda chiroyli b’lgan. Oʻgʻli taxtga oʻtirganda 31 yoshda edi va shu sababli Volida Sulton sifatida juda yosh koʻrinardi.

1842-yilda Abdulmajid onasi uchun Yıldız saroyida yangi xonalar qurishni buyurdi. Oʻsha paytda Usmoniylar imperiyasida urf boʻlgan fransuz uslubida jihozlangan bu xonalar „Kasr-i Dilkushâ pavilyoni“ deb atala boshlandi. Qurilish ishlari Bazimialamning vafotidan keyin yakunlandi. Charles White 1844-yilda Bazimialamning daromadlarining bir qismi fuqarolik roʻyxatidan yillik toʻlov, bir qismi esa „hadya va jamgʻarmalar mevasi“dan iborat boʻlganini yozgan. Tarixchi uning yillik jami daromadini 100 000 ingliz funtiga baholagan.

Bazimialam aqlli, yoqimli va xayriya ishlariga mehr qoʻygan ayol sifatida shuhrat qozondi va tarixdagi eng sevimli va hurmatli Volida Sultonlardan biri boʻldi. Bundan tashqari, ayrim elchilar uni asrlar ichidagi eng nufuzli Volida Sulton deb ataganlar.

Abdulmajidga taʼsiri

Bazimialam oʻgʻli Abdulmajidning ustidan katta taʼsirga ega edi. Uning haramdagi hukmron mavqei va oʻgʻliga nisbatan tas’ir kuchi Abdulmajid 1850-yilda Onadoʻliga safarga ketgan chogʻida unga yozgan xatlarida yaqqol koʻrinadi. U xatlarida oila aʼzolarining Abdulmajidni ketish chogʻida qanday kuzatgani haqida yozgan. Bazimialam tez-tez oʻgʻliga xatlar yozib turgan, yozuvlardagi xatolar Bazimialamning kelib chiqishi sodda oiladan boʻlganini, rasmiy taʼlim olmaganini koʻrsatib turgan boʻlsa-da, Abdulmajid ularga vositachilarsiz shaxsan oʻzi javob qaytargan. Bazimialamning shaxsiy muhrida: „Devletlü, ifetlü Valide Sultan-ı âlişan Hazretleri“ degan yozuv, ikkinchi, yanada dabdabaliroq muhrida esa: „Muhabbetten Muhammed oldu hâsılhammed Muhabbetten oldu hâsılhammed Muhabbetten old Hâmâmâmuza“ degan satrlar bitilgan edi. Abdulmajid Istanbulni tark etganida poytaxt boshqaruvini onasiga topshirgan.

Boshqa xatlarida esa Bazimialam kadınlarning barchasi sulton haqida soʻrayotgani, bolalarni shaxsan oʻzi hammomga olib borgani, hamma uning uchun duo qilayotgani haqida yozgan. U oʻgʻlining sogʻligidan xabardor boʻlishni istagan. Oʻgʻli yuborgan matolarni kadınlarga, opa-singillari va ukalariga tarqatib chiqqanini yozgan. Bazimialam oʻgʻliga yoʻllagan maktublarida iqbollaridan birining egizak oʻgʻil tugʻganini xabar qilgan va nihoyat uning qaytishini nishonlashga tayyorgarliklar haqidagi quvonchli soʻzlar bilan yakunlagan.

Meʼmorchilik

Boshqa nufuzli Usmoniylar ayollariga oʻxshab Bazimialam ham sanʼat va meʼmorchilik homiysi edi. 1845-yilda u Oltin Shox ustida „Cisr-i Jadid“ (Yangi koʻprik) va „Volida koʻprigi“ nomi bilan mashhur boʻlgan yogʻoch koʻprik qurdirgan. Oʻsha yili Bazimialam Yenibahçeda „Gurebâ-yi Müslimîn“ kasalxonasi, favvora va masjidini ham bunyod ettirgan. Shuningdek, u Makkada yana bir „Gurebâ-yi Müslimîn“ kasalxonasini bunyod ettirgan.

Bazimialam Istanbul boʻylab koʻplab chashmalar qurdirdi. Ulardan birinchisi 1839-yilda Abdulmajid taxtga chiqishi bilan Beshiktosh-Machkada barpo etildi. Ikkinchisi 1841-yilda Silivrikapining Uzunyusuf mahallasida qurildi. „Ülçer favvorasi“ nomi bilan mashhur boʻlgan uchinchi favvora 1843-yilda Sultonahmetdagi Ülçer mahallasida barpo etildi. Oʻsha yili u Topkapıda yana bir favvora qurdirgan. 1846-yilda Beshiktoshning Jihannuma mahallasida yana bir favvora qad rostladi. 1852–1853-yillarda Tarabya mahallasida ham favvora qurildi. Yana ikkita favvoralar Alibeykuyda va Galata minorasi yaqinida, „Bereketzoda favvorasi“ nomi bilan mashhur joyda barpo etilgan.

Bazimialam Sulton 1841-yilda Silivrikapidagi Abdulloh ogʻa favvorasini, oʻsha yilning oʻzida Qosimposhodagi yana bir favvorani va 1851-yilda Topkapıdagi Mehmed II Fotih favvorasini taʼmir ettirdi. Shuningdek, yana 3 ta sevil qurdirgan boʻlib, ulardan 2 tasi Madinada joylashgan. Biri Hamza ibn Abdulmuttalib qabri tomon yoʻlda, ikkinchisi esa 1851-yilda shu yoʻldagi Damashq darvozasi tashqarisida, „Sevil bogʻi“ deb atalgan joy yaqinida qurilgan. Uchinchi sevil Husayn ibn Alining Karbalodagi maqbarasi hovlisida barpo etilgan.

Bezmiâlem Sultonning Dolmabahçe masjidi

1850-yilda Bazimialam umr yoʻldoshi sulton Mahmudning maqbarasi yaqinida „Dârülmaârif“ (Volida maktabi)ni tashkil qildi. Bu muassasa davlat idoralari uchun ham, Dorilfununga boʻlgan ehtiyojni qondirish uchun ham davlat xizmatchilarini tayyorlar edi. Maktabda litografiya bosmaxonasini ham yoʻlga qoʻyib, uning kutubxonasiga Victor Hugo, Lamartin, Bodler va Gustave Flaubert kabi fransuz mualliflarining 546 jild qimmatli asarlarini tuhfa qildi. 1933-yildan beri Istanbul qizlar gimnaziyasi aynan shu binoda faoliyatini davom ettirmoqda. Uning yaqinida boshlangʻich maktab ham ochilgan. Bazimialam Beykozda yana bir maktab, 1841-yilda esa Edirnekapı Molla mahallasining Akshi qismini ham oʻz ichiga olgan hududda yana bir boshlangʻich maktab ochgan.

Bazimialam, shuningdek, Dolmabahçe saroyi yaqinida Dolmabahçe masjidini ham bunyod ettirdi. Masjid loyihasini Garabed Balyan va uning oʻgʻli Nigoğayos Balyan ishlab chiqqan. Masjid kichik, biroq baland gumbazli namozxona va uning oldidagi haqiqiy saroy koʻrinishidagi keng pavilyondan iborat. Meʼmorchilik uslubi butunlay neoklassik boʻlib, masjidning minorasi balkonigacha Korinf ustunlari tarzida loyihalashtirilgan. Masjid qurilishi Bazimialam hayotligida boshlangan boʻlsa-da, uning vafotidan keyin yakuniga yetgan.

Vafoti

Bazimialam Sulton 1853-yil 2-mayda Beshiktosh saroyida oʻsha paytda Istanbulda avj olgan sil kasalligidan vafot etgan. Vafotidan keyin eri sulton Mahmud II maqbarasiga, Istanbulning Divanyolu koʻchasida dafn qilingan.

Farzandlari

Sulton Mahmud va Bezmiâlemning 1 oʻgʻli boʻlgan:

Yana qarang

Adabiyotlar

  • Uluçay, M. Chagatoy. Padishohlarning ayollari va qizlari. Ötüken, 2011. ISBN 978-9-754-37840-5. 
  • Sakaoğlu, Najdat. Bu mulkning ayol sultonlari: Valide sultonlar, xotunlar, hasekilar, qadin efendilar, sulton efendilar. Oğlak Yayıncılık, 2008. ISBN 978-6-051-71079-2. 
  • Davis, Fanni. Usmonli xonimi: 1718–1918-yillardagi ijtimoiy tarix. Greenwood Publishing Group, 1986. ISBN 978-0-313-24811-5. 
Yuqori