| Soib Tabreziy | |
|---|---|
| Asl ismi | صائب تبریزی |
| Tavalludi | 1601-yil Isfahon, Eron |
| Vafoti | 1677-yil |
| Ijod qilgan tillari | Ozarbayjon tili va Fors tili |
| Fuqaroligi | Safaviylar davlati |
| Janr | gʻazal |
Soib Tabriziy (taxallusi; asl ism-sharifi Mirzo Muhammad Ali) (1601 — Eron, Isfahon —1677) — ozarbayjon shoiri. Asosan, fors tilida ijod qilgan. Koʻp sayohatlarda boʻlgan, 8 yil Hindistonda yashagan. Eronga qaytgach, „malik ush-shuaro“ unvoniga sazovor boʻlgan. Shoh Abbos II (1642—66) saroyida yashagan. Harbiy yurishlar haqida sheʼrlar — jangnomalar, didaktik asarlar — pandnomalar, falsafiy mazmundagi gʻazallar yaratgan. Qandahor yaqinidagi janglarga bagʻishlangan „Qandahornoma“ dostoni mashhur. Ozarbayjon tilidagi sheʼrlarida Fuzuliy anʼanalarini rivojlantirgan. Soib shoir sifatida Sharq xalqlari adabiyotlarida koʻplab izdoshlarga ega. Uning katta hajmdagi (120 ming baytga yaqin) sheʼriy merosi nisbatan kam oʻrganilgan.
Adabiyotlar
- Gʻazallar, Boku, 1946.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- Ozarbayjonlik shoirlar
- Tabriz shoirlari