| Ahmad Shomlu | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 12-dekabr 1925-yil Hamadon, Eron |
| Vafoti | 23-iyul 2000-yil (74 yoshda) Eron |
| Ijod qilgan tillari | Fors tili |
| Fuqaroligi | Pahlaviylar davlati va Eron |
Ahmad Shomlu (1925, Hamadon - 2000, Eron) - XX asr Eron adabiyotining zabardast shoirlaridan biri.
Hayoti
Ahmad Shomlu 1925-yil dunyoga kelgan. Uning ilk she'rlari 16 yoshidanoq matbuotda e'lon qilingan. Shoirning birinchi she'riy to'plami "Unutilgan qo'shiqlar" ("Ohanghoi faromushshuda") 1947-yil nashrdan chiqqan. Bu kitobda uning mumtoz she'riy janrlar, Nimo Yushij uslubida yozilgan she'rlari hamda oq she'rlari (qofiyasiz) joy olgan. Shomlu Garsia Lorka, Lui Aragon, Pol Elyuar, Gor Syulorko, Vladimir Mayakovskiy asarlarini tarjima qilib, o'zining she'riy dunyosini boyitdi. 1958 - yili nashrdan chiqqan "Toza havo" ("Havoi toza") degan kitobida Nimoning iste'dodli izdoshlaridan biri ekanligini ko'rsatdi. U Eronda oq she'r boshlovchisi nomini olgan.
- 12-dekabrda tugʻilganlar
- 1925-yilda tugʻilganlar
- 23-iyulda vafot etganlar
- 2000-yilda vafot etganlar
- Alifbo boʻyicha shoirlar
- Alifbo boʻyicha yozuvchilar
- Adiblar haqidagi chala maqolalar
