Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Suhrob Sipehriy ((forscha: سهراب سپهری‎‎; 1928-yil 7-oktyabr — 1980-yil 21-aprel)) — eronlik shoir, yozuvchi, rassom va faylasuf. U Nimo Yushij, Ahmad Shomlu, M

Suhrob Sipehriy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Suhrob Sipehriy
Tavalludi 6-oktyabr 1928-yil
Koshon, Eron
Vafoti 21-aprel 1980-yil(1980-04-21)
(51 yoshda)
Tehron, Eron
Kasbi shoir, yozuvchi, rassom, faylasuf
Ijod qilgan tillari Fors tili
Fuqaroligi Pahlaviylar va Interim Government of Iran

Suhrob Sipehriy ((forscha: سهراب سپهری; 1928-yil 7-oktyabr — 1980-yil 21-aprel)) — eronlik shoir, yozuvchi, rassom va faylasuf. U Nimo Yushij, Ahmad Shomlu, Mahdiy Axavoni Solis va Furoʻgʻ Farruhzodlar qatori Eron zamonaviy sheʼriyatidagi beshta eng mashhur shoirlardan biri. Uning sheʼrlari ingliz, ispan, fransuz, italyan va boshqa tillarga tarjima qilingan.

Hayoti

Spehriy 1928-yil 7-oktyabrda Eronning Koshon shahrida tugʻilgan. U sanʼat va sheʼriyatni yaxshi tushunadigan oilada oʻsgan. Otasi pochta boʻlimida ishlagan. Bolaligida otasi falaj boʻlib, 1941-yilda vafot etadi. U bir necha yil oʻqituvchi boʻlib ishladi. Keyinchalik Tehron universitetining tasviriy sanʼat fakultetiga oʻqishga kiradi. Oʻqishni tugatgandan soʻng neft kompaniyasida ishga joylashdi va 8 oydan keyin uni tark etdi. Tez orada uning „Ranglarning oʻlimi“ deb nomlangan birinchi sheʼriy toʻplami nashr etiladi. Spehriy 1980-yil 28-aprelda Tehrondagi Pars kasalxonasida vafot etdi va Koshanda dafn qilindi.

Yuqori