- Vikipediyada ismi Rustam va familiyasi Doʻrmonov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Rustam Charshanbiyevich Doʻrmonov | ||
| Tavallud sanasi | 1969-yil 28-yanvar | ||
| Tavallud joyi | Termiz, Oʻz SSR, Soviet Union | ||
| Boʻyi | 1.77 m (5 ft 9 1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| Surxon | |||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1985—1989 | Surxon | 89 | (14) |
| 1990—1991 | Neftyanik Fergana | 80 | (25) |
| 1992—1994 | Neftchi | 73 | (53) |
| 1995 | Paxtakor | 20 | (5) |
| 1996—1997 | Neftchi | 55 | (37) |
| 1999—2000 | Navbahor | 25 | (12) |
| 2000—2002 | Neftchi | 69 | (26) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 1992—2000 | Oʻzbekiston | 14 | (2) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Rustam Charshanbiyevich Doʻrmonov (1969-yil 28-yanvarda tugʻilgan) – Oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, hujumchi ampulasida oʻynagan.
Futbolchilik faoliyati
Doʻrmonov 1985-yildan 1989-yilgacha Sovet Ittifoqi Ikkinchi ligasida „Surxon Termiz“ jamoasida oʻynagan. Jamoadagi oʻyinlari davomida u bir vaqtning oʻzida Sovet Armiyasi safida xizmat qilgan. Harbiy xizmat davrida Tallinning „Zirka“ armiya jamoasi tarkibida oʻynagan. 1990-yilda Fargʻonaning „Neftyanik“ (hozirgi „Neftchi“) jamoasiga koʻchib oʻtgan va 1992—1994-yillarda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi bilan burgalikda ketma-ket uch marta Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritgan. 1994-yilgi MDH kubogida ham qatnashib, „Neftchi“ jamoasini ikkinchi oʻrinni olishida munosib hissa qoʻshgan. 1995-yilda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasida oʻynagan, keyingi yili esa Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga qaytgan va 1997-yil oxirigacha oʻynagan. 1999—2000-yillarda Namanganning „Navbahor“ jamoasida oʻynagan. 2000-yilda yana „Neftchi“ga qaytib kelgan va keyingi yili mamlakat chempioni boʻlgan. 2002-yilgi mavsum yakunlanganidan soʻng, professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Doʻrmonov faoliyatining katta qismini Fargʻonaning „Neftchi“ klubida oʻtkazgan va Oʻzbekiston Oliy ligasida116 ta gol urgan. Doʻrmonov bu natijalari Fargʻonaning „Neftchi“ klubida Yuriy Sarkisyandan keyin eng koʻp gol urgan futbolchiga aylantirgan. Rustam liga va kubok oʻyinlarida jami 133 ta gol urgan xolda Gennadiy Krasnitskiy klubi aʼzosi sifatida tanlangan.
Terma jamoadagi faoliyati
Doʻrmonov futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasidagi debyutini 1992-yil 17-iyun kuni Markaziy Osiyo kubogi doirasida Tojikiston milliy terma jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. 1994-yilda Yaponiyada boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida ishtirok etish uchun terma jamoaga tarkibiga kiritilgan. OFK 1994-yildan boshlash terma jamoalar safiga faqat 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilarni jalb qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan boʻlsa-da, bu turnirga deyarli barcha jamoalar eng kuchli tarkib bilan borgan. Turnirda Rustam Doʻrmonov turnir gʻolibiga aylangan jamoaning asosiy oʻyinchisi boʻlmagan va asosan zaxiradan maydonga tushgan. Turnir yakunida oltin medallarini ham qoʻlga kiritishiga toʻsqinlik qilmagan. Rustam 2000-yilgacha milliy terma jamoada oʻynagan. U terma jamoa safida jami 14 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan. Doʻrmonov 1998-yilgi Jahon chempionati saralashida Yamanga qarshi oʻyinda ham oʻynagan.
Murabbiylik faoliyati
2016-yilning yoz oyida „Navbahor“ klubi bilan shartnoma imzolagan va bosh murabbiylik qilagan. 2017-yilgi mavsumda Xotira-79 klubida bosh murabbiylik qilgan. 2019-yilgi mavsum bir muddat Fargʻonaning „Istiqlol“ klubi murabbiylar shtabida koʻrinish bergan.
Yutuqlar
Klub
- Oʻzbekiston oliy ligasi chempioni (4): 1992, 1993, 1994, 2001
- Oʻzbekiston kubogi sohibi (2): 1992, 1996
- MDH kubogi kumush medal sohibi (1): 1994
Terma jamoa bilan
- Futbol boʻyicha Osiyo oʻyinlari chempioni: 1994-yil
Shaxsiy sarlavha
- Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi 2-oʻrin: 1993 yil
- Oʻzbekiston Superligasining eng yaxshi toʻpurari: 1993 (26 gol)
- Gennadiy Krasnitskiy klubi: 172 gol
- „Shuhrat“ medali sohibi
Shaxsiy hayoti
Rustam Doʻrmonovning akasi Abdusamad Doʻrmonov va ukasi Ravshan Doʻrmonov ham futbolchi boʻlgan. 1992-yilgi mavsumda uch aka-uka bir vaqtning oʻzida „Neftchi“ (Fargʻona) klubi tarkibida oʻynagan.
- 28-yanvarda tugʻilganlar
- 1969-yilda tugʻilganlar
- Termizda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Fargʻona sport kishilari
- Futboldagi erkak hujumchilar
- SSSR erkak futbolchilari
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Surxon klubi futbolchilari
- Neftchi (Fargʻona) futbolchilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Navbahor futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Futbol boʻyicha Osiyo oʻyinlari sovrindorlari
- Oʻzbekiston uchun Osiyo oʻyinlarida oltin medali sohiblari
- Osiyo oʻyinlari 1994 futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2000 futbolchilari
- Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari
- Oʻzbekiston Pro ligasi murabbiylari
- Oʻzbekiston Superligasi murabbiylari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Paxtakor-79 klubi murabbiylari
- Navbahor klubi murabbiylari
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- Oʻzbekistonning eng yaxshi toʻpurarlari