- Vikipediyada ismi Ravshan va familiyasi Doʻrmonov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Ravshan Chorshanbeyivich Doʻrmonov | ||
| Tavallud sanasi | 1971-yil 4-mart | ||
| Tavallud joyi | TermizOʻzbekiston SSR | ||
| Vafot sanasi | 24-oktyabr 2018-yil (47 yoshda) | ||
| Vafot joyi | TermizOʻzbekiston | ||
| Boʻyi | 176 cm (5 ft 9 1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Vazni | 72 kg | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Faoliyati yakunlangan | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1989 | | 32 | (2) |
| 1990 | | 16 | (2) |
| 1991 | | 21 | (0) |
| 1991 | | 16 | (0) |
| 1992 | | 2 | (0) |
| 1992 | → | 15 | (5) |
| 1993—1995 | | 78 | (32) |
| 1996—1997 | | 22 | (3) |
| 1997—1999 | | 66 | (38) |
| 2000 | | 15 | (2) |
| 2001—2002 | | 53 | (12) |
| 2003 | | ? | (16) |
| 2004 | | ? | (28) |
| 2005 | | ? | (18) |
| 2006 | | ? | (4) |
| Boshqargan klublari | |||
| 2010—2011 | | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2007-yil 1-yanvar uchun) | |||
Ravshan Chorshanbiyevich Doʻrmonov (1971-yil 4-mart, Termiz – 24-oktyabr 2018-yil, Termiz) – Sovet va oʻzbek sobiq futbolchisi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan.
Futbolchilik faoliyati
Ravshan akalari singari faoliyatini Termizning „Surxon“ klubida 1989-yilda boshlagan. Termiz jamoasida bir mavsum oʻynagach 1990-yilgi mavsumda Samarqandning „Dinamo“ klubida oʻynagan. 1991-yilgi mavsumda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasidan taklif olgan va yarim mavsum davomida Fargʻona klubi tarkibida 1991-yilgi SSSR Birinchi ligasida ishtirok etgan. 1991-yilning yoz oyida „Surxon“ jamoasiga qaytib SSSR Ikkinchi ligasi oʻynagan. 1992-yilda yana „Neftchi“ jamoasiga qaytdi va yozgi transfer oynasida Margʻilonning „Atlaschi“ jamoasiga tarkibiga oʻtgan. 1993-yilgi mavsumda Termizga, „Surxon“ klubiga qaytdi va uch mavsum davomida eng yaxshi toʻpurariga aylandi. 1996-yilgi mavsumda Toshkentning „MHSK“ klubi bilan shartnoma imzolagan va bir yarim mavsum davomida Toshkent klubi tarkibida oʻynagan. 1997-yil mavsumning ikkinchi qismida Termizga qaytdi va 2000-yilgacha „Surxon“ klubi tarkibida oʻynagan. 2000-yilgi mavsumda „Buxoro“ jamoasida oʻynagan. 2001—2002-yilgi mavsumda „Surxon“ jamoasida oʻynagan. 2003-yilgi mavsumda Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubida oʻynagan. 2004-yilgi mavsumda Gʻuzorning „Shoʻrtan“ klubida oʻynagan. 2005-yilgi mavsumda „Xorazm“ jamoasida oʻynagan. 2006-yilgi mavsumda Termizga qaytgan va shu yilning oʻzida „Surxon“ klubida faoliyatini yakunlagan.
Murabbiylik faoliyati
Ravshan murabbiylik faoliyatini oʻzining asosiy faoliyati oʻtgan jamoasi, Surxon klubida boshlagan. 2010—2011-yillarda „Surxon“ klubida bosh murabbiylik qilgan. Shundan soʻng Termiz klubida bir necha yil boshqa lavozimlarda ham faoliyat yuritgan. Ravshan 2018-yil 24-oktyabrda Termizda vafot etgan. vafotidan soʻng bir necha bor faxriylar va Ravshan doʻstlari oʻrtasida Ravshan Doʻrmonov xotira turniri oʻtkazildi.
Yutuqlar
- Oʻzbekiston Superligasi uchinchi oʻrin: 1996
- Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2003
- Oʻzbekiston Pro ligasi ikkinchi oʻrin: 1993, 2004
Shaxsiy hayot
Ravshan Doʻrmonovning Ikki akasi Abdusamad va Rustam Doʻrmonov ham futbolchi boʻlib uch aka uka bir vaqtda „Neftchi“ (Fargʻona) klubida oʻynagan.
- 4-martda tugʻilganlar
- 1971-yilda tugʻilganlar
- Termizda tugʻilganlar
- 24-oktyabrda vafot etganlar
- 2018-yilda vafot etganlar
- Termizda vafot etganlar
- Kishilar
- Surxondaryo viloyati kishilari
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari
- SSSR erkak futbolchilari
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Surxon klubi futbolchilari
- Neftchi (Fargʻona) futbolchilari
- Atlaschi FC futbolchilari
- Dinamo Samarqand futbolchilari
- MHSK klubi futbolchilari
- Buxoro klubi futbolchilari
- Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari
- Xorazm futbolchilari
- Shoʻrtan klubi futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari
- Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari
- Surxon murabbiylari
- Oʻzbekiston Pro ligasi murabbiylari