![]() Benatia 2018-yil Jahon chempionati Marokash safida | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Medhi Amine El Mouttaqi Benatia | ||
| Tavallud sanasi | 1987-yil 17-aprel | ||
| Tavallud joyi | Courcouronnes, Fransiya | ||
| Boʻyi | 1.90 m | ||
| Ampluasi | Himoyachi | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2000-2002 | Clairefontaine | ||
| 2002-2003 | Guingamp | ||
| 2003-2005 | Marseille | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2005-2008 | Marseille | 0 | (0) |
| 2006-2007 | Tours (ijara) | 29 | (0) |
| 2007-2008 | Lorient (ijara) | 0 | (0) |
| 2008-2010 | Clermont | 57 | (2) |
| 2010-2013 | Udinese | 80 | (6) |
| 2013-2014 | Roma | 33 | (5) |
| 2014-2017 | Bayern Munich | 29 | (2) |
| 2016-2017 | Juventus (ijara) | 12 | (1) |
| 2017-2019 | Juventus | 28 | (2) |
| 2019-2021 | Al-Duhail | 38 | (1) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2005 | Fransiya U18 | 1 | (0) |
| 2006-2007 | Marokash U20 | 4 | (0) |
| 2009-2019 | Marokash | 66 | (2) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (9-dekabr uchun) | |||
Medhi Amine El Mouttaqi Benatia (1987-yil 17-aprelda tugʻilgan) — sobiq professional futbolchi, markaziy himoyachi sifatida oʻynagan. Benatia xalqaro oʻyinlarda Marokash terma jamoasi sharafini himoya qilgan. U terma jamoa safida 66 ta xalqaro oʻyinda ishtirok etgan va eng muhimi, 20 yil ichida birinchi Jahon kubogida sardorlik qilgan.
Hayoti
Benatia Fransiyaning Kurkuron shahrida marokashlik ota va jazoirlik ona oilasida tug‘ilgan.
Klublardagi faoliyati
Marsel
Benatia 2003-yilda „Marsel“ga kelib qoʻshilgan va ular bilan ilk professional shartnomasini imzolagan. Tours va Lorientda ijarada oʻynaganidan soʻng, u 2008-yilning 1-iyulida Liga 2 klubi „Clermont“ga tekinga oʻtib ketadi.
Udinese
2010-yilning 1-iyulida Benatia A Seriyaning „Udineze Calcio“ klubiga yana erkin agent sifatida oʻtadi. U „Udineze“ safida 80 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan.
Roma
2013-yilning 13-iyulida Benatia 13,5 million yevro evaziga Romaga transfer qilindi va 5 yillik shartnomaga imzoladi. 26-sentyabr kuni Benatia klub safida birinchi golini „Sampdoriya“ga qarshi oʻyinda (2:0) kiritdi.
Bavariya

2014-yil 27-avgustda Myunxenning „Bavariya“ klubi Benatiani 26 million yevro evaziga Roma klubidan transfer qildi va besh yillik shartnoma imzoladi. „Bavariya“dan tashqari Benatia uchun „Manchester City“, "Chelsea", "Barcelona" va "Real Madrid" kabi klublar kurash olib bordi. U „Roma“ni tark etganidan hafsalasi pir boʻlganini aytadi va klub uni pul uchun sotib yuborganligini taʼkidlab oʻtadi. Buni eshitgan „Roma“ prezidenti Jeyms Pallotta gʻazablanib, „poisonous liar“ (yolgʻonchi) boʻlgani uchun uni sotib yuborganini aytib javob qaytaradi.
Yuventus

2016-yilning 15-iyulida Italiya chempioni "Yuventus" Benatiani 3 million yevro evaziga Bavariyadan 17 million yevroga sotib olish huquqi bilan ijaraga oladi. U klubdagi debyutini 27-avgust kuni A Seriya doirasida „Lazio“ ga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazdi.
2017-yilning 10-martida Benatia „Yuventus“ stadionida A Seriya doirasida „Milan“ga qarshi o‘yinda (2:1) „Yuventus“ safidagi ilk golini urdi. 12-may kuni „Yuventus“ Benatiani 2020-yilgacha doimiy ravishda sotib olish imkoniyatidan foydalandi.
Al-Duhayl
2018-2019-yilgi mavsumning birinchi yarmida atigi beshta o‘yinda maydonga tushganidan so‘ng, 2019-yilning yanvar oyida Benatia Qatar Yulduzlar ligasining „Al-Duhail“ klubiga o‘tdi. 28-yanvar kuni „Yuventus“ Benatia transferidan 8 million yevro va bonuslar bilan 2 million yevro ishlab oldi. U 16-fevral kuni Qatar Yulduzlar ligasida „Al-Sayliya“ga qarshi o‘yinda (1:0) „Al-Duhail“ safida debyut qildi.
Fotih Karagümrük
2021-yilning yozida u Turkiya Superligasining „Fotih Karagumruk“ klubiga oʻtdi. U 2021-yil 9-dekabrda professional futbol faoliyatini yakunlashdan oldin oltita ligada oʻynadi.
Terma jamoadagi faoliyat

Benatia Marokash terma jamoasi safida debyutini 2008-yil 19-noyabrda Kasablankadagi Muhammad V stadionida Zambiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (3:0) o‘tkazdi. U oʻzining birinchi golini 2011-yilning 4-iyunida „Stad de Marrakech“ stadionida Afrika Millatlar kubogi-2012 saralash bosqichi doirasida Jazoirga qarshi oʻyinda urdi.
Faoliyat statistikasi
Klub
| Klub | Mavsum | Liga | Mamlakat kubogi | Kontinental | Boshqa | Umumiy | Manba | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| League | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | |||
| Tours (ijara) | 2006-07 | Ligue 2 | 29 | 0 | 1 | 0 | — | 0 | 0 | 30 | 0 | ||
| Lorient (ijara) | 2007-08 | Ligue 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | — | 0 | 0 | 1 | 0 | ||
| Clermont | 2008-09 | Ligue 2 | 27 | 1 | 1 | 0 | — | 0 | 0 | 28 | 1 | ||
| 2009-10 | Ligue 2 | 30 | 1 | 0 | 0 | — | 2 | 0 | 32 | 1 | |||
| Total | 57 | 2 | 1 | 0 | — | 2 | 0 | 60 | 2 | — | |||
| Udinese | 2010-11 | Serie A | 34 | 3 | 0 | 0 | — | — | 34 | 3 | |||
| 2011-12 | Serie A | 27 | 1 | 0 | 0 | 11 | 1 | — | 38 | 2 | |||
| 2012-13 | Serie A | 19 | 2 | 0 | 0 | 6 | 0 | — | 25 | 2 | |||
| Total | 80 | 6 | 0 | 0 | 17 | 1 | — | 97 | 7 | — | |||
| Roma | 2013-14 | Serie A | 33 | 5 | 4 | 0 | — | — | 37 | 5 | |||
| Bayern Munich | 2014-15 | Bundesliga | 15 | 1 | 2 | 0 | 7 | 1 | 0 | 0 | 24 | 2 | |
| 2015-16 | Bundesliga | 14 | 1 | 1 | 0 | 6 | 0 | 1 | 0 | 22 | |||
| Umumiy | 29 | 2 | 3 | 0 | 13 | 1 | 1 | 0 | 46 | 3 | — | ||
| Juventus | 2016-17 | Serie A | 15 | 1 | 1 | 0 | 5 | 0 | 0 | 0 | 21 | 1 | |
| 2017-18 | Serie A | 20 | 2 | 3 | 2 | 8 | 0 | 1 | 0 | 32 | 4 | ||
| 2018-19 | Serie A | 5 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 6 | 0 | ||
| Umumiy | 40 | 3 | 4 | 2 | 14 | 0 | 1 | 0 | 59 | 5 | — | ||
| Al-Duhail | 2018-19 | Qatar Yulduzlar ligasi | 7 | 1 | 1 | 0 | 7 | 1 | — | 15 | 2 | ||
| 2019-20 | Qatar Yulduzlar ligasi | 18 | 0 | 2 | 0 | 6 | 0 | — | 26 | 0 | |||
| 2020-21 | Qatar Yulduzlar ligasi | 13 | 0 | 1 | 0 | 5 | 0 | — | 19 | 0 | |||
| Total | 38 | 1 | 4 | 0 | 18 | 1 | 0 | 0 | 60 | 2 | — | ||
| Fatih Karagümrük | 2021-22 | Süper Lig | 6 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 6 | 0 | |
| Umumiy | 312 | 19 | 18 | 2 | 62 | 3 | 4 | 0 | 396 | 24 | — | ||
Xalqaro
| Terma jamoa | Yil | Oʻyinlar | Gollar |
|---|---|---|---|
| Marokash | 2009 | 7 | 0 |
| 2010 | 4 | 0 | |
| 2011 | 5 | 1 | |
| 2012 | 8 | 0 | |
| 2013 | 7 | 0 | |
| 2014 | 4 | 0 | |
| 2015 | 4 | 0 | |
| 2016 | 4 | 0 | |
| 2017 | 9 | 1 | |
| 2018 | 8 | 0 | |
| 2019 | 5 | 0 | |
| Umumiy | 66 | 2 | |
| No. | Sana | Maydon | Raqib | Hisob | Natija | Competition |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 2011-yil 4-iyun | Stade de Marrakech, Marrakech, Marokash | 1-0 | 4-0 | 2012-yilgi Afrika Millatlar kubogi saralashi | |
| 2 | 2017-yil 11-noyabr | Stade Félix Houphouët-Boigny, Abidjan, Kot-dʼIvuar | 2-0 | 2-0 | 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi |
Yutuqlar

Marsel
- UEFA Intertoto kubogi: 2005-yil
Bavariya
- Bundesliga: 2014-15, 2015-16
- DFB-Pokal: 2015-16
Yuventus
- A Seriya: 2016-17, 2017-18, 2018-19
- Italiya kubogi: 2016-17, 2017-18
- Italiya Superkubogi: 2018-yil
- UEFA Chempionlar ligasi 2-oʻrin: 2016-17
Al-Duhayl
- Qatar Yulduzlar ligasi: 2019-20
- Qatar Amir kubogi: 2019
Shaxsiy sovrinlari
- Yilning CAF jamoasi aʼzosi: 2013, 2014, 2015, 2018
- Mars d’Or (Eng yaxshi Marokash futbolchisi): 2013, 2014
- Yilning eng yaxshi arab futbolchisi El Heddaf: 2015-yil
- „Roma“da mavsumning eng yaxshi futbolchisi: 2013-14
- „Gran Galà del calcio AIC“ eng yaxshi markaziy himoyachi: 2014-yil
- Yevropa sport mediasining Yevropadagi mavsumning eng yaxshi jamoasi aʼzosi: 2013-14
- A Seriyaning yil jamoasi aʼzosi: 2013-14
- Qatar Yulduzlar ligasining eng yaxshi jamoasi aʼzosi: 2019-20
- Globe Soccer Awards yilning eng yaxshi arab futbolchisi: 2014
- France Football Africa Yil jamoasi aʼzosi: 2017
- Goal Afrikaning yil jamoasi aʼzosi: 2018
- IFFHS CAF 2011-2020 oʻn yillikning eng yaxshi erkaklar jamoasi aʼzosi
- IFFHS barcha vaqtlardagi Marokash erkaklar jamoasi aʼzosi
- 17-aprelda tugʻilganlar
- 1987-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Fransiyada tugʻilganlar
- Erkak futbol himoyachilari
- Marokashlik erkak futbolchilar
- Fransiyalik erkak futbolchilar
- Alifbo boʻyicha sportchilar