(dan yoʻnaltirildi)

Avtomat qurol – oʻq otish quroli. U oʻq (snaryad) otilganda hosil boʻlgan porox gazining quvvati bilan oʻz-oʻzidan oʻqlanib otilgani uchun shunday ataladi. U uzluksiz va yakka olish imkonini beradi. Avtomat qurol XIX asrning 2-yarmida paydo boʻlgan.
Quyidagi turlarga boʻlinadi:
- Avtomat pistoletlar – yaqin masofa (50 m)ga oʻq otadigan qurollar;
- Pistolet-pulemyotlar – 300 m gacha masofadagi nishonga zarba beruvchi qurollar;
- Oʻzi oʻqlanuvchi va oʻzi otiluchi avtomat miltiqlar – 600 m ga qadar masofadagi nishonga bittalab otish uchun moʻljallangan. Oʻq bittalab otilganda minutiga 25-30 ta oʻq otish mumkin;
- Qoʻl pulemyotlari – 800 m masofadagi nishonga otishga mo'ljallangan qurollar. Bittalab minutiga 120 donaga qadar oʻq otish mumkin;
- Stanokli pulemyotlar – 1000 m va undan uzoq, (2-2,5 km) masofadagi nishonga zarba berish uchun ishlatiladigan kuchli qurollar. Minutiga 250 ga qadar oʻq otadi. Stanokli pulemyotlar pastroq uchuvchi dushman samolyotlarga zarba bera oladi;
- Yirik kalibrli pulemyot (odatda, kalibri 12,7-15 mm) – tank va samalyotlarga oʻrnatiladigan qurol, havodagi nishonlarga zarba berish, yengil zirh bilan qoplangan nishonlarga qarshi kurashish uchun moʻljallangan qurol;
- Avtomat toʻp (kalibri 20 mm va undan katta) – asosan havodagi nishonlarga zarba berish uchun tank va samolyotlarga oʻrnatiladigan qurol.
Avtomat Fyodorov
Pistolet-pulemyoti Shpagin 41
RPK-74 q’ol pulemyoti
PKM pulemyoti
NSV stanokli pulemyoti
GSh-30-1 avtomat toʻp
Yana qarang
![]() | Urush haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
| Qurol-aslahalar haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
Turkumlar::
- Urush haqidagi chala maqolalar
- Otashli qurollar haqidagi chala maqolalar
- Qurollar
