| Valeriy Bryusov | |
|---|---|
| Valeriy Bryusov 1900-yilda | |
| Tavalludi | 1873-yil 13-dekabr Moskva, Rossiya imperiyasi |
| Vafoti | 9-oktyabr 1924-yil (50 yoshda) Moskva, Sovet Ittifoqi |
| Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi va SSSR |
| Otasi | Yakov Kuzmich Bryusov |
| Onasi | Matryona Bryusova |
Valeriy Yakovlevich Bryusov [1873.1. (13). 12 Moskva 1924-yil, 10-sentyabr] – rus yozuvchisi, dramaturg. Moskva universitetini bitirgan (1899). Ilk sheʼrlari Gʻarb sheʼriyati taʼsirida yozilgan (1894—95). „Durdonalar“ (1895), „Bu – men“ (1897), „Uchinchi qorovul“ (1900) toʻplamlari Bryusov ijodi kamolotidan darak beradi. Mazkur asarlarda uning ijodiga xos ilgʻor xususiyatlar – obrazlarning maromiga yetganligi, har bir sheʼr va butun kitobning qatʼiy kompozitsiyaga egaligi, notiqlik sanʼatining kuchliligi sezilib turadi. „Odamovilar“ (1900—01) dostonida oʻsha davr tuzumi keskin tanqid qilinadi. „Shaharlarga va jahonga“ (1903) toʻplamiga kirgan asarlarida ishchi mehnati madh etiladi. Bryusov XX asr boshlarida rus adabiyotidagi modern va simvolizm oqimi rahnamosi boʻldi. „Gulchambar“ (1906) sheʼriy toʻplami shoirning romantik ruhdagi eng yaxshi asari sanaladi. „Barcha motivlar“ (1909), „Soyalar koʻzgusi“ (1912), „Kamalakning yetti rangi“ (1916) sheʼriy toʻplamlarida rus jamiyatidagi, kishilar ruhiyatidagi oʻzgarishlar tasvirlanadi. „Olov farishta“ (1908), „Zafar mehrobi“ (1913) tarixiy romanlarida zamonaviy voqealarga monand mavzular topa bilgan. „Yer“ dramasida kelajak haqida fikr yuritiladi. „Soʻnggi orzular“ (1920), „Bunday kunlarda“ (1921), „Daqiqa“, „Yiroqyiroqlar“ (1922), „Shoshil“ (1924) sheʼriy toʻplamlarida Bryusov davrga hamnafas shoir sifatida namoyon boʻladi. Bryusov adabiy tanqidchi sifatida ham ijod etgan („Rus sheʼriyatida yangi oqimlar“, 1913; „Sheʼr haqida fan“, 1919; va boshqalar).
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- 13-dekabrda tugʻilganlar
- 1873-yilda tugʻilganlar
- Moskvada tugʻilganlar
- 9-oktyabrda vafot etganlar
- 1924-yilda vafot etganlar
- Moskvada vafot etganlar
- Rossiyalik yozuvchilar
- Sovet yozuvchilari
- Rossiya imperiyasi yozuvchilari
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar