| Bahodir Abdullayev | |
|---|---|
Abdullayev Bahodir Tojimirzayevich | |
| | |
| Oʻzbekiston metallurgiya kombinati aksiyadorlik birlashmasi raisi | |
| Mansab davri 2025-yil avgust | |
| Oʻtmishdoshi | Dilshod Ahmedov |
| Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi vitse-prezidenti | |
| Mansab davri 2025-yil aprel | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1967-yil 5-dekabr Shahrixon, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
| Mukofotlari | |
Bahodir Tojimirzayevich Abdullayev (1967-yil 5-dekabr, Shahrixon, Andijon viloyati) — oʻzbek tadbirkori va sport arbobi. Oʻzbekiston metallurgiya kombinati aksiyadorlik birlashmasi raisi, shuningdek Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi vitse-prezidenti.
Biografiyasi
Bahodir Abdullayev 1967-yil 5-dekabrda Andijon viloyatining Shahrixon shahrida tugʻilgan. 1991-yilda Namangan muhandislik-qurilish institutini (avvalgi nomi bilan Namangan sanoat texnologiyasi instituti) tamomlagan. U 2007-yilda BA Holding investitsiya kompaniyasiga asos solgan. Kompaniya qurilish, sanoat, sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligi va metall mahsulotlari ishlab chiqarish sohalarida faoliyat yuritadi. 2022-yil Mehnat shuhrati ordeni bilan taqdirlangan.
Faoliyati
Abdullayev 2025-yil avgust oyidan boshlab “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJ kuzatuv kengashi raisi lavozimida faoliyat olib boradi. Ushbu korxona Oʻzbekistondagi eng yirik metallurgiya korxonalaridan biri hisoblanadi.
2025-yil aprel oyida u Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi vitse-prezidenti etib saylangan. Shuningdek, Bahodir Abdullayev Namangan viloyati xalq deputatlari kengashi deputati hisoblanadi.
Mukofotlari
- Mehnat shuhrati ordeni (2022)
Shuningdek qarang
- Oʻzbekiston metallurgiya kombinati aksiyadorlik birlashmasi
- Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi
- 5-dekabrda tugʻilganlar
- 1967-yilda tugʻilganlar
- Shahrixonda tugʻilganlar
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston tadbirkorlari