| Usmon Chinozovich Xudoyqulov | |
|---|---|
Усмон Чинозович Худойқулов | |
| Mansab davri 1998-yildan – 2000-yilgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Oʻtkir Sultonov |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Boʻritosh Mustafoyev |
| Vorisi | Rashid Qodirov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1954 Qashqadaryo, OʻzSSR |
| Unvoni | 2-darajali davlat adliya maslahatchisi |
Usmon Chinozovich Xudoyqulov (oʻzbekcha: Усмон Чинозович Худойқулов; 1954-yil, Qashqadaryo viloyati, OʻzSSR) — 1998-2000-yillarda Oʻzbekiston Bosh prokurori.
Tarjimai holi
1975-yilda Toshkent universitetining yuridik fakultetini bitirgan.
1976-1987-yillarda Qashqadaryo viloyati prokuraturasida tergovchi, katta tergovchi, boʻlim boshligʻi, viloyat prokurorining oʻrinbosari boʻlib ishlagan.
1987-yildan 1990-yilgacha OʻzSSR prokuraturasi oʻta ogʻir jinoyatlarni tergov qilish boʻlimi boshligʻi.
1990-yildan 1992-yilgacha Oʻzbekiston bosh prokurorining birinchi oʻrinbosari.
1992-1995-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar boʻyicha davlat maslahatchisi.
1995-yildan 1998-yilgacha Oʻzbekiston bosh prokurorining birinchi oʻrinbosari.
1998-yilda Bosh prokuror etib tayinlangan.
2000-yil 18-fevralda ishdan olingan.
2000-yildan hozirgacha „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ AJ Yuridik boshqarmasi yurist-konsultanti.
- Qashqadaryoda tugʻilganlar
- Oʻzbekiston yetakchilari
- Oʻzbekiston bosh prokurorlari
- 1954-yilda tugʻilganlar
- Alifbo boʻyicha siyosatchilar
