| Gʻulomiddin Yoqubov | |
|---|---|
| | |
| Tavalludi | 1950-yil 1-mart Toshkent |
| Taʼlimi | Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti |
| Mukofotlari | |
Gʻulomiddin Toshpoʻlatovich Yoqubov (1-mart 1950-yil, Toshkent) – xonanda, aktyor, Oʻzbekiston (1987)) va Qoraqalpogʻiston (1991) xalq artisti. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1973). Jizzax musiqali drama teatrida (1973—1974), Oʻzbek davlat filarmoniyasi (1967—1968 va 1974-yildan) da yakkaxon xonanda. Kuchli, va yoqimli ovozga ega. Ijrochilik uslubi emotsional koʻtarinki ruhi bilan ajralib turadi. Repertuari muhabbat, goʻzallik, Vatan mavzuidagi, shuningdek, raqsbop qoʻshiq va ashulalardan iborat. Sozanda va bastakor A. Ismoilov bilan hamkorlikda yaratgan qoʻshiklari ommaviylashgan: „Zilola“, „Sen oʻzing“, „Qaraysan“, „Oshiqnoma“ va b. Repertuaridan turli xalqlar (ozarbayjon, eron, turk, hind, uygʻur va b.) qoʻshiqlari, shuningdek, „Segoh“, „Dugoh“, Gʻ. Yoqubov ommaviy sahnada. „Guluzorim“, „Feruz“ kabi oʻzbek mumtoz ashulalar oʻrin olgan. 1990-yillardan boshlab kompozitor A. Rasulov bilan hamkorlikda zamonaviy estrada qoʻshiqchiligi uslubida ijod etmoqda: „Dilorom“, „Begoyim“, „Qomat“, „Ketolmaysan“, „Elim deb“, „Xush kelding, muborak sarvarim Navroʻz“ va b. Baʼzi qoʻshiqlar kuylarini Yo. oʻzi yaratgan: „Muhabbat“, „Unutilmasin“, „Majnuntol“, „Oʻylasam“, „Sening kulishlaring“, „Parvardigor asrasin“, „Bir qarasam“ va b. „Majnuntol“ gramplastinkasi „Melodiya“ gramyozuv firmasining „Oltin disk“ mukofotiga sazovor boʻlgan (1985).
Mukofotlari
„Doʻstlik“ (1996), „Elyurt hurmati“ (1999) ordenlari bilan mukofotlangan.
"Mehnat shuxrati"ordeni (2020)
2025-yil Toshkentdagi „Xalqlar doʻstligi“ sanʼat saroyida Gʻulomjon Yoqubov tavallud sanasi munosabati bilan konsert dasturi boʻlib oʻtadi. Unda Prezident maslahatchisi Xayriddin Sultonov Gʻulomjon Yoqubov milliy qoʻshiqchilik sanʼatini rivojlantirish borasidagi xizmatlari, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida“gi farmonni oʻqib eshittiradi. Sanʼatkorga ushbu mukofotni Senat raisi Tanzila Norboyeva topshirdi.
Filmografiya
Film
| Yil | Film nomi | Rol |
|---|---|---|
| 1998-2003 | „Shaytanat“ (Vokal) | Gʻulomjon Yoqubov |
| 2014 | „Katta hovli“ | Gʻulomjon Yoqubov |
- 1-martda tugʻilganlar
- 1950-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- El-yurt hurmati ordeni sohiblari
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Buyuk xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston xalq artistlari