Shoira Otabekova | |
|---|---|
| Tavalludi | 1980-yil 18-noyabr Qirgʻiziston, Jalolobod (shahar) |
| Janrlar | Pop |
| Faoliyat yillari | 1998–hozirgacha |
| Fuqaroligi | |
Shoira Otabekova (1980-yil 18-noyabrda tugʻilgan) oʻzbek qoʻshiqchisi va aktrisasidir. Qoʻshiqchi sifatidagi ilk debyutini 1998-yil „Muhabbat qasri“ qoʻshigʻi bilan boshlagan. Keyinchalik esa „Dilim uzra“, „Alamli“ va „Yurak“ qoʻshiqlarini aytgan. Otabekova Kvartet guruhi bilan hamkorlikda ijro etgan „Digi-digi“ qoʻshigʻi bilan shuhrat qozongan.
Hozir Otabekovaning 70 dan oshiq qoʻshiqlari mavjud boʻlib, 25 ga yaqin shu qoʻshiqlarga klip ham olingan[manba kerak]. U, shuningdek, „Dilim uzra“, „Seni sogʻindim“, „Leyli“, „Bir oʻzing“, „O yurak“ va „Mening baxtim“ albomlarini ham chiqargan.
Katta sahnaga chiqishiga Ruslan Sharipov sababchi boʻlgan.
Filmografiyasi
| Yil | Film | Rol | Izoh |
|---|---|---|---|
| 2005 | Yangi yil parisi | ||
| 2018 | Muhabbat va nafrat | Jasurning opasi |
Mukofotlari
Shoira Otabekova „Tarona 2004“ da Abduvali Rajabov bilan ijro etgan dueti uchun „Yil qoʻshigʻi“ nominatsiyasini qoʻlga kiritgan. „Tarona 2005“ da esa „Estradamiz umidi“ nominatsiyasini qoʻlga kiritadi.
- 18-noyabrda tugʻilganlar
- 1980-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekistonlik ayol qoʻshiqchilar
- Oʻzbekistonlik aktrisalar
- Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar