Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Gaziantep Futbol Kulübü – Gaziantep shahrida joylashgan Turkiya professional futbol klubi. 1988-yilda tashkil etilgan klub Turkiya futbolining eng yuqori divizi

Gaziantep F.K.

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Gaziantep
Toʻliq nomi Gaziantep Futbol Kulübü A.Ş.
Laqabi Şahinler (Lochinlar)
Qisqa nomi GFK
Asos solingan 1988 (37 yil avval) (1988) (Sankospor sifatida)
1999 (27 yil avval) (1999) (Gaziantep Büyükşehir Belediyespor sifatida)
2017 (9 yil avval) (2017) (Gazişehir Gaziantep Futbol Kulübü sifatida)
2019 (7 yil avval) (2019) (Gaziantep Futbol Kulübü sifatida)
Stadion Gaziantep stadioni
Murabbiyi Burak Yılmaz
Musobaqasi
Mavsumi
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi
Zaxira libosi


Gaziantep Futbol Kulübü – Gaziantep shahrida joylashgan Turkiya professional futbol klubi. 1988-yilda tashkil etilgan klub Turkiya futbolining eng yuqori divizioni – Superligada ishtirok etadi.

Klub 1988-yilda „Sankospor“ nomi bilan tashkil etilgan va 1993-yilgacha havaskorlar darajasida musobaqalarda qatnashgan. Ular 2019-yilda Superligaga koʻtarilgunga qadar Turkiya uchinchi ligasi va birinchi ligasi orasidagi divizionlarda ishtirok etishgan. 2020–21 Superliga mavsumida klub 17-haftada turnir jadvalida peshqadamlikka koʻtarildi va bu oʻrinni Beshtosh jamoasi oʻzib ketgunga qadar bir hafta davomida egallab turdi.

Tarixi

Klub 1988-yilda Gaziantepda joylashgan „Sanko Holding A.Ş.“ sanoat kompaniyalari guruhi qoshida havaskor darajada Sankospor nomi bilan tashkil etilgan. Klubning ilk ranglari koʻk va oq boʻlgan. Jamoa 1993–94-yilgi mavsumdan boshlab TFF uchinchi ligasida qatnasha boshladi. Uchinchi ligada jamoa professional ligalardagi ilk oʻyinini 1993-yil 26-sentabrda Gaziantepning boshqa bir klubi – „İslahiyespor“ga qarshi oʻtkazdi va oʻyin nursiz durang (0:0) bilan yakunlandi. Jami 34 oʻyinda 27 ta gʻalaba bilan 85 ochko jamlagan jamoa 1996–97-yilgi mavsumda 3-guruhda gʻolib chiqdi va eng yaqin taʼqibchisi „Kilis Belediyespor“dan 17 ochko oldinga oʻtib, TFF ikkinchi ligasiga yoʻllanma oldi.

1999–2000-yilgi mavsum boshida klub nomi Gaziantep Büyükşehir Belediyespor deb oʻzgartirildi. Klub 2004–05-yilgi mavsumda TFF ikkinchi ligasining „C“ guruhi chempioni boʻldi. Jamoa 34 ta oʻyindan 22 tasida gʻalaba qozonib, 73 ochko jamlagan holda 90 ta gol urishga muvaffaq boʻldi.

Klub ilk marta 2010–11-yilgi mavsumda TFF birinchi ligasi pley-off bosqichiga chiqdi va unda Ordusporga 1:0 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shu mavsumning oʻzida Gaziantep Turkiya kubogining chorak finaliga qadar yetib bordi va umumiy hisobda Beshtosh jamoasiga 0:8 (0:5 va 0:3) hisobida magʻlub boʻldi.

Jamoa „Gaziantep BB“ nomi ostida, 2013-yil 3-dekabrda Turkiya kubogi 4-raundida Galatasarayga qarshi oʻyinda sariq-qora rangli liboslarda

2017-yil 15-iyunda boʻlib oʻtgan umumiy yigʻilishdan soʻng klub nomi uchinchi marta Gazişehir Gaziantep Futbol Kulübü deb oʻzgartirildi. Klub ushbu nom ostida ikki mavsum davomida TFF birinchi ligasida ishtirok etdi. Jamoa ketma-ket ikki mavsum – 2017–18-yilgi mavsumda Erkan Sözeri boshqaruvida va 2018–19-yilgi mavsumda Mehmet Altıparmak murabbiyligida pley-off bosqichiga chiqdi. 2017–18-yilgi mavsumda klub pley-off finalida penaltilar seriyasiga koʻra 4:5 hisobida Erzurum jamoasiga imkoniyatni boy berdi.

2018–19-yilgi mavsumda klub pley-off finalida Hatayspor ustidan penaltilar seriyasida 5:3 hisobida gʻalaba qozondi va Superligaga yoʻllanma oldi. Shunday qilib, „Gazişehir Gaziantep“ – „Gaziantepspor“dan keyin Gaziantep shahri tarixida Superligada ishtirok etgan ikkinchi jamoaga aylandi.

2019-yil 26-avgustda Olarenwaju Kayode (tasvirda 2016-yil) klub tarixidagi ilk Superliga golini kiritdi

Superligaga koʻtarilgach, klub 2019-yil 13-iyun kuni Marius Șumudică bilan bir mavsumlik (yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan) shartnoma imzolanganini va u bosh murabbiy etib tayinlanganini eʼlon qildi.2019–20 Superliga mavsumining 1-turida, 2019-yil 19-avgust kuni klub Superligadagi debyutini safarda Fenerbahçega qarshi Shukru Sarachoʻgʻlu stadionida oʻtkazdi va 0:5 hisobida magʻlub boʻldi. Keyingi turda, 2019-yil 26-avgust kuni ular Gençlerbirliği ustidan 4:1 hisobida gʻalaba qozonib, Superligadagi ilk gʻalabasini qoʻlga kiritishdi. Klubning Superliga darajasidagi ilk goliga Olarenwaju Kayode mualliflik qildi. 2019-yil oktyabr oyida klub nomi yana bir bor oʻzgartirilib, Gaziantep Futbol Kulübü deb atala boshlandi. 2019-yil 28-oktyabrda klub murabbiy Shumudika bilan shartnoma 2021-yilgacha uzaytirilganini eʼlon qildi. Klub 2019–20-yilgi mavsumni turnir jadvalida 8-oʻrinda yakunladi.

2020–21-yilgi mavsumning 17-haftasida, 2021-yil 5-yanvar kuni „Ankaragücü“ jamoasini 2:0 hisobida magʻlub etib, 31 ochko jamlagan Gaziantep FK, Beshtoshdan bitta koʻp oʻyin oʻtkazgan holda Superliga turnir jadvalida birinchi oʻringa koʻtarildi. Mavsumning birinchi haftasida „Galatasaray“ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berganidan soʻng, jamoa 15 hafta davomida magʻlubiyatsiz seriyasini saqlab qoldi va nihoyat 2021-yil 9-yanvarda „Sivasspor“ga 1:2 hisobida magʻlub boʻldi. Klub rahbariyati va Shumudika oʻrtasidagi shartnomani uzaytirish boʻyicha uzoq davom etgan ziddiyatli munozaralardan soʻng, klub 2021-yil 11-yanvarda rumin murabbiyini lavozimidan ozod qildi. 2021-yil 20-yanvarda klub Portugaliya terma jamoasining sobiq aʼzosi Ricardo Sá Pinto bilan ikki yarim mavsumlik (yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan) shartnoma imzoladi. Sa Pinto boshqaruvida 21 ta rasmiy oʻyinda 6 ta gʻalaba va 6 ta durang qayd etib, mavsumni 9-oʻrinda yakunlagach, tomonlar mavsum oxirida shartnomani oʻzaro kelishuv asosida bekor qilishga kelishib oldilar. Klub 2021-yil 20-may kuni Erol Bulut bilan kelishuvga erishilganini eʼlon qildi.

2023-yilgi Turkiya-Suriya zilzilasidan soʻng, klub 2023-yil 11-fevralda 2022–23-yilgi mavsumdan chiqishini eʼlon qildi. Musobaqadan chiqish holatlari inobatga olingan holda, ularga 2023–24-yilgi mavsumda yana ligaga qaytishga ruxsat berildi.

Stadion

Gaziantep F. K. stadium history
# Stadium Capacity Years
1 Kamil Ocak Stadioni 16,981 1993–2000
2 GASKİ Stadioni 1,250 2000–2005
3 Kamil Ocak Stadioni 16,981 2005–2017
4 Gaziantep Stadioni 30,320 2017–

1993-yilda TFF Uchinchi ligasiga chiqqanidan beri, „Gaziantep FK“ Turkiya futbol federatsiyasi (TFF) tomonidan boshqariladigan professional ligalarda ishtirok etib kelmoqda. Uchinchi divizionda oʻynagan davrida, klub 1993-yildan 2000-yilgacha uy uchrashuvlarini „Gaziantepspor“ bilan birga Kamil Ocak stadionida oʻtkazgan. Professional ligalardagi ilk uy uchrashuvini 1993-yil 3-oktyabrda, 1993–94-yilgi mavsumning 2-turida „Adana Polisgücü“ jamoasiga qarshi oʻtkazgan va 3:0 hisobida gʻalaba qozongan.


Yutuqlari

Sankospor
  • TFF Uchinchi ligasi
    • Gʻolib: 1996–97 (3-guruh)
Gaziantep Büyükşehir Belediyespor
  • TFF Ikkinchi ligasi
    • Gʻolib: 2004–05 (C guruhi)
Gazişehir Gaziantep
  • TFF Birinchi ligasi
    • Pley-off gʻolibi: 2018–19


Soʻnggi mavsumlar

Mavsumlar boʻyicha liga va kubok natijalari
Mavsum Liga Ichki kubok Kontinental Boshqa Eng yaxshi toʻpurar(lar) Man.
Divizion O'rin O' G' Dur M UG O'G O Musobaqa Natija Musobaqa Natija Musobaqa Natija Ismi Gollar
2010–11 TFF Birinchi ligasi 3-o'rin 32 16 9 7 43 26 57 Turkiya kubogi Chorak final Serdar Deliktaş 16
2011–12 14-o'rin 34 9 13 12 36 37 40 3-raund Ramazan Altıntepe 8
2012–13 13-o'rin 34 11 8 15 37 43 41 4-raund Serdar Deliktaş 12
2013–14 14-o'rin 36 10 11 15 30 37 41 13
2014–15 13-o'rin 34 10 11 13 38 47 41 Guruh bosqichi Alanzinho 5
2015–16 8-o'rin 34 11 15 8 38 33 48 2-raund Nemanja Kojić 9
2016–17 13-o'rin 34 9 10 15 37 46 37 3-raund Muhammet Reis 10
2017–18 6-o'rin 34 15 8 11 57 38 53 Özgür Can Özcan 14
2018–19 5-o'rin 34 17 8 9 61 30 59 Pley-off Gʻolib Gökhan Alsan 10
2019–20 Süper Lig 8-o'rin 34 11 13 10 49 50 46 5-raund Olarenwaju Kayode 10
2020–21 Süper Lig 9-o'rin 40 15 13 12 59 51 58 Nimchorak final Muhammet Demir 17


Futbolchilar

Joriy tarkib

12-sentyabr, 2025-yil

Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
2 DF Ispaniya ESP Luis Pérez
3 MF Kot-dʼIvuar CIV Drissa Camara
4 DF Turkiya TUR Arda Kızıldağ
5 MF Senegal SEN Badou Ndiaye
6 MF Turkiya TUR Melih Kabasakal
7 MF Kyurasao CUW Juninho Bacuna
9 FW Gvineya GUI Mohamed Bayo (Lilldan ijaraga)
10 MF Polsha POL Kacper Kozłowski
11 FW Shveysariya  SUI Christopher Lungoyi
14 DF Surinam SUR Myenty Abena
16 FW Turkiya TUR Ali Mevran Ablak
17 DF Turkiya TUR Semih Güler
18 FW Ruminiya ROU Deian Sorescu
20 GK Turkiya TUR Zafer Görgen (Çaykur Rizespordan ijaraga)
R. Poz. Millati Futbolchi
21 FW Gana GHA Emmanuel Boateng
22 DF Kongo Demokratik Respublikasi COD Salem M'Bakata
23 DF Turkiya TUR Tayyip Talha Sanuç (Beşiktaşdan ijaraga)
26 MF Turkiya TUR Ali Osman Kalın
27 MF Bosniya va Gersegovina BIH Enver Kulašin
30 DF Turkiya TUR Nazım Sangaré
32 FW Germaniya GER Yusuf Kabadayı (Augsburgdan ijaraga)
38 DF Belgiya BEL Rob Nizet
44 MF Ruminiya ROU Alexandru Maxim (sardor)
61 MF Turkiya TUR Ogün Özçiçek
71 GK Turkiya TUR Mustafa Burak Bozan
77 DF Portugaliya POR Kévin Rodrigues
93 MF Turkiya TUR Taha Güneş
99 MF Turkiya TUR Kuzey Ege Bulgulu


Klub rasmiylari

Lavozimi Mas’ul
PrezidentTurkiya Cevdet Akınal
Sport direktoriTurkiya Adnan Erkan
Bosh murabbiyTurkiya Burak Yılmaz
Yordamchi murabbiyTurkiya Volkan Kazak
Darvozabonlar murabbiyiTurkiya Osman Özer
Jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiyTurkiya Turgay Erdoğan
Oʻyin tahlilchisiTurkiya Mehmet Can Fırat
OAV va aloqalar koordinatoriTurkiya Volkan Kücük
Klub shifokoriTurkiya Mehmet Tarık Baloğlu
FizioterapevtGermaniya Ferhat Yanç
Turkiya Sercan Çiftçioğlu
MassajchiTurkiya Orhan Çalışkan
Turkiya Mehmet Çolak
TarjimonTurkiya Rıdvan Nicolas Erdem
Ekipirovka boʻyicha mas’ulTurkiya Fethi Fıstıkçı
MaʼmurTurkiya İsmet Gür
Turkiya Mustafa Demir
PsixologTurkiya Deniz Kömürcü




Yuqori