![]() Bacuna 2018-yilda Groningen bilan | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Juninho Bacuna | ||
| Tavallud sanasi | 1997-yil 7-avgust | ||
| Tavallud joyi | Groningen, Niderlandiya | ||
| Boʻyi | 1.78 m | ||
| Ampluasi | Markaziy yarim himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Volendam (Gaziantep jamoasidan ijara) | ||
| Raqami | 7 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| FC Lewenborg | |||
| 2005—2006 | GRC Groningen | ||
| 2006—2015 | Groningen | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2015—2018 | Groningen | 82 | (2) |
| 2018—2021 | Huddersfield Town | 102 | (12) |
| 2021—2022 | Rangers | 6 | (1) |
| 2022—2024 | Birmingham City | 105 | (11) |
| 2024–2025 | Al-Wehda | 32 | (3) |
| 2025– | Gaziantep | 9 | (0) |
| 2026– | → Volendam | 13 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2015—2016 | Niderlandiya U18 | 2 | (0) |
| 2016—2018 | Niderlandiya U20 | 11 | (0) |
| 2018—2019 | Niderlandiya U21 | 3 | (2) |
| 2019— | Kyurasao | 53 | (14) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 11-noyabr uchun) | |||
Juninho Bacuna (talaffuzi: Juninyo Bakuna; 1997-yil 7-avgustda tugʻilgan) — professional futbolchi. U EFL Chempionatining Birmingham City klubida markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Bacuna vatani Niderlandiyadagi faoliyatini Groningen klubida boshlagan va keyinroq Huddersfield Town ingliz futbol klubiga oʻtgan. Angliya Premyer-ligasida bir mavsum va ikkinchi darajali Chempionatda ikki mavsum oʻtkazgandan soʻng, u olti oyni Shotlandiya Premyer-ligasining Rangers klubida oʻtkazdi va keyin 2022-yilda Birmingham Cityga qoʻshildi. Xalqaro futbolda Bacuna 2019-yilda Kyurasao safiga oʻtishdan oldin 21 yoshgacha boʻlganlar darajasida Niderlandiya terma jamoasida oʻynagan.
Klubdagi faoliyati
Groningen
Bacuna futboldagi faoliyatini Groningenda boshlagan. U Eredivisiedagi debyutini 2015-yilning 5-fevralida, Heracles Almeloga qarshi oʻyinning 79 daqiqasidan so‘ng Yoell van Nieff o‘rniga maydonga tushib o‘tkazdi (2:2). Bacuna Groningenga 2014—2015-yilgi mavsumda amaldagi chempion PEC Zwollega qarshi oʻyinda KNVB kubogini yutishda yordam berish uchun zaxiradan maydonga tushdi. Bu ularning qoʻlga kiritgan birinchi yirik kubogi edi va jamoa UEFA Yevropa ligasiga yoʻllanma olgan.
Huddersfield Town
Bacuna 2018-yil 20-iyun kuni nomaʼlum to‘lov evaziga Premyer-liganing Huddersfield Town jamoasi bilan shartnoma imzoladi.
2018-yilning 27-oktyabr kuni Bacuna Premyer-ligadagi debyutini safarda Watfordga qarshi o‘yinning 78-daqiqasida zaxiradan maydonga tushib (3:0) o‘tkazdi. 2019-yilning 16-martida u West Hamga qarshi o‘yinda (4:3) Huddersfield safidagi birinchi golini kiritdi.
Premyer-ligadan tushib ketganidan soʻng, Huddersfield EFL Chempionatidagi 2019—2020-yilgi mavsumini yomon boshladi va dastlabki toʻqqizta oʻyindan atigi ikki ochko toʻpladi. Bacuna 2019-yil 1-oktyabrda Huddersfieldning Stoke City ustidan qozongan mavsumdagi ilk g‘alabasida o‘yindagi yagona golni urdi.
2021-yilning 11-mayida Huddersfield Bacuna bilan shartnomasini 2021—2022-yilgi mavsum oxirigacha uzaytirish imkoniyatidan foydalandi.
Rangers
2021-yil 19-avgustda Bacuna Shotlandiya Premyer-ligasining Rangers jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Futbolchi Rangersning Yevropa ligasi pley-off bosqichidagi Alashkertga qarshi oʻyinining tanaffus vaqtida klub muxlislariga namoyish etildi.
Birmingham City
2022-yil 27-yanvarda Bacuna Angliyaga qaytdi va u nomaʼlum toʻlov evaziga Chempionatning Birmingham City klubiga uch yarim yillik shartnoma asosida qoʻshildi. Bacuna 12-fevral kuni Luton Townga qarshi 3:0 hisobidagi gʻalaba bilan kechgan oʻyinda Birmingham Citydagi ilk golini kiritdi.
Xalqaro faoliyati
Bacuna vatani Niderlandiya terma jamoasini 18 yoshgacha, 20 yoshgacha va 21 yoshgacha darajalarda himoya qilgan. U 20 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasi safida oʻn bitta, 21 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasi safida uchta oʻyin oʻtkazdi va Boliviyaga qarshi gʻalaba bilan kechgan oʻyinda 4:1 ikki marta gol urdi.
Bacuna 2019-yilda asli kelib chiqishi sabab Kyurasao terma jamoasida oʻynash imkoniyatidan foydalandi. U oʻsha yilgi CONCACAF Millatlar ligasining A guruh bosqichida toʻrtta oʻyin oʻtkazdi va xalqaro futbol COVID-19 pandemiyasidan keyin qayta tiklangach, jamoa oʻyinlarida muntazam ravishda ishtirok etdi.
2022-yil sentyabr oyida Bacuna Kyurasao terma jamoasi safida Indoneziyada boʻlib oʻtgan Indoneziya terma jamoasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi. Birinchisida u jamoasi 3:2 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda gol urdi. Ikkinchisida Bacuna Marselino Ferdinanga nisbatan qo‘pol harakati uchun ikkinchi sariq kartochkani olib maydondan chetlatildi. U maydondan chetlatilishiga javoban to‘pni tomoshabinlar tomon tepgan, tomoshabinlar esa bunga javoban maydonga suv idishlarini ota boshlagan. Uchrashuvdan soʻng, Bacuna ijtimoiy tarmoqlarda haqoratli xabarlar, jumladan irqchilikka asoslangan tahqirlar nishoniga aylandi. Uning klubi bu kabi zo‘ravonlikni qattiq qoralab, rasmiy bayonot e’lon qildi hamda ushbu holat haqida tegishli ijtimoiy tarmoq platformalariga xabar berilganini tasdiqladi.
Shaxsiy hayoti
Bacuna — Leandro Bacunaning ukasi, ayni paytda u ham futbolchi.
Faoliyat statistikasi
Klub
- 2022-yil 11-noyabr holatiga koʻra:
| Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Liga kubogi | Yevropa | Boshqa | Jami | |||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Divizion | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
| Groningen | 2014—2015 | Eredivisie | 12 | 0 | 2 | 0 | — | 0 | 0 | — | 14 | 0 | ||
| 2015—2016 | Eredivisie | 14 | 0 | 1 | 0 | — | 1 | 0 | 3 | 0 | 19 | 0 | ||
| 2016—2017 | Eredivisie | 24 | 1 | 0 | 0 | — | — | 2 | 0 | 26 | 1 | |||
| 2017—2018 | Eredivisie | 33 | 1 | 2 | 2 | — | — | — | 35 | 3 | ||||
| Jami | 83 | 2 | 5 | 2 | — | 1 | 0 | 5 | 0 | 94 | 4 | |||
| Huddersfield Town | 2018—2019 | Premyer-liga | 21 | 1 | 1 | 0 | 1 | 0 | — | — | 23 | 1 | ||
| 2019—2020 | Chempionat | 38 | 6 | 1 | 0 | 1 | 0 | — | — | 40 | 6 | |||
| 2020—2021 | Chempionat | 43 | 5 | 0 | 0 | 1 | 0 | — | — | 44 | 5 | |||
| Jami | 102 | 12 | 2 | 0 | 3 | 0 | — | — | 107 | 12 | ||||
| Rangers | 2021—2022 | Shotlandiya Premyer-ligasi | 6 | 1 | 1 | 0 | 1 | 0 | 4 | 0 | — | 12 | 1 | |
| Birmingham City | 2021—2022 | Chempionat | 17 | 2 | — | — | — | — | 17 | 2 | ||||
| 2022—2023 | Chempionat | 21 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | 21 | 1 | |||
| Jami | 38 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | 38 | 3 | ||||
| Faoliyati jami | 229 | 18 | 8 | 2 | 4 | 0 | 5 | 0 | 5 | 0 | 251 | 20 | ||
Xalqaro
- 2022-yil 27-sentyabr holatiga koʻra:
| Milliy terma jamoa | Yil | Ishtirok | Gollar |
|---|---|---|---|
| Kyurasao | 2019 | 4 | 0 |
| 2021 | 8 | 2 | |
| 2022 | 5 | 1 | |
| Jami | 17 | 3 | |
- Ballar va natijalar birinchi boʻlib Kyurasaoning gollari sonini, hisob ustuni Bacunaning har bir golidan keyingi hisobni koʻrsatadi.
| No. | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 2021-yil 25-mart | Ergilio Hato stadioni, Villemstad, Kyurasao | 1-0 | 5-0 | 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi | |
| 2 | 3-0 | |||||
| 3 | 2022-yil 24-sentyabr | Gelora Bandung Lautan Api stadioni, Bandung, Indoneziya | 2-2 | 2-3 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
- 7-avgustda tugʻilganlar
- 1997-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Niderlandiyalik erkak futbolchilar
- Kyurasaolik erkak futbolchilar
- Futbol yarim himoyachilari
- FC Groningen futbolchilari
- Huddersfield Town A.F.C. futbolchilari
- Rangers F.C. futbolchilari
- Birmingham City F.C. futbolchilari
- Al Vehda FC futbolchilari
- Gaziantep F.K. futbolchilari
- FC Volendam futbolchilari
- Angliya Premyer-ligasi futbolchilari
- Turkiya Super Ligasi futbolchilari
- Saudiya Arabistoni Pro-ligasi futbolchilari
- Angliya futbol ligasi futbolchilari
- Eredivisie futbolchilari
- Shotlandiya Professional Futbol Ligasi futbolchilari
- Niderlandiyalik muhojir erkak futbolchilar
- Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Turkiyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Shotlandiyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Saudiya Arabistonidagi muhojir erkak futbolchilar
- 2025-yilgi KONKAKAF oltin kubogi futbolchilari
- FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari
