Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Abduvali Rajabov (1982-yil 22-iyun, Sirdaryo shahri, Sirdaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbekistonlik xonanda va bastakor, Nihol mukofoti sovrindori.

Abduvali Rajabov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abduvali Rajabov
Abduvali Orifjonovich Rajabov
Tavalludi 1982-yil 22-iyun.
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi bastakor, musiqachi
Boʻyi 175 sm
Bolalari 2 nafar
Otasi Orifjon Rajabov
Onasi Gavhar Rajabova
Mukofotlari

Abduvali Rajabov (1982-yil 22-iyun, Sirdaryo shahri, Sirdaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbekistonlik xonanda va bastakor, Nihol mukofoti sovrindori. „Bevafo yor“, „Sensiz“, „Bir juft yurak“, „Visoling olis“ nomli albomlari orqali ommaga mashhur boʻlishga erishgan.

Tarjimai holi

Xonanda 1982-yil 22-iyulda Sirdaryo viloyatining Sirdaryo shahrida tavallud topgan. Oilada yettita farzandning oltinchisi 2000-yil Toshkent estrada va sirk kollejiga oʻqishga qabul qilingan. 2007-yilda oila qurgan, hozirda 2 nafar farzandi bor. (Asadbek va Otabek). Nihol mukofoti sovrindori. Sanjar Shodiyev rejissorligi ostida suratga olingan Seni oʻzim boy qilaman filmida ham rol oʻynashga ulgurgan. Yosh boʻlishiga qaramasdan Abduvali Rajabov TARONA taqdimotida ketma-ket bir nechta nominatsiyalarni qoʻlga kiritgan. Jumladan Tarona-2003da „Yil yangiligi“ nominatsiyasida, Tarona-2004da „Yil qoʻshigʻi“ nominatsiyasida hamda Tarona-2005da „Yilning eng zoʻr erkak xonandasi“ nominatsiyalarida gʻolib deb topilgan. Hit qoʻshiqlari: „Yomgʻirlar[sayt ishlamaydi]“ va „Bevafo yor[sayt ishlamaydi]“ qoʻshiqlaridir.

Diskografiyasi

Abduvali Rajabov tomonidan yaratilgan qoʻshiqlar oʻz vaqtida eng xit taronalar roʻyxatida eng yuqori oʻrinlarda turib kelgan. Uning xit musiqalar diskografiyasi mana bunday koʻrinishdadir: „Dunyo (mp3)“, „Chaki-Chaki“, „Onam“, „Onajon“, „Arazlamang“, „Yor yor“, „Salom“, „Nafasim oʻzing“, „Shikasta“, „Sen uchun“, „Hayot (feat Sardor Rahmatxoʻjayev)“, „Seni eslasam (feat Shoira Otabekova“, „Yuragim (mp3)“, „Yomgʻirlar (slow)“, „Yoningda“, „Sensiz“, „Ne kerak (mp3)“, „Oʻynasin“.

Yuqori