| Seniye Xonimsulton | |||||
|---|---|---|---|---|---|
| Tugʻilishi | 1843-yil 3-oktyabr Konstantinopol, Usmoniylar imperiyasi | ||||
| Vafoti | 10-dekabr 1913-yil (70 yoshda) Konstantinopol, Usmoniylar imperiyasi | ||||
| Dafn etilgan joy | Yahyo afandi qabristoni, Istanbul | ||||
| Turmush oʻrtogʻi | Hüseyin Hüsnü posho (turm. 1860; vaf. 1899) | ||||
| Farzandlari | Abdülkemir posho | ||||
| |||||
| Otasi | Ahmad Fethi posho | ||||
| Onasi | Atiye Sulton | ||||
| Dini | Islom, sunniylik | ||||
Seniye Xonimsulton (usmonli turkcha: سنیه خانم سلطان; 1843-yil 3-oktyabr — 1913-yil 10-dekabr) — Usmoniylar malikasi, Atiye Sulton va Ahmad Fethi poshoning qizi, sulton Mahmud II ning nabirasi.
Hayoti
Seniye Xonimsulton 1843-yil 3-oktyabrda tugʻilgan. Uning otasi Ahmad Fethi posho rodoslik Hofiz Ahmad ogʻa va Soliha xonimning oʻgʻli, onasi Atiye Sulton esa sulton Mahmud II va Pervizfelek Kadinning qizi boʻlgan. Seniyening Feride Xonimsulton ismli oʻzidan 3 yosh kichik tugʻishgan singlisi boʻlgan. Otasining birinchi nikohidan Mehmed Besim bey va Jamila Sultonga (sulton Abdulmajid I ning qizi) uylangan Damat Mahmud Jaloliddin posho ismli oʻgʻillari hamda Ferdane xonim, Saliha Yagona xonim va Emine Güzide xonim ismli qizlari boʻlgan.
Onasi 1850-yilda vafot etgach, Seniye va Feride Emirgandagi onasining saroyiga egalik qilgan. Atiyenining Arnavutköydagi saroyi esa imperiyaga tashrif buyuradigan mehmonlarga ajratilgan. Keyinroq Emirgandagi saroy Misr hokimiga berilgan, ularning ikkisiga esa Rizo posho villasidan joy ajratilgan. Soʻngra Seniye va Feride Arnavutköydagi saroyga egalik qila boshlashgan.
1860-yilda Seniya Eyüp saroyida Mustafo Nuri poshoning oʻgʻli Hüseyin Hüsnü poshoga turmushga chiqqan. Ularning bir oʻgʻli boʻlgan. Eri 1899-yilda vafot etgach, Seniye beva qolgan. Istanbul va uning atrofidagi jamoalarga tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida 1877-yilda tashkil etilgan „Usmoniylar Hilol-i Ahmar jamiyati“ doirasida 1912-yilda „Ayollar uchun Hilol-i Ahmar markazi“ tuzilgan. Jamgʻarma aʼzosi sifatida Seniye har yili jamgʻarmaga 1500 kuruş berishga majbur edi.
Seniye Xonimsulton 1913-yil 10-dekabrda vafot etgan va Istanbuldagi Yahyo afandi qabristoniga dafn qilingan.
Farzandlari
Seniye Xonimsultonning bir oʻgʻli boʻlgan:
- Abdülkemir posho, uning ikki qizi boʻlgan:
- Fahire xonim
- Radiye xonim
Mukofotlari
- Usmon uyi ordeni
Nasabi
| Seniye Xonimsulton | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
- 10-dekabrda vafot etganlar
- 1913-yilda vafot etganlar
- Qirollik bilgiqutisida nomaʼlum parametrlar qoʻllangan sahifalar
- 1843-yilda tugʻilganlar
- 19-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari
- 20-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari