| Jamila Sulton | |
|---|---|
![]() | |
| Tugʻilishi | 1843-yil 17-august Eski Beylarbeyi saroyi, Konstantinopol, Usmoniylar imperiyasi |
| Vafoti | 26-fevral 1915-yil (71 yoshda) Erenköy saroyi, Konstantinopol, Usmoniylar imperiyasi |
| Dafn etilgan joy | Yovuz Salim masjidi, Istanbul |
| Turmush oʻrtogʻi | Mahmud Jaloliddin posho (turm. 1858; vaf. 1884) |
| Farzandlari |
|
| Sulola | Usmoniylar |
| Otasi | Abdulmajid I |
| Onasi | Biologik Düzdidil xonim Asrab olingan Rahime Perestu Sulton |
| Dini | Islom, sunniylik |
Jamila Sulton (usmonli turkcha: جمیله سلطان; 1843-yil 17-avgust — 1915-yil 26-fevral) — Usmoniylar malikasi, sulton Abdulmajid I va Düzdidil xonimning qizi, sulton Murod V, Abdulhamid II, Mehmed V va Mehmed VI ning oʻgay singlisi.
Yoshligi
Jamila Sulton 1843-yil 17-avgustda Eski Beylarbeyi saroyida tugʻilgan. Uning otasi sulton Abdulmajid I, onasi esa Düzdidil xonim edi. Jamila Sulton Düzdidil xonimning uchinchi farzandi va uchinchi qizi boʻlgan. Uning oʻzidan ikki yosh katta Neyire Sulton va Munire Sulton ismli egizak opalari bor edi. Shuningdek, yoshligida vafot etgan Samiye Sulton ismli singlisi ham boʻlgan.
1845-yilda Düzdidil xonim vafot etgach, Jamila Sulton 2 yoshida onasiz qoldi. Sulton Abdulmajid uni oʻzining birinchi qonuniy xotini Rahime Perestu Sultonning huzuriga olib borib, uning qaramogʻiga topshirdi. Jamila Perestu Sulton tomonidan asrab olingan oʻgay akasi Abdulhamid II bilan bir uyda ulgʻaydi va bolaligini birga oʻtkazdi. Ikki aka-singil juda yaqin boʻlgan. Shu sababli Jamila Abdulhamid II hukmronligining ilk yillarida yuqori taʼsirga ega ayol boʼlgan.
Abdulmajid I ning oʻgʻil-qizlarining barchasi yuqori darajada va imkon qadar toʻliq taʼlim olishini istagan. Bu taʼlim anʼanaviy fanlar, jumladan, Qur’on ilmlari, hamda G‘arb fanlarini ham oʻz ichiga olardi. Jamila Sulton taʼlim olishni 1847-yilda boshlangan. U Shahzoda Mehmed Rashod, Murod, Abdulhamid hamda Fotma Sulton, Refia Sulton bilan birga darslarda qatnashgan. U turmushga chiqqanidan keyin ham taʼlim olishda davom etgan. Shuningdek, arab va fors tillarini oʻrgangan. Jamila Tanzimot davrida muhim boʻlib borgan fransuz tilini, shuningdek, gʻarb musiqasini ham oʻrgangan. Pianino boʼyicha saboqlarini italiyalik ayol Terese Romanodan olgan.
Jamila Sulton otasining sevimli qizi boʻlib, Abdulmajid uni doim maqtardi.
Nikohi
1854-yilda 11 yoshida Abdulmajid Jamilani sulola kuyovi Damat Ahmad Fethi posho va uning birinchi xotini Oysha Shemsinur xonimning oʼgʼli Mahmud Jaloliddin poshoga unashtirdi. Fethi posho Jamilaning ammasi Atiye Sultonga uylangan edi. Toʻy 1858-yil 17-mayda boʻlib oʻtdi, nikoh esa 1858-yil 11-iyunda oʻqildi. Juftlikka yashashi uchun Findiklida saroy berilgan.
Oʻsha kuni uning oʻgay singlisi Munira Sultonning toʻyi ham nishonlangan. Marosim xarajatlari keskin tanqid qilingan, chunki Usmoniylar qoʻshini Chernogoriyada ogʻir magʻlubiyatlarga uchragan, Krit esa qoʻzgʻolon koʻtargan edi. Nikoh paytida qaynonasi Jamila sultonning xizmatiga Abdulhamid II ning keyinchalik birinchi xotiniga aylangan Nazikeda Kadınni taqdim etgan. Uning xizmatkor ayollari orasida Aliye Nazikeda xonim ham boʻlib, u keyinchalik Abdulazizning toʻngʻich oʻgʻli Shahzoda Yusuf Izzeddinning uchinchi xotini boʻlgan. Bundan tashqari, Jamila Sulton Mehmed VI ning boʼlajak xotini Emine Nazikeda xonimni uning opalari Daryal va Naciye xonim hamda amakivachchalari Amine, Rumeysa, Pakize, Fotma va Kamile xonimlar bilan birga xizmatga olgan. Boʼlajak sulton Mehmed VI 1884-yilda Nazikedaga uylanish uchun Jamiladan ruxsat soʻragan, biroq u avvaliga rad etgan. Nihoyat, Mehmed agar Nazikedaga uylana olmasa, umuman oila qurmasligini, agarda unga uylansa, boshqa xotin olmasligini aytib qasam ichgan. Shundan keyin oradan bir yil oʻtib, Jamila Sulton bunga rozi boʻlgan.
Ularning olti farzandi: Sultonzoda Besim bey, egizaklar Sultonzoda Mehmed Mahmud Jaloliddin bey va Sultonzoda Mehmed Soqib bey ismli uch oʼgʼli, Fethiye xonimsulton, Oysha Sidiqa xonimsulton va Fotma xonimsulton ismli uch qizi boʼlgan.
Juftlik 1876-yilda Abdulhamidning taxtga chiqishini qoʻllab-quvvatlagan. 1877-yilda ular har bir voqeani bahona qilib sultonni oʻsha paytdagi Bosh vazir Midxat poshoga qarshi qayragan. Ayniqsa, uning „Yosh Usmoniylar“ga moyilligini tilga olib, ularning barcha bayonotlarini poshoning taʼsiriga yoʻyishgan. Nihoyat, bir konferensiya muvaffaqiyatsizligiga Midxat sabab deb bilgan Abdulhamid uni Yevropaga uzoq safarga joʻnatishga qaror qilgan. Midxat Bosh vazirlik lavozimidan olinib, uning oʻrniga Ibrohim Adham posho tayinlangan. Abdulhamid Jamilaning eri Mahmud Jaloliddin poshoga ishonchsizligi uni 1881-yilda Arabistonga surgun qilinishiga olib keldi. U yerda 1884-yilda boʻgʻib oʻldirildi. Jamila taxminan 20 yil jamiyat bilan aloqalarini uzgan, soʼngra akasi bilan yarashib, yana saroyga borib turgan.
Vafoti
Jamila Sulton 1915-yil 26-fevralda Istanbulning Erenköyida 71 yoshida vafot etgan va otasi sulton Abdulmajidning maqbarasiga dafn etilgan.
2005-yil holatiga koʻra, uning uch nikohidan koʼrgan farzandlaridan kamida 14 nafar avlodi hali hayot edi.
Shaxsiyati
Marosimlarda Jamila Sulton oilada eng kattasi boʻlgani uchun ustun mavqega ega boʻlgan va doimo Abdulhamidning oʻng tomonidan joy olgan. Oʻng tomonda uning uchun katta kreslo ajratilgan boʻlib, u oʻsha yerga oʻtirardi. Yurishlarda esa u Perestu Kadınning yonida, hammadan oldinda yurgan.
Jamila Sulton doimo jigarrang liboslar kiygan. U doim hashamatli jigarrang liboslar kiygani bois bu rang goʻyo uning „belgisi“ga aylangan. Jamila Sulton umuman taqinchoq taqmagan. Shunchalar soddaligiga qaramay, uning malikalarniki kabi qiyofasi oʼzining maqomini toʻla namoyon etgan.
Yaqindan bilganlar uning koʻrinishi otasiga juda oʻxshashligini aytishgan. Saroydagilar Jamilaga katta hurmat va mehr bilan qarashgan. U muloyim va zukko soʼzlagan, oʻrinsiz kulmagan, hamma bilan ularga munosib odob bilan muomala qilgan. Jamila Usmoniylarga xos mukammal malika deb hisoblangan, shu bois Abdulmajid I ning eng sevimli qizi boʻlgan.
Unvon va mukofotlari
- Usmoniylar xonadoni ordeni
- Majidiya ordeni
- 1-darajali Xayriya ordeni
- Hijoz temiryoʻli oltin medali
Farzandlari
| Ism | Tugʻilgan | Vafot etgan | Izohlar |
|---|---|---|---|
| Fethiye xonimsulton | 1859 | 1887-yil 22-mart | 1887-yilda polkovnik Hayri beyga turmushga chiqqan, nikohidan ikki oy oʻtib vafot etgan, Istanbuldagi Fotih masjidiga dafn etilgan. |
| Sultonzoda Besim bey | 1860 | 1862 | 2 yoshida vafot etgan va Uskudarda dafn etilgan. |
| Sultonzoda Mehmed Mahmud Jaloliddin bey | 1864-yil dekabr | 1916 | Soqibning egizak akasi. Avval cherkas ayoli Visalinur xonimga uylangan va Ziyoiddin bey ismli bir oʻgʻil hamda Mevhibe xonim ismli bir qiz koʻrgan. Keyinroq Hayriye xonimga (1934-yilda vafot etgan) uylangan va Munire xonim ismli bir qiz koʻrgan. |
| Sultonzoda Mehmed Soqib bey | 1864-yil dekabr | 1897 | Mahmud Jaloliddinning egizak ukasi. Avval Vicdan xonimga (1938-yilda vafot etgan) uylangan va Şehime xonim ismli bir qizi (1914–1915-yillarda vafot etgan) boʻlgan. Keyin Dilbeşte xonimga uylangan va Emine xonim ismli bir qiz (1926-yil sentabrda vafot etgan) koʻrgan. |
| Oysha Şadıka xonimsulton | 1875-yil 20-sentyabr | 1938 | 1891-yil 29-yanvarda 250 001 kuruş sepi bilan Bosh shtab boshligʻi Ferik Adham poshoning oʻgʻli Hoji bey afandiga turmushga chiqqan. Soʼngra 1900-yilda Avstriyadagi Usmoniylar elchisi Ali poshoning oʻgʻli Ali Fuad Urfi poshoga turmushga chiqqan va Kerime xonim hamda Naime xonim ismli ikki qizi boʻlgan. Erining ota tomondan bobosi Gurji Halil Rifat posho Soliha Sultonning eri va Seniha Sultonning qaynotasi edi. Ular mos ravishda Oysha Şadıkaning onasining xolasi va oʻgay singlisi boʻlgan. Surgunda Fransiyaning Nice shahrida vafot etgan va Bobigny qabristoniga dafn etilgan. |
| Fotma xonimsulton | tax. 1879 | 1890 | Sil kasalligiga chalingan, shu davrda Nazikeda Kadın oʻsha paytda hali shahzoda boʼlgan Vahdiddinga (boʼlajak sulton Mehmed VI) turmushga chiqquniga qadar uning eng yaqin hamrohiga aylangan. |
Nasabi
| Jamila Sulton | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Adabiyotlar
- Brookes, Douglas Scott. The Concubine, the Princess, and the Teacher: Voices from the Ottoman Harem. University of Texas Press, 2010. ISBN 978-0-292-78335-5.
- Kolay, Arif. Osmanlı Saray Hayatından Bir Kesit: Ali Akyıldız ve Mümin ve Müsrif Bir Padişah Kızı Refia Sultan, 2017.
- Sakaoğlu, Necdet. Bu mülkün kadın sultanları: Vâlide sultanlar, hâtunlar, hasekiler, kadınefendiler, sultanefendiler. Oğlak Yayıncılık, 2008. ISBN 978-9-753-29623-6.
- Uluçay, Mustafa Çağatay. Padişahların kadınları ve kızları. Ankara: Ötüken, 2011. ISBN 978-9-754-37840-5.
- 26-fevralda vafot etganlar
- 1915-yilda vafot etganlar
- Qirollik bilgiqutisida nomaʼlum parametrlar qoʻllangan sahifalar
- 1843-yilda tugʻilganlar
- 19-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari
- 20-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari
- Abdulmajid I ning qizlari
