- Vikipediyada ismi Raʼno va familiyasi Abdullayeva boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Raʼno Abdullayeva | |
|---|---|
![]() Valentina Tereshkova, Tursunoy Oxunova (markazda), Raʼno Abdullayeva (oʻngda) | |
| Tavalludi | 16-sentyabr 1935-yil |
| Vafoti | 12-yanvar 2025-yil (89 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston |
| Fuqaroligi | |
| Partiyasi | KPSS |
| Mukofotlari | |
Raʼno Xabibovna Abdullayeva (1935-yil 16-sentyabr, Shofirkon tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – tarixchi olima, taniqli jamoat va siyosat arbobi. Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1985). Tarix fanlari doktori (1978).
Tarjimayi holi
1935-yilda 16-sentyabrda Buxoro viloyati Shofirkon tumanida tugʻilgan. KPSS aʼzosi. Otasi – NKVD ofitseri.
1955—1988-yildan – iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ahamiyatga ega joylarda ishlagan. „1959—1965-yillardagi yetti yillik rejada Oʻzbekiston SSR komsomolining faoliyati“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Doktorlik dissertatsiyasining mavzusi: „Rivojlangan sotsializm sharoitida Sovetlarning KPSS rahbarligi“.
1955—1988-yillarda – oʻqituvchi, Shofirkon tuman komsomoli qoʻmitasi birinchi kotibi, Oʻzbekiston SSR Kompartiyasi Shofirkon tuman qoʻmitasi boʻlim mudiri, Oʻzbekiston SSR Komsomoli Markaziy Komiteti kotibi, boʻlim mudiri, partiya tashkilotining birinchi kotibi. Oʻzbekiston SSR Komsomoli Samarqand viloyat komiteti kotibi, Oʻzbekiston SSR Komsomoli Samarqand viloyat qoʻmitasi kotibi, Oʻzbekiston SSR Komsomoli Markaziy Komitetining birinchi kotibi, Oʻzbekiston SSR Komsomoli Markaziy Komiteti madaniyat boʻlimi mudiri, Oʻzbekiston SSR Vazirlar Soveti Raisining oʻrinbosari, Oʻzbekiston SSR Kompartiyasi Markaziy Komitetining mafkura boʻyicha kotibi kabi lavozimlarda faoliyat koʻrsatgan.
1987-yil 29-oktabr kuni T. Gdlyan va V. Ivanov guruhi tomonidan Raʼno Abdullayeva nohaq qamoqqa olinadi va Moskvadagi Butirka qamoqxonasiga tashlanadi. SSSR Oliy Sudi majlisida aybsiz ekanligi maʼlum bulgach, 1990-yil 15-yanvarda ozodlikka chiqarilgan va Toshkentga qaytgan. Raʼno Abdullayeva tarixchi olima sifatida Oʻzbekiston SSRda partiya va yoshlar tashkilotlari boʻyicha koʻplab kitoblar muallifi. Tarixchi „Preodolenie ada“ asarida oʻzining SSSR Oliy Sudi majlisida oqlanish jarayonini koʻrsatgan. „Oʻzbek xalq maqollari va matallari“ nomli kitobni nashr etgan. Badiiy ijod bilan ham shugʼullanib, bolalar uchun ertaklar yozgan. U jahonning 27 mamlakatida xizmat safarida boʻlgan.
7 va 8-chaqiriq SSSR Oliy Kengashi, 6, 9, 10 va 11-chaqiriqlarda Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi deputati etib saylangan. KPSS XXIII, XXIV, XXVII qurultoylari delegati.
2025-yil 12-yanvarda Toshkentda vafot etgan.
Oilasi
Nabirasi – Azim Ahmadxoʻjayev. 2023-yil mart oyidan – Oʻzbekiston energetika vazirining birinchi oʻrinbosari, Atom energetikasini rivojlantirish agentligi direktori lavozimida ishlab kelmoqda.
Mukofotlari
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni (3): 1971, 1973, 1976-yillar
- „Hurmat belgisi“ ordeni: 1965-yil
- Xalqlar doʻstligi ordeni: 1982-yil
- Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi: 1985-yil
- 16-sentyabrda tugʻilganlar
- 1935-yilda tugʻilganlar
- Shofirkon tumanida tugʻilganlar
- 12-yanvarda vafot etganlar
- 2025-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Hurmat Belgisi ordeni sohiblari
- Xalqlar doʻstligi ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston komsomoli tuman qoʻmitalari birinchi kotiblari
- Oʻzbekiston Komsomoli Markaziy Komitetining birinchi kotiblari
- Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti kotiblari
- Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 6-chaqiriq deputatlari
- Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 9-chaqiriq deputatlari
- Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 10-chaqiriq deputatlari
- Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 11-chaqiriq deputatlari
- KPSS XXIII syezdi delegatlari
- KPSS XXIV syezdi delegatlari
- KPSS XXVII syezdi delegatlari
- Oʻzbekiston Kompartiyasi Samarqand viloyat qoʻmitasi kotiblari
- VLKSMning oʻlka, viloyat va okrug qoʻmitalarining birinchi kotiblari
- Tarix fanlari doktorlari
- Alifbo boʻyicha siyosatchilar
