| Azim Isroilovich Ahmadxo‘jayev | |
|---|---|
Ахмедхаджаев Азим Исраилович | |
![]() | |
| Mansab davri 2024-yil 29-mart | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Bahrom Mansurov |
| O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energiyasi agentligi direktori | |
| Mansab davri 2024-yildan – 2024-yilgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari | |
| Mansab davri 2021-yildan – 2024-yilgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Jo‘rabek Mirzamahmudov |
| Vorisi | Baxtiyor Mamatkarimov |
| O‘zbekiston Respublikasi Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari | |
| Mansab davri 2019-yildan – 2021-yilgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | lavozim joriy etilgan |
| Vorisi | Ibrohimjon Komilov |
| O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori o‘rinbosari | |
| Mansab davri 2018-yildan – 2019-yilgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri | |
| Mansab davri 2018-yildan – 2018-yilgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Sherzod Shermatov |
| Vorisi | Shuxrat Sadikov |
| O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi | |
| Mansab davri 2017-yildan – 2018-yilgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
| Oʻtmishdoshi | lavozim joriy etilgan |
| Vorisi | Suxrob Xolmuradov |
| "Asaka" ATB boshqaruvi raisi | |
| Mansab davri 2016-yildan – 2017-yilgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari | |
| Mansab davri 2014-yildan – 2016-yilgacha | |
| O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisining o‘rinbosari | |
| Mansab davri 2011-yildan – 2014-yilgacha | |
| O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki NBU Invest Group boshqaruvi raisi | |
| Mansab davri 2009-yildan – 2011-yilgacha | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1979-yil 12-iyul Toshkent |
| Fuqaroligi | |
| Siyosiy partiyasi | O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi |
| Maʼlumoti | Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti |
| Mukofotlari | Doʻstlik ordeni |
Azim Israilovich Ahmadxoʻjayev (ingliz tilida: Akhmedkhadjaev Azim Israilovich, 1979-yil 12-iyul, Oʻzbekiston, SSR, SSSR, Toshkentda tugʻilgan) – oʻzbek davlat arbobi. Hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi („Oʻzatom“ agentligi) direktori lavozimida ishlab kelmoqda.
Taʼlim
Azim Ahmadxoʻjayev 2002-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan – xalqaro iqtisodiy va valyuta-kredit munosabatlari boʻyicha bakalavr hamda magistr darajasini olgan. 2003-yilda xorijda – Vullongong universiteti (Avstraliya) magistraturasida oʻqishni davom ettirdi.
Faoliyati
Mehnat faoliyatini 2003-yilda „Oʻzmarkazimpeks“ kompaniyasida boshlagan. Oʻshanda u Oʻzbekiston Iqtisodiyot vazirligi Investitsiya dasturlari boshqarmasi investitsiya loyihalari monitoringi guruhining yetakchi mutaxassisi boʻlgan. Keyinchalik u ketma-ket bosh mutaxassisdan xalqaro hamkorlik va moliyalashtirish bilan bogʻliq loyihalar rahbarigacha boʻlgan lavozimlarni egalladi. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijro etuvchi direksiyasining loyihani amalga oshirishni nazorat qilish guruhi bosh mutaxassisi, keyinchalik rahbari boʻlgan.
2007-yildan Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida faoliyatini davom ettirib, boʻlim boshligʻi oʻrinbosaridan boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari lavozimigacha koʻtarilgan. Keyinchalik Asakabank rahbari boʻlgan.
2017-2018 yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi, soʻngra Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
2019-2021 yillarda Jizzax viloyati hokimi oʻrinbosari lavozimida ishlagan, soʻngra markaziy idoralarga qaytgan. Dastlab 2021-yil avgustidan 2024-yil mayiga qadar energetika vazirining birinchi oʻrinbosari, 2024-yil martidan hozirgi kunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi direktori lavozimida ishlab kelmoqda.
- Oʻzbekiston davlat arboblari
- Alifbo boʻyicha siyosatchilar


