| Feride Xonimsulton | |||||
|---|---|---|---|---|---|
| Tugʻilishi | 1847-yil 30-may Konstantinopol, Usmoniylar imperiyasi (hozirgi Istanbul, Turkiya) | ||||
| Vafoti | 1920-yil dekabr (73 yoshda) Konstantinopol, Usmoniylar imperiyasi | ||||
| Dafn etilgan joy | Yahyo Afandi qabristoni, Istanbul | ||||
| Turmush oʻrtogʻi | Mahmud Nedim posho (turm. 1868; his d. 1904) | ||||
| Farzandlari | Mehmed Saib bey | ||||
| |||||
| Otasi | Ahmad Fethi posho | ||||
| Onasi | Atiye Sulton | ||||
| Dini | Islom, sunniylik | ||||
Feride Xonimsulton (usmonli turkcha: فریدہ خانم سلطان; 1847-yil 30-may — 1920-yil dekabr) — Usmoniylar malikasi, Atiye Sulton va Ahmad Fethi poshoning qizi, sulton Mahmud II ning nabirasi.
Tarjimai holi
Feride Xonimsulton 1847-yil 30-mayda tugʻilgan. Uning otasi Ahmad Fethi posho rodoslik Hofiz Ahmad ogʻa va Soliha xonimning oʻgʻli boʻlgan. Onasi Atiye Sulton esa Usmoniylar imperiyasi sultoni Mahmud II va Pervizifelek Kadinning qizi edi. Feridening Seniye Xonimsulton ismli uch yosh katta tugʻishgan opasi boʻlgan. Shuningdek, ota tomondan besh nafar oʻgay aka-uka va opa-singillari boʻlgan. Aka-ukalari Mehmed Besim bey va Damat Mahmud Jaloliddin posho (u sulton Abdulmajid I ning qizi Jamila sultonga uylangan), opa-singillari Ferdane xonim, Soliha Yagona xonim va Emine Guzida xonim edi.
Onasi 1850-yilda vafot etgach, Feride va Seniye uning Emirgandagi saroyiga egalik qila boshladi. Atiyening Arnavutköydagi saroyi esa imperiyaga tashrif buyurgan mehmonlarga ajratib berildi. Keyinchalik Emirgandagi saroy Misr voliyiga berildi, ularning ikkalasiga esa Rizo poshoning villasi ajratildi. Soʻngra ikkalasi Arnavutköydagi saroyga egalik qila boshladi.
1868-yilda Feride Mahmud Nedim poshoga turmushga chiqdi. Ularning 1861-yilda tugʻilgan Mehmed Saib bey ismli bir oʻgʻli boʻlib, u 1871-yil 26-noyabrda vafot etgan. 1904-yilda eri ham vafot etgach, Feride beva qolgan. 1912-yilda Istanbul va uning atrofidagi jamoalarda tibbiy yordam koʻrsatish uchun 1877-yilda tashkil etilgan „Usmoniylar Hilol-i Ahmar jamiyati“ doirasida „Hilol-i Ahmar xotin-qizlar markazi“ tuzildi. Jamgʻarma aʼzosi sifatida Feride har yili jamgʻarmaga 1500 kuruş berishi shart edi.
Feride 1920-yil dekabrda vafot etgan va Istanbuldagi Yahyo Afandi qabristoniga dafn qilingan.
Faxriy unvoni
- Usmon uyi ordeni
Farzandlari
| Ism | Tugʻilgan | Vafot etgan | Izohlar |
|---|---|---|---|
| Mehmed Saib bey | 1869 | 1871-yil 26-noyabr | Yoshligida vafot etgan va Eyüpda dafn qilingan |
Nasabi
| Feride Xonimsulton | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
- Qirollik bilgiqutisida nomaʼlum parametrlar qoʻllangan sahifalar
- 1847-yilda tugʻilganlar
- 1920-yilda vafot etganlar
- 19-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari
- 20-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari