| Sabiha Sulton | |||||
|---|---|---|---|---|---|
![]() 1939-yildagi surat | |||||
| Tugʻilishi | 1894-yil 19-mart Ortaköy saroyi, Ortaköy, Konstantinopol, Usmoniylar imperiyasi | ||||
| Vafoti | 26-avgust 1971-yil (77 yoshda) Çengelköy, Istanbul, Turkiya | ||||
| Dafn etilgan joy | Aşiyan Asri qabristoni, Istanbul, Turkiya | ||||
| Turmush oʻrtogʻi | Shahzoda Umar Faruk (turm. 1920; ajr. 1948) | ||||
| Farzandlari |
| ||||
| |||||
| Sulola | Usmoniylar | ||||
| Otasi | Mehmed VI | ||||
| Onasi | Nazikeda Kadın | ||||
| Dini | Islom, sunniylik | ||||
Rukiye Sabiha Sulton (usmonli turkcha: رقیہ صبیحه سلطان; 1894-yil 19-mart — 1971-yil 26-avgust), 1952-yildan keyin qonunan Sabiha Osmanoğlu — Usmoniylar malikasi, sulton Mehmed VI va uning bosh rafiqasi Nazikeda Kadınning uchinchi va soʻnggi qizi. Xalifa Abdulmajid II va Şehsuvar xonimning oʻgʻli Shahzoda Umar Farukning birinchi rafiqasi.
Yoshligi
Sabiha Sulton 1894-yil 19-martda Ortaköyda joylashgan otasining Ortaköy saroyida tugʻilgan. Uning otasi Abdulmajid I va Gülistu Kadınning oʻgʻli Mehmed VI edi. Onasi esa shahzoda Hasan Ali Marshania va malika Fotma Horecan Aredbaning qizi, Mehmed VI ning birinchi rafiqasi Nazikeda Kadın boʻlgan. Sabiha Sulton Mehmed VI va Nazikeda Kadınning uchinchi va soʻnggi qiz edi. Uning 1888-yilda tugʻilib, oʻsha yili vafot etgan, oʻzidan 6 yosh katta Munire Fenire Sulton ismli opasi hamda oʻzidan 2 yosh katta Fotma Ulviya Sulton ismli opasi bor edi. Tugʻilishi ogʻir kechganligi sababli keyinchalik onasi boshqa farzand koʻra olmagan. Uning 1912-yilda sultonning ikkinchi rafiqasi Müveddet Kadından tugʻilgan Shahzoda Mehmed Ertugʻrul ismli ukasi boʻlgan.
Sulton Abdulmajid I ning ikkinchi xalfasi Mihrifelek xonimning oʻgʻli Refik bey Sabiha va uning katta opasi Ulviya Sultonga muallim etib tayinlangan. Ularning ikkalasi Mlle Voçinodan pianino chalishni oʻrgangan.
Nikohi
Sovchilar
Otasi 1918-yilda taxtga chiqqan paytda Sabiha hali turmushga chiqmagan boʻlsa-da, uning bir qancha oshiqlari bor edi. Uni bilganlar Sabihani Usmoniylar oilasining boshqa ayollariga oʻxshamasligini doim aytishardi. Turk shoiri Yahyo Kamol: „Sabiha Sulton boshqacha edi“, degan taʼrifni bergan.
Uning qoʻlini soʻrab kelgan birinchi sovchi sifatida Rauf Orbayning nomi tilga olinadi. U sulton Abdulhamid II ning rafiqalaridan biri Sazkar xonimning qarindoshi edi. Undan keyin Mahmud Kamol posho sovchi boʻlgan. Sovchilar qatorida Babanzoda urugʻidan boʻlgan Fuad bey bor edi. Kapitan Safvet Arıkan va damashqlik leytenant Subhi bey ham Sabihaga sovchi boʻlgan, biroq ularning hech biri kuyovlikka qabul qilinmagan. Yana bir sovchi Ahmad Muxtor poshoning jiyani Mehmed Ali posho edi.
Uning Qojarlar sulolasining hukmronlik qilgan soʻnggi vakili Ahmadshoh Qojar hamda Mustafa Kemal Atatürk bilan unashtirilishi ham bekor qilingan va Sabiha amakivachchasi Shahzoda Umar Faruk bilan unashtirilgan. Shu tariqa u yangi tashkil topayotgan Turkiya Respublikasining ilk „Birinchi xonimi“ boʻlish imkoniyatidan mahrum boʻlgan.
Toʻy

Sabiha va Usmoniylar xalifaligining soʻnggi xalifasi Abdulmajid II hamda Şehsuvar xonimning oʻgʻli, oʻzidan 4 yosh kichik boʻlgan shahzoda Umar Faruk bir-birini sevishgan. Dastlab ularning nikohi rad etilgan, chunki Abdulazizning zoʻravonlik bilan oʻldirilishi tufayli Abdulmajid I avlodlari (Mehmed VI tomoni) bilan Abdulazizning avlodlari (Umar Faruk tomoni) oʻrtasida doʻstona munosabat boʻlmagan. Shahzodaning onasi Şehsuvar xonim Nazikedaning huzuriga borib, uni bu nikohga koʻndirishga muvaffaq boʻlgan.
Nikoh 1920-yil 29-apreldaTopkapı saroyida oʻtkazilgan. Nikoh marosimini shayx ul-islom Hayrizoda Ibrohim afandi oʻqigan. Sabiha Sultonning vakili Boshkotib Ali Fuad bey, Umar Farukning vakili esa Umar Yaver posho boʻlgan. Toʻy bazmi Yıldız saroyida boʻlib oʻtgan.
1920-yil may oyida toʻydan 10 kun oʻtib, Sabiha va Faruk Rumelihisarıdagi qasrga koʻchib oʻtishgan. Oʻsha yil oktyabr oyida otasi qizlari uchunNishontoshida ikkita saroy sotib olgan. Bu binolar „Egizak saroylar“ nomi bilan tanilgan. Uylardan birini Ulviye Sultonga, ikkinchisini esa Sabiha Sultonga bergan. Sabiha va Faruk qishda Nishontoshida, yozda esa Rumelihisarida yashashga qaror qilishgan.
Farzandlari va surgun

Juftlikning toʻngʻich qizi Fotma Neslişah Sulton 1921-yil 2-fevralda Nishontoshi saroyida tugʻilgan. Ikki yildan soʻng 1923-yil 12-sentyabrda Dolmabahçe saroyida ikkinchi farzandi Zahro Hanzoda Sulton dunyoga kelgan.
1924-yil mart oyida Usmoniylar sulolasi vakillari surgun qilinganda Sabiha va uning ikki qizi Turkiyani tark etgan. 11-mart kuni u Rumelihisaridagi qasridan chiqib, eri va qaynotasining oldiga borish uchun Shveysariyaga joʻnagan. Keyinroq ular Fransiyaning Nice shahriga koʻchib oʻtishgan. U yerda 1926-yil 16-may kuni kenja qizi Hibetulloh Necla Sulton tugʻilgan. U tugʻilgan kunda sulton Mehmed VI vafot etgan edi.
1930-yilda qashshoqlikka tushib qolgan Shahzoda Ibrohim Tavfiq va uning oilasi Nice yaqinidagi qishloqda kichik kottejda yashay boshladi. Keyinchalik u kenja qizi Fevziye Sulton bilan amakivachchasi Sabiha va Umar Farukning uyiga koʻchib oʻtdi. Shahzoda Ibrohim Tavfiq 1931-yilda shu yerda vafot etdi. Fevziya yana onasi bilan yashash uchun ortiga qaytib ketdi.
Sabihaning onasi ham, odatda, Nice shahriga kelib, u bilan bir muddat turardi. Unga katta xona ajratilar, bu xonada Sabihaning oʻgay oʻgʻli Shahzoda Mehmed Ertug‘rul Grassedan qaytgan paytlarida u bilan birga yashardi. 1938-yilda onasi ogʻir kasallikka chalinganidan soʻng, u onasi va opasi bilan Misrning Iskandariya shahriga koʻchib oʻtdi.
1940-yil 26-sentyabr oyida u qizi Neslişah Sulton va Misrning soʻnggi xedivi Abbos II Hilmining oʻgʻli shahzoda Muhammad Abdul Moneimning toʻyida qatnashdi. Uning qizi Honzoda Sulton 1940-yil 19-sentyabrda misrlik shahzoda Mehmed Ali Ibrohimga, Necla Sulton esa 1943-yilda yana bir Misr shahzodasi Amr Ibrohimga turmushga chiqdi. Toʻylardan soʻng Sabiha va Faruk qizlari bilan Misrga koʻchib oʻtgan.
Ajrim
Sabihaning eri Umar Faruk oʻz amakivachchasi, valiahd shahzoda Shahzoda Yusuf Izzeddinning qizi Mehrishoh Sultonga tobora koʻproq qiziqa boshladi. Faruk bilan Sabiha oʻrtasidagi munosabatlar yaxshi ketmayotgani ham ochiq-oshkor maʼlum edi.
1944-yilda kengash Shahzoda Ahmad Nihodni sulola boshligʻi sifatida tanlaganda Mehrishoh Sulton hatto Farukning tomonini olgan. Sabiha esa kengash qarorini qoʻllab-quvvatlab, rahbar tanlovini maʼqullagan. Uning qizlari ham onasining yonini olgan. Faruk Sabihani qizlarini unga qarshi qayrayotganlikda ayblagan, ammo u allaqachon Mehrishohni sevib qolgan, kengash masalasi esa shunchaki bahona boʻlgan.
Shu tariqa, 1948-yil 5-martda 28 yillik turmushdan soʻng Umar Faruk va Sabiha ajrashdi. Shahzoda Umar Faruk esa Mehrishoh Sultonga uylandi. Biroq ularning nikohi ham uzoq davom etmadi va bir necha yildan keyin Mehrishoh ajrashdi. Keyinchalik Faruk doʻstlariga: „Men dunyodagi eng goʻzal ayoldan ajrashib, eng xunukiga uylandim. Taqdir!“ — der edi.
Keyingi yillari
Ajrimdan soʻng Sabiha Sulton Maadidagi uyini tark etib, toʻngʻich qizi malika Neslişahga yaqinroq boʻlishni istadi. Bir nechta buyumlarini olib, Heliopolisdagi kichik kvartiraga koʻchib oʻtdi. U mebellarini oʻsha paytda Parijda yashayotgan ikkinchi qizi malika Honzodaning Qohiradagi uyiga yubordi. Ammo 1952-yilgi Misr inqilobidan soʻng, u yerdagi barcha mol-mulki qizi va kuyovining buyumlari bilan birga musodara qilindi.
Keyinchalik Sabiha bir muddat Parijga borib, malika Honzoda bilan yashadi. Sabiha bir muddat Neslişah bilan Montreda ham turdi. Bu yerda u amakivachchasi, Seniha Sultonning oʻgʻli Sultonzoda Sabohaddin beyni ziyorat qildi. Usmoniylar oilasining ayol aʼzolariga 1952-yilda Turkiyaga qaytishga ruxsat berilishi bilanoq Sabiha Istanbulga koʻchib oʻtdi va Sabiha Osmanoğlu familiyasini oldi. U Nishontoshi mavzesidagi Kuyuku Bostan koʻchasida kichik kvartirani ijaraga oldi, Misrda qolgan baʼzi buyumlari esa Istanbulga yuborildi.
Vafoti
Sabiha Sulton 1971-yil 26-avgustda 77 yoshida Istanbuldagi Çengelköy mahallasidagi saroyida vafot etdi. Vafotidan keyin Sabiha Sulton Aşiyan Asri qabristoniga dafn qilindi.
Mukofotlari
- Usmoniylar xonadoni ordeni
- Majidiya ordeni
- 1-darajali Saxovat ordeni
Farzandlari
| Ism | Tugʻilgan | Vafot etgan | Izohlar |
|---|---|---|---|
| Fotma Neslişah Sulton | 1921-yil 2-fevral | 2012-yil 2-aprel | Bir marta turmush qurgan, bir oʻgʻil va bir qiz farzand koʻrgan. Istanbulda vafot etgan. |
| Zahro Hanzoda Sulton | 1923-yil 12-sentyabr | 1998-yil 19-mart | Bir marta turmush qurgan, bir oʻgʻil va bir qiz farzandi boʻlgan. Parijda vafot etgan. |
| Hibetulloh Necla Sulton | 1926-yil 16-may | 2006-yil 6-oktyabr | Niceda tugʻilgan, bir marta turmush qurgan va bir oʻgʻil farzandi boʻlgan. Madridda vafot etgan. |
Nasabi
| Sabiha Sulton | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Adabiyotlar
- Açba, Leyla. Bir Çerkes prensesinin harem hatıraları. L & M, 2004. ISBN 978-9-756-49131-7.
- Bardakçı, Murat. Neslishah: The Last Ottoman Princess. Oxford University Press, 2017. ISBN 978-9-774-16837-6.
- Sakaoğlu, Necdet. Bu mülkün kadın sultanları: Vâlide sultanlar, hâtunlar, hasekiler, kadınefendiler, sultanefendiler. Oğlak Yayıncılık, 2008. ISBN 978-9-753-29623-6.
- Uluçay, M. Çağatay. Padişahların kadınları ve kızları. Ötüken, 2011. ISBN 978-9-754-37840-5.
- 26-avgustda vafot etganlar
- 1971-yilda vafot etganlar
- Qirollik bilgiqutisida nomaʼlum parametrlar qoʻllangan sahifalar
- 1894-yilda tugʻilganlar
- 19-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari
- 20-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari
