- Vikipediyada ismi Kenja va familiyasi Toʻrayev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Kenja Hushimovich Toʻrayev | ||
| Tavallud sanasi | 1-mart 1989-yil | ||
| Tavallud joyi | Chiroqchi, Qashqadaryo Viloyati, Oʻzbekiston SSR | ||
| Boʻyi | 1,84 m | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2006—2016 | Nasaf | 112 | (24) |
| 2016 | Shoʻrtan | 7 | (1) |
| 2016—2017 | Mashʼal | 12 | (2) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2007—2009 | Oʻzbekiston U20 | 8 | (2) |
| 2012 | Oʻzbekiston | 4 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Kenja Hushimovich Toʻrayev (1989-yil 1-martda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik nafaqadagi professional futbolchi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan. Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan.
Futbolchilik faoliyati
Toʻraev „Nasaf“ safida Oʻzbekiston oliy ligasida 2006-yilda oʻynagan. Jamoada oʻtkazgan oʻn yil davomida, 2011-yilda OFK kubogi va 2015-yilda Oʻzbekiston kubogi sohibi boʻldi. 2012-yilning yanvar oyida OAV vakillari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnomada Toʻraev Oʻzbekistonda oyning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi. 2016-yilgi mavsum boshida Toʻraev klubini oʻzgartirib, Gʻuzor shahridan „Shoʻrtan“ ga koʻchib oʻtgan. U yerda u bor-yoʻgʻi olti oy oʻtkazdi va iyul oyi boshida erkin agentga aylandi. Shundan soʻng Toʻraev bir muddat „Olmaliq“ futbolchilari bilan mashgʻulot oʻtkazdi, ammo yakunda „Mashal“ klubi futbolchisiga aylandi.
Milliy terma jamoadagi faoliyati
2008-yilda Toʻraev Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasining Osiyo chempionati uchun arizasiga kiritilgan. Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida Kumush medallarni qoʻlga kiritgan. 2010—2011-yillarda Toʻraev 2012-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari saralash turnirida ishtirok etgan Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasida ishtirok etgan.
2008-yilning 11-oktyabr kuni Toʻraev Oʻzbekiston milliy terma jamoasida Janubiy Koreya terma jamoasi bilan oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan. Ammo bu oʻyin FIFA tomonidan norasmiy deb tan olingan. Futbolchining terma jamoadagi rasmiy debyuti 2012-yil 17-yanvar kuni Quvayt terma jamoasi bilan oʻrtoqlik uchrashuvida boʻlib oʻtgan. Umuman olganda, Toʻrayev terma jamoa safida ikkita rasmiy va ikkita norasmiy oʻyin oʻtkazgan.
Yutuqlari
- Yoshlar oʻrtasidago Osiyo chempionatida 2-oʻrin: 2008
- OFK Kubogi sohibi: 2011
- Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2015
- 1-martda tugʻilganlar
- 1989-yilda tugʻilganlar
- Chiroqchida tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Nasaf klubi futbolchilari
- Shoʻrtan klubi futbolchilari
- Mashʼal klubi futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Osiyo oʻyinlari 2010 futbolchilari
- Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari
- Alifbo boʻyicha sportchilar